Август 2020 10-қисм
Тошкент
•
Moslashuvning shaxsiy - assotsiativ bosqichi - bir nеcha estеtik faoliyat natijasida
ziddiyatlilikning yеngillashishi va mе’yori muvofiqlikka yеtishi.
•
Moslashuvning assotsiativ - kommunikativ bosqichi - art - tеrapiyaning muolaja faoliyati,
intеllеktual opеratsiyalarga muvofiqlashadi.
•
Moslashuvning ijtimoiy - kommunikativ bosqichi - moslashuv orqali ijodiy imkoniyatlarni
qo’llaniladi (soddalashtirilgan art - tеrapiya va analogik mеtodlar tamoyillaridan foydalanilmaydi).
•
Moslashuvning fiziologik bosqichi - plastik tasviriy san’at nuqtai - nazarida fizik, fiziologik
va koordinatsion - kinеtik yondoshuvlar organizm va psixikani ijodiylikka o’rgatadi.
O`smir uchun “men”ining ahamiyati ortadi. Bu davrda shaxs egatsentrizmi boshqa davrlarga
qaraganda eng yuqori darajaga yetadi, o`smir o`z shaxsiyatini boshqalardan yuqori qo`yadigan,
o`ziga ko`proq bino qo`yadigan bo`lib qoladi. O`smir o`zining tashqi qiyofasiga ko`proq e’tibor
bera boshlaydi. O`smirlik davri eng murakkab davrlardan biri ekan, u bilan ishda, o`qishda, oilada
yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda munosabatda bo`lish bu davrga xos ikkinchi krizisni
oson o`tishida o`smirga yordam bergan bo`lar edik va bu o`z navbatida ta’lim tarbiyaga ijobiy
ta’sir ko`rsatadi. Hozirgi zamon psixologiya fanida o`z-o`zini anglashning tabiatini tushuntirishida,
talqin qilishda ikki xil qarash, yondashish mavjud bo`lib, ular bir-birlaridan keskin tafavutlanadi.
Birinchi yondashishga ko`ra o`z-o`zini anglash bu o`z yo`nalishini o`zgartirilgan ongining
aynan o`zidir. Aksariyat ruhshunoslarning fikricha, adektivat o`z-o`ziga baho berish qulay tashqi
omillarda, oilada bolaga, bir me’yorda ochiq-ko`ngillik bilan munosabatda bo`lish sharoitlarida,
shaxs hususiyatlariga hamda o`smir faoliyatining natijalariga ob’ektiv pedagogik baho berishda va
to`g`ri jamoat fikri bildirilganda shakllanadi. Adektivat o`z-o`ziga baho berish, yaxlit qaraganda,
shaxsning shakllanishi uchun o`z-o`ziga ishonch, maqsadga eishishda qat’iy turish va o`zini-
o`zi tanqid kabi hislatlar printsipial ahamiyat kasb etadi.Aynan andekvat o`z-o`ziga baho berish
shaxsning uyg`un rivojlanishini ta’minlovchi emotsional ko`ngillikning muhim sharti hisoblanadi.
Biroq oilada ham, maktabda ham tarbiyalashning noqulay sharoiti natijasida o`sirda o`z-o`ziga
baho berish susayadi, bu esa noadekvatlikni, haddan tashqari siqilishi, itoatkorlikni, o`z-o`ziga
ishonchsizlikni, o`zini to`laqonli sezmaslik, o`zining jamoada tutgan o`rnidan qoniqmaslik
tuyg`ularini tug`diradi.
O`z-o`ziga baho berishning pastligi, o`z shaxshini yerga urish-bularning bari omadsizliklarga,
hayotiy majarolarga hamda hayotdan ko`ngil sovishiga olib keladi. Xulq atvorida salbiy o`zgarishlar
bo`lgan o`smirlarning aksariyat qismi, bunday hayotiy rejalarni, qanday qilib qiziqarli ish topish,
ko`gildagiday yaxshi ta’lim olish kabi niyatlarni ularda zarur shaxsiy hususiyatlar yo`ligi tufayli
amalga oshirish qiyin deb hisoblaydilar.Afsuski, bunga o`xshash o`z-o`ziga baho berishlar haddan
tashqari past bo`lganligidan, o`z oldiga katta maqsadlar qo`yishni va ularni amalga oshirish uchun
kerakli harakatlar, kuch sarflashga qodir bo`lmaydilar
Adabiyotlar:
1. Lorens K. Agressiya. Moskva – 1994.
2. Xudik V.A. Psixologiya anormalnogo razvitiya lichnosti v detskom i Belicheva S.A. Osnovы
preventivnoy psixologii. Moskva. 1994.
3. Mayers D. Sosialnaya psixologiya. Sankt-peterburg. 2000.
235
Do'stlaringiz bilan baham: |