Август 2020 10-қисм
Тошкент
ELIMIZNING ATOQLI VA ARDOQLI ADIBI O’TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA
ONA SIYMOSINING IFODASI
Esanova Gulchiroy
NavDPI, Boshlang’ich ta’lim va sport
tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi talabasi
Ilmiy rahbar: Qobulova N.B
Tel: +99891 973 10 32
Annotatsiya:
ushbu maqolada elimizning suyukli san’atkori O’tkir Hoshimovning “Dunyoning
ishlari” asarida ilgari surilgan mavzular, Ona siymosining o’lmas ta’rifi keltirilgan satrlarning yosh
avlod kamolotidagi ahamiyati tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar:
asar, ona, yozuvchi, ijod, so’z qudrati, qissa, novella
Elimizning atoqli va ardoqli adibi, O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimov asarlari
allaqachon yuz minglab kitobxonlarning ma’naviy mulkiga aylangan. O’tkir Hoshimovning
asarlarini mutolaa qilgan kitobxon larzaga tushadi, beixtiyor ko’ziga yosh keladi, negaki ularda
inson qismati bor, inson dardi, quvonch, iztiroblari bor. Shu jumladan “Dunyoning ishlari” asari
ham o’quvchi qalbini junbushga solishiga ishonamiz.
qissa haqida O’zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad shunday deydi: “Dunyoning ishlari”
asarini qissa emas doston deb atashni istardim.U qo’shiqday o’qiladi.Uni o’qib turib, o’z
onalarimizni o’ylab ketamiz.Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bo’lmas
qarzlarimiznigaaqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol ko’z oldimizda
ko’ndalang turib oladi.Qissa bizni insofga, insofni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi”
1
Bundan ellik yilcha avval so’z san’atkori Abdulla qahhor O’zbekiston xalq yozuvchisi
O’tkir Hoshimovning “Cho’l havosi” qissasini o’qib: “Birdan lov etib alanga bilan boshlangan
ijodning kelajagi porloq bo’ladi…Shu alanga hech qachon pasaymasin, ijodingiz hech qachon
tutamasin” deb tilak bildirgan edi. Oradan yillar o’tdi.Buyuk AbdullaQahhorning duolari ijobat
bo’ldi. O’zbek adabiyotida yozuvchi O’tkir Hoshimov qalamiga mansub go’zal qissalar va
hikoyalar paydo bo’ldi.
“Bu qissa katta kichik novellalardan iborat. Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz
inson onam siymosi bor. Bunday odamlarning hammasini o’z ko’zim bilan ko’rganman. Bu
odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga bog’langan. Dunyodagi hamma onalar
farzandiga bo’lgan munosabat bobida bir-biriga juda o’xshaydi”
2
deydi yozuvchi ‘Dunyoning
ishlari’ asarida.
Bu asar faqat voqealarning izchilligini talab etadi.Iste’dodli yozuvchi O’tkir Hoshimov ushbu
holatni teran ilg’agan holda badiiy qimmati yuksak pafosdagi asarini yaratdi. Asar janr talabi
imkoniyatlariga to’la javob beradi.
“Dunyoning ishlari” asarida shunday jumlalar bor:
“Toshlar orasiga kirib g’oyib bo’lgan baxtsiz qizcha yig’lab- yig’lab qo’shiq aytardi:
Ochil ochil oq toshlara
Men enamni ko’rayina
Diydoriga to’yayina
- Men osmondan yulduzimni tanladim. Qarang , oyi, Yetti og’ayni orasidagi eng yorug’ yulduz-
meniki…
-Mayli o’g’lim .O’sha yulduz seniki. Anavi to’rtinchisi – men.
-Nega oyi to’rtinchisi eng kichkina yulduz-ku.
-Shuning uchun ham meniki…
To’rtinchi yulduz yetimcha yulduz.Ko’rdingmi yaxshi o’smay qolgan. Yetimlarga rahm
qilish kerak.
Yulduz to’la osmonga tikilaman. Ehtimol, osmondagi eng yorqin yulduzlar onalarning
jonidir. Ehtimol onalarning so’ngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni ona
1
Said Ahmad. “Toshkentdan maktublar” T.: 2011 “O’qituvchi” nashriyoti, 33 -bet
2
O’tkir Hoshimov. “Dunyoning ishlari” asariga epigraf,T.: 2010 “Davlat ilmiy nashriyoti” , 6-bet
236
Do'stlaringiz bilan baham: |