Август 2020 10-қисм
Тошкент
KICHIK YOSHDAGI O’QUVCHILARNING BADIIY ASARNI IDROK ETISHDAGI
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Fayziyeva Gulnoza Inomovna
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani
4-son umumiy o’rta ta’lim maktabining
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Tel: 99.550-35-34
Annotatsiya:
ushbu maqolada kichik yoshdagi o’quvchilarning badiiy asarni idrok etishdagi
psixologik xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
elementar tahlil, emotsional munosabat, botirlik, to’g’rilik, mehnatsevarlik,
yaxshilik.
Boshlang’ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichik yoshdagi o’quvchilarning
badiiy asarni idrok qilishdagi psixologik xususiyatlar hisobga olinadi. Ruhshunos olimlarning
tekshirishlaridan ma’lum bo’lishicha, asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan
komponentlar bilan birga, uni emotsional-estetik his etish ham kiradi. Badiiy asarni yaxshi idrok
etish uchun uni tushunishning o’zigina yetarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo’lib,
asarga unda tasvirlangan voqealikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o’z ichiga oladi.
psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o’quvchilarning adabiy qahramonlarni idrok
etishi va baholashidagi psixologik xususiyatlari o’rganilgan va ular adabiy qahramonga ikki xil
munosabatda bo’lishlari aniqlangan:
1. Adabiy qahramonga emotsional munosabat.
2. Elementar tahlil qilish.
Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o’quvchilar o’z shaxsiy va axloqiy
tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik yoshdagi o’quvchilarda
chegaralangan bo’ladi, albatta. Ular axloqiy sifatlardan botirlik, to’g’rilik, mehnatsevarlik,
yaxshilik tushunchalarini ko’p ishlatadilar. Qahramonlarning boshqa sifatlarini tasvirlash uchun
ularning so’z boyliklari yetishmaydi. O’qituvchining vazifasi o’quvchilar bilan asarni tahlil qilib,
ular nutqiga personajlarning axloqiy, intellektual, emotsional sifatlarini tasvirlovchi so’zlarni
kirita borishdan iborat. Bu adabiy qahramonlarning xarakterini yaxshi yoritish shartlaridan biri
hisoblanadi.
Asardagi qahramonlarning xarakteri ularning axloqiy sifatlarini anglash asosida tushuniladi.
Bunda qahramonning nima qilishi emas, nima uchun shunday qilishi kerakligini bilish muhimdir.
Ushbu jarayonda asar qahramonlarining axloqiy sifatlari ustida ko’proq ishlash muhim.
4-sinfda “qodir bilan Sobir” hikoyasidagi qodir va uning xislatlarini ochishda tanlab o’qish
asosida tarmoqlash usulidan foydalanilishi mumkin. O’qituvchi o’quvchilariga bergan savollariga
javobni xattaxtada yoritib boradi. Masalan Qodir qanday bola?, Qodirning maqtanchoqligi
tasvirlangan o’rinni topib o’qing, qodirning qo’rqoqligi ifodalangan o’rinni topib o’qing,
qodirning yolg’on gapini Sobir qanday to’g’riladi? Shu o’rinni topib o’qing, qodirning zo’ravonligi
ifodalangan o’rinni topib o’qing. O’qigan qismlaringiz asosida Qodirning xususiyatlarini isbotlab
bering kabi savollar asosida o’quvchilarning asarni idrok etish xususiyatlari kengaytiriladi.
(qo’rqoq, zo’ravon, maqtanchoq, yolg’onchi, tozalikka rioya qilmaydi, yonidagi bolalarni turtadi,
papkasining changi bilan sinfga kiradi, darsga kechikib kelganda turli xil yolg’on baxonalarni
topib ustozlarini aldaydi).
O’qish darslarida o’qilayotgan asarning ongli o’zlashtirilishini ta’minlashda o’quvchilarning
psixologik xususiyatlarini albatta hisobga olish zarur
.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. K. Qosimova va boshq. Ona tili o’qitish metodikasi.
2. Q.Abdullayeva va boshq. Savod o’rgatish metodikasi.
238
Do'stlaringiz bilan baham: |