Август 2020 10-қисм
Тошкент
TA’LIM MUASSASALARIDA ZAMONAVIY AKTNING DOLZARBLIGI
Raxmanova Feruza Komilovna, o’qituvchi
Samarqand viloyati Samarqand shahar 29-umumiy o’rta ta’lim
raxmonova_feruza@inbox.uz
Annotatsiya:
ushbu maqolada ta’lim muassasalarida zamonaviy AkTning dolzarbligi yoritib
berilgan.
Kalit so’zlar:
kompyuter, AKT, zamonaviy ta’lim.
Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 2019-yil 19-mart kuni yoshlarga e`tiborni kuchaytirish,
ularni madaniyat, san`at, jismoniy tarbiya sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalar-
dan foydalanish ko`nikmalarini singdirish masalalariga bag`ishlangan videoselektor o`tkazildi.
Ma`lumki, ushbu yig`ilishda davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma`naviy-ma`rifiy sohalardagi ishlarni
yangi tizim asosida yo`lga qo`yish bo`yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Uchinchi
tashabbus – aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydala-
nishni tashkil etishga qaratilgan. Xalq ta`limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsi
-
ya rivojlantirish vazirligiga 2021-yilgacha barcha maktablardagi kompyuter sinflarini zamonaviy
texnologiyalar va yuqori tezlikdagi internet tarmog`i bilan ta`minlash bo`yicha chora-tadbirlar
rejasini ishlab chiqish vazifasi qo`yildi. Demak, barcha ta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan
barcha o`quvchilar kompyuter va axborot texnologiyalarini mukammal o`rgangan, o`zlashtirgan
va amaliyotga tatbiq eta oladigan bo`lishi dolzarb masalalardan biri ekanligini har bir pedagog
anglab olishi zarurdir. Ayniqsa, o`qituvchilar dars jarayonida kompyuter va AKT vositalardan foy
-
dalana olish malakalariga ega bo`lishi lozim.
Hozirgi kunda ta`lim muassasalarida masofaviy ta`limning yo`lga qo`yilishi ham axborot-
kommunikatsiya bilan bog`liqdir. Masofaviy o`qitish usuli - o`qituvchilar uchun qator qulayliklarga
ega hisoblanadi. Zero, masofaviy o`qitish har qanday sohada ham jahon ta`lim markazlarining
uslubiy adabiyotlari, zamonaviy hamda so`nggi axborotlarni olish, jamlab ulardan foydalanish
imkoniyatini yaratadi.
keng ma`noda, zamonaviy texnologiyalar yordamida masofadan turib bilim olish imkoniya-
ti bo`lib, bu jarayonda internet tarmog`i asosiy va muhim o`rin tutadi. Masofaviy o`qitish usuli
an`anaviy o`qitish shakllaridan farq qiladi. O`quvchilarni qulay vaqtda, joyda va sharoitda o`qit
-
ish imkonini beradi. Bu ta`lim turi o`qituvchi-pedagoglarni ham vaqtini tejab, imkoniyati dara
-
jasidan kelib chiqqan holda moddiy manfaatdorligini oshirish bilan mustaqil ta`lim olish uchun
keng sharoit yaratib beradi. Shu bilan birgalikda, yuqori tajribali o`qituvchilardan ish tajribalarini
o`rg`anish, ularning darslarini kuzatishi, kompyuterdan foydalanish ko`nikmasini shakllantirib
mahoratini oshirishi, elektron darsliklar va ta`lim portaliga joylashtirilgan ma`lumotlardan sama-
rali foydalanishni bilishi zarur.
Multimedia vositalari ta`lim berishning samarali va istiqbolli quroli bo`lib, u o`qituvchiga
an`anaviy ma`lumotlar manbaidan ko`ra keng ko`lamdagi ma`lumotlar massivini taqdim etish;
ko`rgazmali va uyg`unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animatsiyalar,
video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta`lim oluvchilarning qabul qilish darajasi va
mantiqiy o`rganishga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi. Multimedia
vositalari asosida bilim olishda 30 foizgacha vaqtni tejash mumkin bo`lib, olingan bilimlar esa
xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o`quvchilar berilayotgan materiallarni ko`rish asosi
-
da qabul qilsa, axborotni xotirada saqlash 25-30 foizga oshadi. Shu jumladan, o`quv materiallari
audio, video va grafika ko`rinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab
qolish 75 foiz ortadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, darslarning sifatli bo`lishi, o`quvchilarning mavzuni to`liq o`-
zlashtirib olishi, har tomonlama yetuk bilimga ega bo`lishi sifatli va zamonaviy ta`lim berishga
bog`liq va bu har bir pedagogdan katta mas`uliyat talab etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. J. G`. Yo`ldoshev. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish. O`quv
qo`llanma. T.2008.
2. A. M. Abduvohidov. Zamonaviy axborot texnologiyasi. T.1999.
210
Do'stlaringiz bilan baham: |