Август 2020 10-қисм
Тошкент
o’zgarmas bo’ladi. Agar sistemaga tashqaridan qo’shimcha issiqlik energiyasi (Q) berilsa, sistema
bir holatdan ikkinchi holatga o’tadi. Yutilgan issiqlik miqdori sistema ichki energiyasining
o’zgarishiga va tashqi kuchlarga qarshi bajarilgan ishning yig’indisiga tengbo’ladi:
Bajarilgan ish esa, sistema bosimi doimiyligida :
ΔH - kattalik entalpiya deb ataladi. Entalpiyani kengaygan sistemaning energiyasi deyish
mumkin. Kimyoviy reaksiyalardagi energetik jarayonlarni bilish kimyoviy reaksiyalarni
boshqarish imkoniyatini va dori moddalarni organizmdagi biologik o’zgarishlarni baholashga
imkon beradi.
Adabiyotlar:
1.Xaritonov Y.Y., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik
kimyo. Analitika». Fan. T. 2013.
212
Август 2020 10-қисм
Тошкент
GEOGRAFIK XARITALAR VA ULARNING TASNIFLANISHI
Islomova Shamsiro’y Saloydinovna, o’qituvchi
Navoiy viloyati Navbahor tuman 27- umumiy o’rta ta’lim maktab
shamsiruy@umail.uz
Annotatsiya:
Darslarda turli mazmundagi va masshtabdagi xaritalardan o‘quvchilarning
maqsadli foydalanishi talab qilinadi.
Kalit so’zlar:
Xarita, masshtab, geografik atlas, globus.
Geografik xaritalar g‘oyat ko‘p va xilma-xildir. Xaritalar — o‘rganish, hisobga olish, saqlash
va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Xaritalar tasvirlangan hududning
katta-kichikligiga, masshtabiga, mazmuniga va ko‘zda tutilgan maqsadiga qarab guruhlarga
ajratiladi.
Тasvirlangan hududning katta-kichikligiga ko‘ra, xaritalar: dunyo va yarimsharlar, materiklar
va okeanlar, tabiiy o‘lkalar, mamlakatlar, viloyatlar va boshqa ma’muriy birliklar xaritalariga
bo‘linadi.
Masshtabiga ko‘ra: yirik masshtabli (1:10 000 dan 1:200 000 gacha), o‘rta masshtabli (1:200
000 dan 1:1 000 000 gacha), mayda masshtabli (1:1 000 000 va undan mayda) xaritalar bo‘ladi.
Joy planini tuzishda ham muayyan masshtabdan (1:5000 va undan yirik) foydalaniladi. Lekin
plan kichik hududlar uchun tuziladi.
Mazmuniga ko‘ra, xaritalar: umumgeografik va mavzuli xaritalarga bo‘linadi. Umumgeografik
xaritalar hududlarning umumiy ko‘rinishi va geografik xususiyatlarini aks ettiradi. Bularga,
asosan, tabiiy va siyosiy xaritalar kiradi. Mavzuli tabiiy xaritalarda ayrim tabiat komponentlari
nisbatan aniq va mukammal tasvirlanadi. Bunday xaritalarga 6-sinf atlasidagi Yer po‘stining
tuzilishi, tabiat zonalari, iqlim va boshqa xaritalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Ba’zan mavzuli xaritalarda bitta yoki ikkita emas, balki bir-biri bilan bog‘langan bir qancha
komponentlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday xaritalarga kompleks xaritalar deyiladi.
Xaritalarning qo‘llanilish maqsadi ularning masshtabiga, mazmuniga va jihozlash usuliga katta
ta’sir ko‘rsatadi. Buni bitta hududning bir xil masshtabli va mazmunli, lekin har xil maqsadli
xaritalarini bir-biriga taqqoslab, yaqqol ko‘rish mumkin. Maqsadiga ko‘ra, xaritalarni: o‘quv,
ilmiy, turistik, targ‘ibot-tashviqot kabi turlarga bo‘lish mumkin. Geografik atlaslar ta’rifi, tasnifi
va xususiyatlari. Yagona dastur asosida bir butun (yaxlit, bo‘linmas) asar sifatida bajarilgan
geografik xaritalarning tizimli to‘plamiga geografik atlas deb aytiladi.
Qadimgi yunon olimi Klavdiy Ptolemeyning geografik xaritalar to‘plamini (eramizning II
asri) birinchi geografik atlas deb hisoblash mumkin. Xaritalar to‘plami uchun „Atlas» nomi
Merkator tomonidan (1595-yili) taklif etilgan. Maktab geografik atlaslari — bu o‘quvchilarning
mashg‘ulot vaqtida mustaqil bajariladigan ishlari uchun mo‘ljallangan eng muhim kartografik
qo‘llanmadir.
Globus — Yer sharining kichraytirilgan modeli bo‘lib, Yerning tashqi qiyofasini hamda uning
yirik qismlari (materiklar, okeanlar, ularning bo‘laklari) nisbatini eng to‘g‘ri va ko‘rgazmali
tasvirlaydi. Globusda kartografik tasvirning xatoliklari bo‘lmaydi.
Maktab o‘quv globuslari 1:83 000 000, 1:50 000 000, 1:40 000 000, 1:30 000 000 masshtabda
tayyorlanadi.
Mashhur vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy (973-1048-y.) XI
asrda birinchi bo‘lib shimoliy yarimsharning globusini yasagan.
Butun Yer sharini tasvirlagan birinchi mukammalroq globusni
1492-yilda Martin Bexaym yasagan. Lekin unda Amerika,
Avstraliya va Antarktida tasvirlanmagan. Hoji Yusuf Hay’atiy
1886-yilda ishlagan globus Samarqanddagi madaniyat va san’at
tarixi muzeyida saqlanmoqda.
Hozirgi vaqtda globuslarning bir necha turlari mavjud. Bular
maktab globusi, relyefli globus, osmon jismlarini tasvirlovchi
globuslardir.
Adabiyotlar:
1. Кориянко О.В. “ Экономическая география”. -Москва 2005
2. Войлашников В.Д. Геология, «Просвещение», Москва, 1979.
213
Do'stlaringiz bilan baham: |