Ob’ektni kuzatish.
Tarbiyachi ob’ektni bino ichida yoki bolalar bog’chasi hududida kuzatishni
tashkil qiladi. Kuzatuvlar va tadqiqotlar bolalarni tabiat olamiga qadam tashlatadi, bu erda turli xil
ranglar, hidlar, tovushlarga duch kelishadi. Kuzatish maktabgacha yoshdagi bolalarning eksperi
-
mental - tadqiqot faoliyatining faol amaliyotlaridan biridir.
Tajribalar va eksperimentlar
. Bolalar bog’chasidagi eksperimental faoliyat, o’yin kabi etak
-
chi faoliyat turi sifatida qaralishi mumkin. Maktabgacha tarbiyalanuvchilar tajriba o’yinlarida ba
-
jonu – dil qatnashishadi. Tadqiqot faoliyatining ushbu usuli bolalarning kuzatuvi, faolligi, mus
-
taqilligini rivojlantiradi, do’stona muhit va jamoaviy hamjihatlikni shakllantirishga yordam beradi.
Eksperiment qilish jarayonida bolalar quyidagilarni o’rganadilar:
- Ko’rishni va muammoni ko`ndalang qo`yishni;
- Qabul qilishni va oldiga maqsad qo’yishni;
- Ob’ekt yoki hodisani tahlil qilishni;
- Asosiy xususiyatlarni, bog`liqliklarni ajrata olishni va ko’rsatishni;
- Faraz qilishni va taklif qilishni;
- Mustaqil faoliyat uchun material manba tanlashni;
- Xulosa qilishni;
Tajriba va eksperimental faoliyatda qanday materiallar va jihozlardan foydalaniladi?
Bolalar bog’chasida tajriba va eksperiment o’tkazish uchun oddiy vositalardan foydalaniladi.
(katta qiluvchi oynalar, tarozilar, chizg`ichlar, mikroskopdan). Bolalarni ushbu qurilmalardan qa
-
nday foydalanishni o’rgatish, qanday ishlashini ko’rsatish va tushuntirish lozim. Tajribalar uchun
tabiiy, kundalik hayotimizda ishlatmaydigan, keraksiz matolar ishlatiladi. Probirkalarga, plastik
idishlarga, pipetkalarga, tayoqchalarga va boshqalarga ega bo`lish kerak. Guruhda bolalar labo
-
ratoriyasi, tabiat burchagi uchun joy bo`lishi kerak va u erda kuzatuvlar o’tkazilishi, tarbiyalanu-
vchilarning tarbiyachi bilan ishlashi va bolalarning mustaqil eksperimental faoliyati olib borilishi
lozim. Bu erda bolalar didaktik o’yinlar, rang-barang entsiklopediyalar, eksperiment o’tkazish sxe
-
malari, kuzatuvlar va eksperimentlar natijalarini chizish, yozich (sonlar, belgilar va shaklar yozish
va chizish uchun) uchun daftarlar bilan ta’minlangan bo`lishi kerak.
Xulosa
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimi bolalarning bilim olish faolligini va yangi bilimlarni
egallash istagini rivojlantirishga qaratilgan. Buning uchun tajriba - eksperimental faoliyat eng mos
keladi. Ayniqsa tajriba – eksperimental uslubidan ko`proq foydalanish zarurdir.
Tajriba qilganda, bolalar o’zlarini tadqiqotchi, olim, kashfiyotchi kabi his qilishlariga yordam
beradi va albatta qiziqtirgan barcha savollarga javob topishadi.
106
Do'stlaringiz bilan baham: |