Orfografik o`yinlar
“To`g`ri yozdim, gulni uzdim” Bu o`yin o`quvchilarni tezkorlikka va
to`g`ri yozish malakasini oshiradi. Bunda o`qituvchi o`quvchilarning yozishi uchun beshta so`z
tanlab oladi. Har bir so`z uchun ball beriladi. Xattaxtani quyi qismiga gullar terib qo`yiladi.
Qaysi guruh g`olib bo`lsa gulni oladi. O`yinni boshlashda sinfdagi partalar soniga qarab ikki yoki
uchta o`quvchi xattaxtaga chiqariladi. O`qituvchi tomonidan tanlab olgan so`zlar aytib turiladi.
o`quvchilar yozib turadilar. O`yin shu tariqa ikki- uch marta takrorlanadi. O`yin yakunida g`olib
guruh aniqlanadi. O`sha guruh partasiga gullar qo`yiladi.
kitob (p)- kitob
avlod (t)- avlod
tartib (p) – tartib
javob (p) – javob
terak (g) terak
“Mening o`rnim qayer ?” o`yini
Ushbu o`yin ko`proq bolalarni fikrlashga, faollik ko`rsatishga undaydi.O`quvchilar matnda
yetishmaydigan tovushni topishi kerak.Tushib qolgan tovushni o`z o`rniga qo`ysa yangi so`zlar
102
Август 2020 10-қисм
Тошкент
hosil qilsa o`sha o`quvchi g`olib deb topiladi va rag`batlantiriladi. O`yinni butun sinf o`quvchilarga
berishi ham mumkin.
d, f ,t,a,r (a)- daftar
m,a,t,a,b (k)- maktab
m, u, s,a,b,a,q(a)- musabaqa
Morfologik o`yinlar:
Marfologik materiallar boshlang`ich sinflarda ancha keng o`rganiladi.
To`rt yil o`qish davomida soz va uning ma’nosi, so`zni shakli , so`zning morfologik tarkibi
yuzasidan bir muncha bilimga ega bo`ladi. So`z turkumlari, uning asosiy, qo`shimcha va o`ziga
xos belgisi nazariy va ko`proq amaliy bilimlar oladi. Boshlang`ich sinflarda morfologiya o`rnida
so`z atamasi ishlatiladi.O`quvchilar leksikologiya va so`z yasashga oid bilimlar ham “So`z”
bo`limida o`rganiladi.
“Begona so`zni top” o`yini
Bu o`yin so`zning lug`aviy ma’nosiga e’tibor berishga undaydi.O`quvchilar xotirasini
mustahkamlaydi.Tez o`ylab , tez javob berishga odatlantiradi. Uni har xil mavzularda o`tkazish
mumkin. Bunday o`yinni o`tkazishda bir xil umumiylikka ega bo`lgan so`zlar tanlanadi.
1. Kitob, daftar, qalam, ruchka, dazmol- begona so`z dazmol , dazmolni onalarimiz ishlatadi.
2. Ot, sifat kesim, olmosh, son, fe’l – begona so`z kesim . Hamma so`zlar so`z turkumi, kesim
so`zi gap bo`lagidir.O`yin shunday davom etishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda har bir darsni yangi pedagogik texnalogiyalardan inter faol usullardan
, qiziqarli o`yinlardan foydalanib darslar tashkil etilsa , o`quvchilarni darsga bo`lgan qiziqishi
ortadi. Boshlangich sinf o`quvchilarni yozma va og`zaki nutqini oshtirishda yaxshi samara beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. Internet ma’lumotlari.
2. Boshlang`ich ta’lim jurnali .
103
Do'stlaringiz bilan baham: |