Август 2020 10-қисм



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/368
Sana07.07.2022
Hajmi3,39 Mb.
#752732
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   368
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOLALAR BOG`CHASIDA TAJRIBA VA EKSPERIMENTLARNING ROLI
Namazbyaeyva Lola Zakirovna
sh. Toshkent Shayxontohur tumani 
ДМТТ 111 tarbiyachi-pedagok 
Telefon: +998935626618
lolanamazbaeva@gmail.com
Annotatsiya:
ushbu maqolada tajriba va eksperimentlarni o`quv faoliyat jarayonida muntazam 
tashkil etish, bu uslubdan foydalanib, tarbiyalanuvchilarda atrof olamni anglashda kengroq 
foydalanish va yanada qiziqishini oshirish, aqliy faoliyatini, fikrlash doirasini kengaytirish, 
qiyoslashni, tahlil qilishni, umumlashtirishni va xulosa chiqarishni o`rganishi xususida mulohaza 
yuritilgan.
Kalit so ‘zlar:
Maktabgacha ta`lim,
 
tajriba, eksperiment, uslub, qiyoslash, tahlil qilish, atrof-
olamni anglash, umumlashtirish, xulosa.
Bolajonlar atrof-olam haqida iloji boricha ko’proq ma’lumotga ega bo’lishni xohlashadi. 
Odamga hissiyotlar bejiz berilmagan, chunki bola atrof-olamni anglashi bilanoq hamma narsani 
tegib, ko’rib chiqishga, hidlashga, tinglashga va ta’mni ta`tib ko`rshga intiladi. Yoshi ulg’aygan 
sari u turli xil tabiat hodisalariga qiziqa boshlaydi: “Yomg’irdan keyin kamalak nima uchun paydo 
bo’ladi?”, “Nega suv, muzga aylanadi?”, “Baliq nega suzadi, qushlar esa uchadi?” va hokazo. 
Bolalar pedagog boshchiligida tajriba va eksperimentlarni o`tqazib, so`ng o’zlari shu kashfiyotlarni 
bajarishsa ularda yanada qiziqish paydo bo’ladi. Hozirgi kunda hech kimga sir emaski, bola yangi 
bilimlarni o`lashtirishi uchun mashg`ulot davomida o’zi eshitsa, ko’rsa va amalda qo`llab ko`rsa 
koproq ma`lumot xotirada saqlanib qoladi va o`ziga kerakli xulosalarni chiqaradi.
Eksperimental faoliyat, bolada yangi taassurot olishiga, atrof-olamni anglashiga, bilim olish 
istagining paydo bo`lishiga va rivojlantirishiga sababchi bo`ladigan uslub turlaridan biri sanaladi. 
Bu faoliyat qanchalik rang-barang bo`lsa, bola shunchalik ko`p ma`lumot oladi va bilimi ortadi.
Hozirgi kunda maktabgacha ta`lim tizimida keskin ijobiy o`zgarishlar bo`lmoqda. Tarbiyachi 
tarbiyalanuvchilarga faqatgina bilim emas, balkim “Ilk qadam” o`quv dasturidan chiqmagan 
holda har kuni qiziqarli tajriba, eksperementlar va harakatli o`yinlar asosida mashg`ulotlar 
o`tmoqda. Tarbiyachining maqsadi, tarbiyalanuvchilarda ongning rivojlaninshini, predmetning 
tarkibini o`rganish bilan birga uning tabiati va jarayonlarini birlashtirishni, amalliyot ishini tahlil 
qila olishni, xulosa chiqarishni va tajribani mustaqil bajara olishi mumkinligiga erishishdir.
Bog`chada tajriba va eksperementlarning faoliyatini yana ko`proq tashkil etish natijasida, 
bolada mustaqillikni, kuzatuvchanlikni, muloqatni, qiziqarli ma`lumotlarni yig`ish va tahlil 
qilishni o`rganadilar. Bundan tashqari ijodiy qobiliyatini va mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi. 
Bolalarda tadqiqot va kashfiyotlarni rivojlantirish Maktabgacha ta`lim tashkilotining asosiy 
vazifalaridan biridir.
Tajriba va eksperiment faoliyati deganda nimani tushunamiz?
Bolalar bog’chasida eksperiment o’tkazish bu maktabgacha yoshdagi bolalarning atrof-
olamni anglash uchun qaratilgan samarali faoliyatdir. Maktabgacha yoshdagi bola eksperimental 
mashg’ulotlarga qiziqishi kerak, shuning uchun barcha tajribalar va eksperimentlarni o’yin 
shaklida o’tkazilish maqsadga muvofiqdir. Agar bolada qiziqish bo’lsa, u qo’shimcha ma’lumotni 
yodlab, bilimlarni oson va tabiiy ravishda o’rganadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi tajriba va eksperimental faoliyatning maqsadi jonli va 
jonsiz tabiat ob’ektlarini bilish istagini rivojlantirishdir.
Tajriba va eksperimental faoliyatning vazifalari:
1. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning atrof-olamga qiziqishini shakllantirish, bolalarning 
qiziquvchanligini qondirish.
2. 
Amaliy tadqiqotlar jarayonida yangi ob’ekt haqida ma’lumot olish qobiliyatini rivojlanti-
rish.
3. 
Mustaqillikni rivojlantirish uchun sharoit yaratish va tabiatda sabab-oqibat munosabatlar-
ini o’rnatish.
Eksperimental mashg’ulotlardan qachon foydalanish kerak?
Tarbiyachi bu yo’nalishda doimiy ravishda izlanishlar olib boradi: mashg`ulot davomida, sayr 


105

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   368




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish