Arxegoniy va Anteridiy – gametalar yetiladigan organlar. Ko’p xujayrali bo’ladi. Arxegoniy – urg’ochilik jinsiy a’zosi. Anteridiy – erkaklik jinsiy a’zosi.
Ammonifikatsiya – chirituvchi bakteriyalarning azotli organic birikmalarni ammiakkacha parchalash jarayoni. Hosil bo’lgan ammiak nitrit va nitratlargacha oksidlanadi.
B
Biogeotsenekologiya – biogeotsenozlarning tuzilishi va xususiyatlarini o’rganadi.
Biogeotsnoz – evolutsiya jarayonida ma’lum bir hududni egallagan har xil turga mansub bakteriya, zamburug’, o’simlik va hayvonlar jamoasidan iborat ochiq biosistemadir.Biogeotsenoz haqidagi ta’limotni rus botanik olimi V.N.Sukachev yaratgan. Biogeotsenoz 2 ta tarkibiy qismdan – biotsenoz biotopdan iborat.
Biotop- nafaqat jamoaning egallagan joyi, balki jamoa hayotini belgilovchi muhit omillarining o’zaro bir-biri
bilan bog’liq kompleksdir.
Biotsenoz – biotopda yashovchi tirik organizmlar yig’indisi hisoblanadi. Biotsenoz tarkibidagi barcha tirik organizmlar 3 ta funksional guruhga bo’linadi: Produtsentlar, konsumentlar va redusentlar.
Beogeokimyoviy sikl – biosferaning barqarorligini belgilab beradigan moddalarning biologik aylanishi.
Biogeotsenozlarning o’z- o’zini yaratish xususiyati deyilganda biogeotsenoz tomonidan energiya oqimining yo’naltirilishi tirik organizmlar va anorganik tabiat o’rtasidagi moddalar va energiyaning biologik aylanishini ta’minlash tushuniladi.
Biogeotsenozlarning barqarorligi – biogeotsenozlarning o’z tuzilishini, tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqalar xarakteri va boshqa ko’rsatkichlarini nisbatan doimiy holatda saqlash xususiyatidir. Biogeotsenozlarning barqarorligi turlar xilma – xilligi bilan ta’minlanadi.
Biogeotsenozlarning o’z-o’zini boshqarishi – o’z tarkibiy qismlari o’rtasidagi muvozanat va o’zaro munosabatlarni tabiiy yoki antropogen ta’sirlardan so’ng ti8klay olish xususiyati. Biogeotsenozdagi biotik munosabatlar tufayli turlar soni doimiy saqlanadi. Masalan, yuqori hosildorlik natijasida ko’p miqdorda o’simlik urug’larining hosil bo’lishi ular bilan oziqlanuvchi kemiruvchilarning soni ko’payishiga, bu o’z navbatida yirtqichlar sonining ortishiga olib keladi. Yirtqichlar sonining ortishi ularning o’ljasi bo’lgan hayvonlar sonining kamayishiga sabab bo’ladi. Shunday qilib, yirtqich hayvonlar o’txo’r hayvonlarning, o’txo’r hayvonlar esa o’simliklar sonini nazorat qilib turadi.
Biogeotsenozlarning davriy (siklik) o’zgarishi. Davriy o’zgarishlar muhit omillarining sutkalik, mavsumiy o’zgarishlari, shuningdek bioritmlar bilan belgilanadi. Bunday o’zgarishlar natijasida biotsenozlar dastlabki holatiga qaytadi.
Biogeotsenozlarning tadrijiy (izchil) o’zgarishi. Tadrijiy o’zgarishlar bir biotsenozning asta sekin boshqasi bilan almashinuviga olib keladi.
Bentos (yunoncha -chuqurlik) – suv tubida yoki suv tubidagi qum orasida yashovchi organizmlar. Bentos organizmlarda suzuvchanlikni kamaytiruvchi moslanishlar mavjud. Masalan, molluskalarda chig’anoq, qisqichbaqa, krab, omar va langustlarda xitin qobiq, zuluklarda suv tubiga yopishuvchi moslama ya’ni so’rg’ichlari mavjud. Skat, kambala baliqlarning tanasi yassilashgan. Lansetnik va o’troq dengiz halqali chuvalchanglari qumga ko’milib oladi.
Boitik omillar – tirik tabiat omillari. Biotik omillar fitogen(o’simliklarning ta’siri), zoogen(hayvonlarning ta’siri), mikogen(zamburug’larning ta’siri), mikrobiogen(mikroorganizmlarning ta’siri) omillarga ajratiladi.
Biologik soat – biologik soatlar organizmlardagi mavsumiy o’zgarishlarni va boshqa biologik jarayonlarni boshqaruvchi mexanizm bo’lib, organizmlarning nafaqat sutkalik bioritmlarni, hatto hujayra darajasidagi jarayonlarni, masalan, hujayralarning bo’linishini ham boshqaradi. Bir hujayrali tirik organizmlardan tortib to yuksak darajada tuzilgan odam ham “biologik soat” ga ega.
Biokimyoviy moslanishlar – muhitning past haroratida sovuqqonli hayvonlar organizmida ichki muhitinihosil qiluvchi suyuqliklar tarkibida suvning muzlashiga to’sqinlik qiluvchi moddalar to’planadi. Masalan, sovuq haroratli usv muhitida yashovchi baliqlar tanasida muz kristallari hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaydigan glikoproteinlar, hasharotlarda esa glitsirin to’planadi. Issiqqonli hayvonlarda moddalar almashinuvi jafalligi ortadi.
Biomassa – biosferadagi barcha tirik organizmlar: hayvonlar, o’simliklar, mikroorganizmlarning umumiy massasi. Yer yuzidagi tirik biomassani asosan yashil o’simliklar tashkil etadi. Geterotrof organizmlar o’rtacha 1% ni tashkil etadi.
Biomassa piramidasi – ekosistemaning har bir trofik darajalaridagi organizmlar biomassalarining nisbatini ko’rsatadi. Quruqlik ekosistemalarida produtsentlarning umumiy biomassasi oziq zanjirining boshqa trofik darajalari biomassasidan ko’p.
Do'stlaringiz bilan baham: |