Auditorlik tashkiloti (ichki audit xizmati) faoliyatini tashkil qilish, tashkiliy tuzilmasi va xususiyatlari


Auditorlik tekshiruviga tayyorgarlik ko’rish



Download 247,99 Kb.
bet4/9
Sana01.01.2022
Hajmi247,99 Kb.
#281336
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-курс Ҳисобот Sharopov N.

Auditorlik tekshiruviga tayyorgarlik ko’rish.

Ichki auditni o’tkazishda eng muhim bosqich rejalashtirish hisoblanadi. Rejalashtirish auditning har bir bosqichi kabi xujjatlashtiriladi. Rejalashtirish bosqichida foydaniladigan va korxonada ishlab chiqilishi mumkin bo’lgan hujjatlarni ko’rib chiqamiz.

Ichki audit xizmatining rahbari foydalanadigan asosiy hujjat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan yillik reja hisoblanadi. Ushbu reja faoliyat turlari ahamiyati va jarayonlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zarur. Mazkur rejada birinchi darajali e’tibor kompaniyaning maqsadlariga erishishida turtki bo’luvchi, shuningdek, kompaniya uchun xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan faoliyat turlari va jarayonlarga qaratilishi zarur.

Asosiy jarayonlar quyidagilar hisoblanadi:


  • iste’molchilarning kutilayotgan talablarini o’rganish;

  • xaridlarni boshqarish;

  • iste’molchilar bilan o’zaro harakatlar va mahsulotlar sotilishini o’rganish;

  • xodimlarni tayyorlash va ularning vakolatliligini baholash.

Asosiy jarayonlarni bir tartibda qo’yish va alohida jarayonlarning korxona yakuniy natijalariga qay darajada ta’siri darajasi yoki ekspertchilar tomonidan baholashlar natijasida bajariladi.

Kritik jarayonlar deb tashkilotga taalluqli bo’lmagan yoki faoliyat samaradorligi uchun haqiqiy yoki salmoqli xavf keltirishi mumkin bo’lgan talablarga rioya qilmaslik jarayonlariga aytiladi. Bu jarayonlar tuzatuvchi yoki ogohlantiruvchi harakatlar sifatida zudlik bilan aralashuvni talab qiladi va alohida nazorat ostida turmishi zarur. Auditning yillik rejasi asosida alohida soha yoki kompleks auditorlik tekshiruvining kalendar grafigi tuziladi. Auditning yillik rejasi asosida har bir tekshirish uchun ichki audit rejasi ishlab chiqiladi.

“FAZO-LUXE” Mas’uliyati Cheklangan Jamiyatida “Ichki audit tekshiruvi rejasi” hujjatining shakli

Auditorlar

Rejalashtirish

Auditorlik amallari

Hisobotlarni shakllantirish

Jami (soat)

Ichki audit xizmati bo’limining rahbari













Bosh auditor













Auditor













Auditorning yordamchisi













Boshqa mutaxassislar












Ushbu reja audit ob’ektiga nisbatan tashkiliy jihatdan ham (bo’lim, bo’lim guruhlari va boshqalar), funktsional jihatdan ham o’ziga xoslikka ega bo’lishi lozim. Ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmatini rivojlantirish rejasini ham ishlab chiqishi zarur. Audit rejasi va ichki audit xizmatini rivojlantirish rejasini hisobga olgan holda ichki audit xizmati byudjeti ishlab chiqiladi. U audit rejasi va rivojlantirish rejasini ham bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo’ladigan xarajatlar ro’yxatini o’z ichiga oladi. Byudjet, shuningdek, rejadan tashqari tekshiruvlar o’tkazishni va tekshiruv o’tkazish uchun tashqaridan zarur mutaxassislarni jalb etish xarajatlarini ham ko’zda tutishi kerak.

Audit rejasida quyidagilarni ko’zda tutish tavsiya qilinadi:


  • auditorlik guruhi va uning tarkibini shakllantirish (ularning soni, audit o’tkazish uchun boshqa bo’linmalardan jalb etilgan mutaxassislarni ham qo’shgan holda);

  • tekshiruvchilarni professional sifatlari va lavozim darajalariga mos holda aniq ob’ektlarga taqsimlash;

  • guruhning hamma a’zolariga ularning majburiyatlari va huquqlari hamda tekshiriladigan ob’ekt haqida axborotlarga ega bo’lish borasida yo’l-yo’riqlar berish;

  • ishchi hujjatlarini yuritish;

  • bajarilgan ishlarni hujjatlar bilan rasmiylashtirish va uni tekshirilayotgan ob’ektning mansabdor shaxslari bilan kelishish tartiblari.

Agar filiallar mavjud bo’lsa, ushbu filiallarning tekshirish reja grafigi aloxida tuziladi.

Tekshiruv o’tkazishdan oldin auditorlik tanlash hajmini aniqlash, shuningdek, tekshiriladigan bo’linmada (filialda) mavjud bo’lgan auditorlik hujjatlari bilan tanishish zarur.

Ichki audit tekshiruvini o’tkazishga tayyorgarlik:

1. Guruh qatnashchilari: reja bilan to’liq tanishish, tekshiriv chegaralarini aniqlab olish, o’ziga tegishli bo’lgan hujjatlar va ma’lumotlar bilan tanishish orqali eng muhim savollarga javob topish;

2. Bosh auditor quyidagi vazifalarni bajaradi: rejada belgilangan va tekshiruv ob’yektiga aloqador bo’lgan barcha hujjatlarni to’plash, chunonchi, tashkiliy-boshqaruv va lavozim yo’riqnomalarini, jarayon xaritalari, ularning batafsil bayoni, huquq va majburiyatlar taqsimoti jadvali va hokazo. Bundan tashqari, auditorlik guruhini tayinlashi, tekshiruv jadvalini tuzishi, savol varaqasini tayyorlashi va auditorlarni ishchi materiallar bilan, ya’ni nazorat savolnomasi, auditor jurnali, nomuvofiqliklarni rasmiylashtiruvchi hujjat blankalari va shunga o’xshash materiallar bilan ta’minlashi zarur.

Savol varaqasi bu – tekshirilayotgan bo’linma xodimlariga beriladigan maxsus savollar to’plami bo’lib, ularning javobi audit ob’yektining dastlabki bahosini belgilab beradi. Savolnomadagi savollar auditorlik tekshiruvi mezonlaridan kelib chiqib tuzilgan bo’lishi va tekshiruv jarayonining e’tiborga molik qismini qamrab olishi, aniq ifodalanishi, ikkiyoqlama ma’no anglatmasligi lozim.

Nazorat savolnomasi – oldindan tayyorlanib, ma’lum tizimga keltirilgan savollar ro’yxati bo’lib, uning javoblari auditorga tekshiruv ob’yektida belgilangan talablarga qay darajada amal qilinayotgani haqida ma’lumot beradi. Savollar shunday tuzilishi kerakki, javoblar tekshiruvchiga tekshiruv ob’yekti haqida to’liq va aniq tasavvur hosil qilish imkonini berishi zarur.

Auditor jurnali bu - jurnal yoki blanka shaklida bo’lib, unda auditor tekshiruv jarayonida to’plagan barcha dalillarini, ma’lumotlarini, suhbat natijalarini qayd etib boradi.

“FAZO-LUXE” Mas’uliyati Cheklangan Jamiyatida ichki auditor jurnali

Sana

Nomi

Ob’yekti

Chegarasi

Mezonlar

Savollar

Haqiqatdagi holati

Takliflar

























“ FAZO-LUXE ” Mas’uliyati Cheklangan Jamiyatida ichki auditorlik tekshiruvi oldindan belgilangan amallar orqali amalga oshiriladi. Ularning algoritmi quyidagich:


  1. Kirish yig’ilishi;

  2. Ma’lumotlarni yig’ish va ularni qayta ishlash;

  3. Yakuniy yig’ilish;

  4. Auditorlik tekshiruvi haqida hisobotni tuzish;

  5. Hisobotni tasqiqlash uchun taqdim etish;

  6. Hisobotni korxonaning manfaatdor shaxslariga yuborish;

  7. Kamchiliklarni bartaraf etish;

  8. Tuzatuv va ogohlantiruv amallarini ishlab chiqish va yo’lga qo’yish;

  9. Inspektsion nazorat;

  10. Tekshirish natijalarini ro’yxatga olish;

  11. Kamchiliklar bartaraf etilishi haqida axborot berish;

  12. Ichki auditor faylini shakllantirish.

Kirish yig’ilishini o’tkazishdan asosiy maqsad tekshiruvni o’tkazayotgan har bir xodimni tekshiruv rejasi va metodi bilan tanishtirishdan iborat.

Ma’lumotlarni yig’ish va ularni qayta ishlashdan ko’zlangan maqsad esa, ichki audit natijalari bo’yicha xulosa qilishga tayyorgarlikdir.

Tekshiruv jarayonida auditor uchun boshlang’ich ma’lumotlar bo’lib, korxonaning faoliyati va uning tuzilishi haqidagi hujjatlar, bo’linmalar to’g’risidagi Nizom, lavozim yo’riqnomalari, shtat jadvallari, jamoa shartnomasi, buyruqlar, dalolatnomalar va boshqa shu kabi hujjatlar xizmat qiladi.

Ma’lumotlar auditorlar tomonidan shunday yig’ilishi lozimki, bu ma’lumotlar korxonaning umumiy faoliyati haqida to’laroq ma’lumot bera olishi kerak. Auditor bu hujjatlarni to’plar ekan, hujjatlarda belgilangan talablarga qay darajada amal qilinayotganligini baholaydi.

Amaliyot shuni ko’rsatadiki, dastlabki rejalashtirish yaxshi bo’lmasligi auditning natijasiga salbiy ta’sir etadi.

Auditorlik tekshiruvini o’tkazish korxona rahbari tomonidan kuzatuv kengashi tasdiqlagan audit rejasi asosida tayinlanadi. Bu buyruqda tekshiruvning metodi, ya’ni hujjatli yoki kompleksliligi, qancha muddat tekshirilishi, auditorlar guruhining a’zolari, ularning ism-shariflari va lavozimlari ko’rsatib o’tiladi.


Korxonada ichki audit xizmatini tashkil etishda “Ichki auditni o’tkazish tartibi” ishchi hujjatni tayyorlash va tasdiqlash juda muhim. Tasdiqlangan bu hujjat keyingi tekshiruvlarda muhim axamiyat kasb etadi. Hujjatni tayyorlashda yillik reja va ichki auditorlik tekshiruvlarining reja-grafiklarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim.

“FAZO-LUXE” Mas’uliyati Cheklangan Jamiyatida korxonalarda ichki audit o’tkazish tartibi



Ishlarning bosqichlari

Mazmuni

Axborot manbalari

Chiqariladigan hujjatlar

1

2

3

4

Auditorlik tekshiruvini o’tkazishga tayyorgarlik

Audit qilinadigan ob’ektning holati va faoliyatining asosiy parametrlarini aniqlash. Risk omillarini sifatli baholash “Ichki nazorat tizimlarini” baholash

Rahbar va mutaxassislarning axboroti, “Asosiy ishlab chiqarish va uchastkalarning holati (TMZlarning butligini ta’minlash), tekshiruv hisobotlari va natijalari”

Ob’ekt va uning tuzilishi xususiyatlarini hisobga olgan holda tekshiruvning maqsadi va vazifalari. Audit ob’ektlarini risk zonalari bo’yicha taqsimlash haqida guvohnoma. Hisobning qo’yilishi, iqtisodiy ishlar va xo’jalik faoliyatining boshqa yo’nalishlarini me’yoriy-huquqiy hujjatlar va reglamentlarga mosligi (mos emasligi)

Axborot ta’minoti

Huquqiy, iqtisodiy tashkiliy- texnologik va tashkiliy ta’minot hujjatlari tarkibini aniqlash

Qonunchilik va me’yoriy hujjatlar. Tavsiyalar. Xo’jalik ichidagi reglamentatsiyalar

Boshqaruv hujjatlarini aniq masalalari bo’yicha tasniflash. Ish rejalari va o’tkazish tartibi bo’yicha takliflarni shakllantirish

Ishlarni o’tkazish rejasini tuzish

Tekshirish masalalari bo’yicha zarur axborotlarni olish. Ishlarning kalendar grafigini tuzishlar va majburiyatlarni taqsimlash. Ishchi hujjatlar tarkibini aniqlash (ish daftari, test blankalari, savolnoma)

Hujjatlar tarkibi. Hisobotlar holati. Hisobi siyosati. Buxgalteriya hisobi va xo’jalik ichidagi nazoratning qo’yilishi haqida axborot

Bosqichning har bir masalasi bo’yicha uni bajarish uchun yetarli auditorlik dalillari

Ishlarni bajarish jarayoni

Har bir masala bo’yicha ishlarni bajarish metodlarini aniqlash zarur axborotlarni olish va uni tizimlashtirish

Dastlabki hujjatlashtirish. Hisob registrlari. Bosh kitob. Moliyaviy hisobot

Auditorlik dalillarini olish amallari ro’yxati. Oldindan dastlabki xulosani shakllantirish

Auditorning hisobotida keltirilgan takliflarni korxona rahbariyati bilan muhokama qilish

Dastlabki takliflarni berish, auditor xulosasini (taklifni) asoslash uchun ma’lumotlarga zarurat tug’ilsa, qo’shimcha axborotlar olish

Tekshiruv davomida olingan auditorlik dalillari. Auditor xulosasining to’g’riligi isboti. Auditorning ishchi hujjatlari

Qo’shimcha axborotlar talab qiladigan auditorlik dalillari. Ishning borishi tuzatish. Taklif va tavsiyalarni asoslash

Auditorning hisobotini va takliflarini tayyorlash

Masalalar bo’yicha auditorlik xulosalarini tizimlashtirish, umumlashtiruvchi xulosalarni rasmiylashtirish, umumiy va xususiy xulosalarning asosiy ishonchlilik darajalariga ajratish

Tekshirish amallari bo’yicha auditorlik dalillari. Dastlabki xulosani muhokama qilish bayonnomasi. Auditorning takliflari va ogohlantirishlari almashadi

Audit ishi natijalari haqida hisobot. Auditor va audit qilingan ob’ektning mansabdor shaxsi imzolagan xulosaga ma’lumotnoma, xizmatlar (bo’limlar) bo’yicha auditorlik isbotlari

Auditorlik tekshiruvlari natijalari bo’yicha qarorlar va takliflarni joriy etish

Berilgan parametrlardan buzilishlar va og’ishlarni dasturiy bartaraf etish bilan mos holda buyruq va ko’rsatmalar loyihalarini tayyorlash

Auditorning tekshiruv natijalari haqida hisoboti. Ma’lumotnomalar. Auditorning takliflari

Rahbariyatning majburiyatlarni qayta taqsimlash, xo’jalik ichidagi reglamentlar va buzilishlarning oldini olish va xo’jalik ish nazoratini kuchaytirish haqida buyruq va ko’rsatmalari

Shu bilan birga yuqoridagi hujjatga quyidagi hollarda o’zgartirishlar kiritiladi:

  • qonunchilikka o’zgartirishlar kiritilish hollarida;

  • qayta tashkil etish hollarida;

  • ta’sischilar o’zgarganda;

  • faoliyat turining o’zgarishida;

  • hisob siyosatiga o’zgartirishlar kiritilgan hollarda;

ichki nazoratning samarasiz faoliyati jarayonida;



  1. Download 247,99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish