Daromadlar va xarajatlar hamda moliyaviy natijalar auditi.
Mamlakatimizda bozor munosabatlariga asoslangan yangi iqtisodiy tizim vujudga kelmoqda. Ushbu tizimning xususiyatlari quyidagilardan iborat: ko‘p mulkchilikning-rivojlanishi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan faoliyat turlarining erkin tanlash, talab va taklifning ustivorligi, iqtisodiyotning egiluvchanligi, tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi, raqobatning mavjudligi, o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlash tamoyiliga to‘liq amal qilishlik. Bozor iqtisodiyoti mavjud mulklardan ko‘prok daromad (foyda) olishni taqozo qiladi. Endilikda mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf эtish faqat samara keltirishi kerak. Bozor iqtisodiёti sharoitida korxona va tashkilotlarning asosiy mezoni ham mulklardan samarali foydalanish tufayli olinadigan foyda bilan belgilanadi. Bunday natijaga qabul qilingan qonun - qoidalarga to‘liq amal qilish orqali erishish mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish va ularga xolisona baho berish daxlsiz auditorlar va auditorlik tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan. Shu bois iqtisodiyotimizda auditorlik xizmati bozori vujudga keldi. Auditorlar o‘zaro tuzilgan shartnomalarga asosan turli mulkdagi xo‘jalik юrituvchi sub’ektlar faoliyatini ekspertizadan o‘tkazadilar, noqonuniy operatsiyalarni aniqlash hamda korxona samaradorligini ta’minlashga qaratilgan tavsiyalar beradilar.
Turli mulkdagi korxonalarning faoliyatlari asosiy va aylanma mablag‘larga bevosita bog‘likdir. Ushbu mablag‘lar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tashkil qilingandan e’tiboran foydalaniladi va ko‘paytrib boriladi. Xo‘jalik mablag‘larining muhim manbasi xususiy kapital hisoblanadi. Kapital o‘z navbatida ustav kapitali, qo‘shilgan kapital va zahira kapitalidan tashkil topadi. Ushbu manbalar asosan korxona faoliyatidan olingan so‘nggi moliyaviy natija, ya’ni foyda hisobidan ko‘paytirilib boriladi. Shuning uchun ham korxona moliyaviy natijalari auditning muhim ob’ekti hisoblanadi.
Turli mulkdagi korxonalarning moliyaviy natijalari daromadlarga va xarajatlarga bevosita bog‘liqdir. Korxonalardagi mavjud resurslar samarali foydalanishi kerak. Aks holda, korxona faoliyatida юqori natijalarga эrishib bo‘lmaydi. Shuning uchun daromadlar, xarajatlar ularning turlari va kelib chiqish manbalari doimiy ravishda nazorat qilib boriladi.
Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlarning shakllanishi 2-son «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar» nomli BHMS bilan tartibga solinadi.
Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar - xo‘jalik yurituvchi sub’ekning odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davr ichida mulk egalarining o‘z sarmoyalariga badali bilan bog‘liq bo‘lagan ko‘payishlarni istisno эtganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlarga aytiladi. Tayyor maxsulotlar, tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar, olingan daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlarning qaytarilishi, sotish narxlaridan chegirmalar to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi schotlarda aks эttiriladi:
9010 "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad"
9020 "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar"
9030 "Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar"
9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi"
9050 "Xaridor va buюrtmachilarga berilgan chegirmalar"
Yuqorida keltirilgan 9010 "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad", 9020" "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar", 9030 "Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar" schotlar tranzit schotlar hisoblanib, ko‘payishi kreditida kamayishi debetida aks ettiriladi. 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" va 9050 "Xaridor va buюrtmachilarga berilgan chegirmalar" schotlari kontrpassiv schot bo‘lib 9010 "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad", 9020 "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar" va 9030 "Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar" schotlar summasini korrektirovka qilib turadi.
Yuqorida keltirilgan schotlarda quyidagilarni sotishdan tushgan sof tushum aks ettiriladi:
sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa korxonalarda ishlab chikarilgan tayёr mahsulot va o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayёr mahsulot;
sanoat tusidagi ishlar va xizmatlar;
sanoat tusiga ega bo‘lmagan ishlar va xizmatlar;
sotib olingan buюmlar;
qurilish-montaj, loyiha-qidiruv, ilmiy tadqiqot va boshqa shunga o‘xshash ishlar;
savdo, ta’minot korxonalarining tovarlari;
transport tashkilotlarining yuk va odamlar tashish bo‘yicha xizmatlari;
engil avtomashinalarni ijaraga berish va avtomashinalarni haydab olib-borib berish xizmatlari;
transport ekspediцion va yuklash-tushirish operaцiyalari;
aloqa korxonalari xizmatlari va h.k.
Sanoat va qishloq xo‘jligi korxonalari, mol yetkazib yuboruvchi va buyurtmachilarga yuklab yuborilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar bo‘yicha taqdim etilgan hisob hujjatlari summasiga 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar» schoti debetlanib 9010 Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad", 9020 "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar" va 9030 "Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar" schetlari kreditlanadi.
Kelgusida yuklab jo‘natilagn mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmat va bajariladigan ishlar uchun; oldindan olingan avanslar summasi ushlab qolinganda 6210 va 6310 schotlari debetlanib 4010-schot kreditlanadi. Yuborilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar uchun pul mablag‘lari tushganda pul mablag‘larini hisobga oladigan schotlar debetlanib 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar» schoti kreditlanadi.
Korxonaning yakuniy balans foydasi (zarari) hisobot davrining oxirida 9900 «Yakuniy moliyaviy natija» schotida aniqlanadi.
9010 "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad", 9020 "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar" va 9030 "Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar" schotlarning kredit hisobot davri oxirida quyidagi provodkalar bilan 9900- schotiga o‘tkaziladi:
Dt 9010, 9020, 9030-schotlar
Kt 9900 «yakuniy moliyaviy natija».
9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" va 9050 "Xaridor va buyurtmachilarga berilgan-chegirmalar, schotlarida sotilgan tovarlarning qaytarilishi, shartnoma shartlariga binoan sotishda" chegirma, shuningdek sotilgan mahsulotdan brak aniqlanishi natijasida narxidan chegirma ana shu kabilarni hisobga olish uchun belgilanadi. Bu schot kontrpassiv bo‘lib, uning debet oboroti moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning yalpi sotilgan mahsulotdan tushgan tushum summasidan chiqarib tashlanadi.
9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" schotning debetida muomalalar quyidagi hollarda aks ettiriladi:
buyurtmachi va xaridorlarga ushbu tovarlar qiymati qaytarilganda: Dt 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi"
Kt 5010, 5110, 5210 schotlari.
Kreditga sotilgan tovarlar qaytarib olinganda:
Dt 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi"
Kt 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar» yoki 4110 Alohida bo‘linmalardan olinadigan schotlar».
Qaytarib omborga qabul qilingan mahsulot va tovarlarning tannarxiga usulida quyidagicha provodka beriladi:
Dt 9110, 9120, 9130 schotlar Kt 2810, 2910, 2920 schotlar
Qaytarib olingan mahsulot va tovarlar bo‘yicha hisoblangan QQS summasiga quyidagicha provodka beriladi:
Dt 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» Kt 4010 yoki 4110 schoti.
Hisobot davrining oxirida 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" schotining debet saldosi quyidagi provodka bilan yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi:
Dt 9900 «Yakuniy moliyaviy natija»
Kt 9040 "Sotilgan tovarlarning kaytarilishi"
Asosiy faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oladigan (9010 "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad", 9020 "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar", 9030 "Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar", 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi", 9050 "Xaridor va buюrtmachilarga berilgan chegirmalar") schotlar bo‘yicha analitik hisob sotilgan mahsulot (tovar), bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarni har bir turi bo‘yicha юritiladi. Bundan tashqari, bu schotlar bo‘yicha analitik hisob ishlab chiqariishi boshqarish maqsadida sotilish jo‘g‘rofiy segmentlari va boshqa segmentlari bo‘yicha yuritilishi mumkin.
Tayyor mahsulotni xaridorga jo‘natish xaridor bilan avvaldan tuzilgan shartnomalarga asosan amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda jo‘natiladigan mahsulotni muddati, miqdori, qiymati va hisob-kitob shartlari aks эttiriladi. Auditor shartnomalardagi shart-sharoitlarni to‘liq aks эttirilishini tekshiradi. Undan tashqari mahsulot jo‘natilishi hisob schot-faktura, chiqim юkxati to‘lov-talabnomasi va boshqa hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi aniqlanadi. Mahsulot jo‘natilganda uning sotilishi narxi to‘g‘ri hisoblanishi, ya’ni unga qo‘shilgan qiymat, akцiz va boshqa soliqlar qiymati, mahsulotni xaridorga etkazish uchun sarflanadigan transport tayyorlov xarajatlari summasi qo‘shilishi tekshiriladi. Auditor jo‘natilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi to‘g‘ri aniqlanishini tekshiradi. Buxgalteriya hisobini milliy standartlariga binoan mahsulot jo‘natilgan vaqtidan boshlab sotilgan deb hisoblanadi. Tayyor mahsulot xaridorlarga jo‘natilganda uning haqiqiy tannarxi noma’lum bo‘ladi, chunki uning haqiqiy tannarxi oyning oxirida aniqlanadi. Shuning uchun joriy hisobda jo‘natilgan tayyor mahsulotlar hisob narxlarida rasmiylashtiriladi.
Hisob narxlari sifatida rejadagi tannarx yoki shartnoma narxlari qo‘llaniladi. Hisobot davrining oxirida jo‘natilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi va uning hisob narxlari bilan farqi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |