Auditorlik tashkiloti (ichki audit xizmati) faoliyatini tashkil qilish.
Korxonalarda samarali faoliyat yurituvchi ichki audit xizmatini tashkil qilish murakkab, ko’p bosqichli jarayondir va uning quyidagi bosqichlarini keltirib o’tish mumkin:
Tanqidiy fikrlash va korxona faoliyati turlari bo’yicha uning oldiga qo’ygan maqsadlari, strategiyasi, taktikasi, uning imkoniyatlari va tashkiliy tuzilishi bilan tanishib chiqish;
Korxonaning yangicha ishlash konsepsiyasini yaratish va uni korxona ichki qonunlari bilan meyoriy xujjatlari tasdiqlash. Ushbu yangicha ishlash uslubi korxonaning maqsadlaridan, faoliyat ko’rsatish sohasi va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda uning yanada rivojlanishi, taraqqiy etishi, belgilangan maqsadlarga erishishi, bozorda yanada mustahkam o’rin egallashi uchun xizmat qilishi lozim. Bu konsepsiyalar taskilotning moliyaviy, texnologik, innovatsion, investitsion, hisob va kadrlar siyosatida aks etishi lozim. Bu kabi qoidalar chuqur tahliliy amallar, etarli darajada hisob-kitoblar o’tkazilgandan so’ng, ko’rib chiqilgan variantlar ichida eng maqbuli tanlangan holda amalga kiritilishi lozim bo’ladi. Ushbu konsepsiyaning korxona ichki qoidalari bilan mustahkamlanishi korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatini belgilangan omillar asosida joriy va kelajakdagi faoliyatini nazorat qilishga asos bo’ladi.
Mavjud boshqaruv tizimining samaradorligini aniqlash va uni yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. Boshqaruv tuzilmasi bo’yicha nizom ishlab chiqish va unda har bir bo’g’im bo’yicha boshqaruv, funksional, uslubiy bo’ysinish qoidalarini yaratish, kim kimga bo’ysunish kerakligini aniq ko’rsatish, ularning bir-birlari oldidagi huquq va majburiyatlarini aniq belgilanishi talab etiladi. Xuddi shu talablarga korxonaning boshqa filiallari (bo’limlari, guruhlari) ham xodimlar ish taqsimoti jarayonida amal qilishi kerak bo’ladi. Har bir xodim huquq va majburiyatlarini aniq belgilovchi lavozim ko’rsatmalarini ishlab chiqish, shtatlar ro’yxati, hujjatlashtirish rejalari va hujjatlar aylanishi aniq qonun qoidalarini ishlab chiqish lozim. Bunday jiddiy qoidalarsiz grafigini korxona barcha bo’limlarida etarli darajada ichki nazoratni o’rnatish juda mushkul.
Korxonada ma’lum bir moliyaviy va xo’jalik muomalalari bo’yicha aniq ichki nazorat uslubini yaratish. Bu xodimlarning o’zaro ichki nazorat tizmida qatnashishi, resurslardan samarali foydalanish va boshqaruv qarorlarini qabul qlishida axborotning xaqqoniyligini to’g’ri baholashga yordam beradi.
Ichki audit bo’limini tashkil etish.
Umumiy tarzda ichki audit bo’limini tashkil etishda quyidagi asosiy bosqichlardan foydalanish taklif etiladi:
1) ichki audit bo’limini tashkil etishdan maqsadni va u amalga oshirishi lozim bo’lgan ishlarni korxona oldiga qo’ygan maqsaddan chetga chiqmagan holda aniq qilib belgilab qo’yish lozim;
2) belgilangan maqsadga erishish uchun asosiy funksiyalarini aniqlab olish;
3) bir xil turdagi funksiyalarni guruhlarga ajratish va u asosida ushbu funksiyalarni bajarishga qaratilgan bo’lim birliklarini shakllantirish;
4) har bir tashkiliy tuzilma huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi o’zaro aloqalar sxemasini yaratish hamda buni lavozim ko’rsatmalari va ichki audit xizmati yo’riqnomasida qonuniylashtirib qo’yish;
5) yuqorida ko’rsatilgan tarkibiy birliklarni bir joyga jamlash – ichki audit bo’limi, korxona maqsadlaridan, vazifa va funktsiyalaridan kelib chiqqan holda uning maqomini belgilash va ichki audit bo’limi yo’riqnomasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
ichki audit bo’limini korxonaning boshqa ma’muriy bo’linmalari bilan integratsiyalashtirish;
ichki audit bo’limining ichki standartlarini va axloq kodeksini ishlab chiqish;
ichki audit bo’limining strategik rejalarini ishlab chiqish;
hisobot topshirish tizimini tashkil etish;
mustaqil audit xizmati bilan hamkorlik qilish to’g’risida yo’riqnomani qabul qilish.
Ichki audit bo’limini tashkil etishda ichki audit xodimlar tarkibini aniqlash zarur bo’ladi.
Filiallari ko’p va uzoqda joylashgan bo’limlari mavjud yirik korxona ichki audit bo’limi xodimlari quyidagi tarkibdan iborat bo’lishi lozim:
Bo’lim mudiri. Bu lavozimga yuqori malakali, iqtisodiy yoki yuridik oliy ma’lumotga ega, malakali auditor yoki malakali buxgalter sertifikatiga ega shaxslarni tayinlash maqsadga muvofiq;
Bosh korxona bilan hisob-kitoblar bo’yicha mutaxassis;
Filiallar hisobotlarini hujjatli tekshirish bo’yicha mutaxassis;
Hududiy buxgalter-uslubiyotchilar;
Soliq bo’yicha mutaxassis;
Huquqshunos;
Moliyaviy tahlil bo’yicha mutaxassis.
Ichki audit xodimlari o’z sohalariga mos ravishda ma’lumotga ega bo’lishlari lozim. Ichki audit xizmati lozim paytda ekspert xizmatidan foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Hozirgi zamon sharoitida ichki auditga tegishli ba’zi vazifalar turli xil bo’limlar va rahbarlarga yuklatib qo’yilgan. Ammo bu bo’limlar nazorat funktsiyasini qoniqarli va to’laligicha bajara olmaydilar. Bu esa korxonaning yuqori risk bilan ishlayotganligidan dalolat beradi. Soliq organlari korxona moliyaviy-ho’jalik faoliyatidan kamchiliklar topgan va sanktsiya qo’llangan holda, korxona juda katta zarar ko’radi va bu narsa uning kelajakda hamkorlari bilan ishlashida salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmaydi.
Ichki audit bo’limi tizimli tarzda boshqaruvning barcha ob’yektlarini nazorat qilib boradi va standartlardan, shu jumladan korxona oldiga qo’ygan maqsadlardan og’ishishlar kuzatilgan taqdirda, ularni boshqaruvga ma’lum qiladi va tezkor tarzda bu xatoliklar oldi olinadi.
“FAZO-LUXE” Mas’uliyati Cheklangan Jamiyatida ichki audit bo’limining korxonaning boshqa bo’limlari bilan o’zaro aloqadorligi:
Do'stlaringiz bilan baham: |