Auditorlik tashkiloti (ichki audit xizmati) faoliyatini tashkil qilish, tashkiliy tuzilmasi va xususiyatlari



Download 247,99 Kb.
bet2/9
Sana01.01.2022
Hajmi247,99 Kb.
#281336
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-курс Ҳисобот Sharopov N.

Xulosa.
Kirish

Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o’zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining o’sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo’jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritildi.



O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqeyi xo’jalik yurutuvchi subektlarning pul mablag’laridan oqilona foydalanishi va moliyaviy mustahkamlanishi orqali sezilarli darajada hamda muntazam oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga oshirish yo’llarining aniq va to’g’ri ko’rsatib berilganligi bosh maqsad yo’lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo’lishiga imkon yaratdi.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (keyingi o‘rinlarda — MHXS) o‘tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida: “Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etishi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlashi, [OKOZ:1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]2021-yil yakuniga qadar buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA)”, “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (SRA)” va “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR)” sertifikatlaridan biriga ega kamida uch nafar mutaxassis miqdorida MHXSni sifatli qo‘llash uchun yetarli bo‘lgan buxgalteriya xizmati xodimlari bilan ta’minlash”1lari Prezident qarori bilan belgilab qo’yilishi hisob va audit sohalariga qanchalik e’tibor berilayotganligidan dalolat beradi, hamda shu soha vakillariga va mutahasislariga katta ma’sulyat yuklaydi, bu esa auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirishni, xalqaro standartlar asosida tuzilayotgan auditrolik hisobotlariga tenglasha oladigan auditorlik hisobotlarini o’zimizda ham tuzishni katta vazifa sifatida qo’yadi.Aholi va tadbirkorlarni o’ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o’rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo’llash amaliyoti va ilg’or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuingdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 – 2021 – yillarda O’zbekston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish suratlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish”2 muhim vazifa ekanligi belgilab qo’yilganligi mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir.

O‘tgan yillarda mamlakatimizda auditning normativ-huquqiy va uslubiy bazasi shakllantirildi, shuningdek, auditorlik faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan va muddatsiz tizimi joriy etildi, bu auditorlik xizmatlari bozorining shakllanishiga va mahalliy auditorlik tashkilotlari auditorlik kompaniyalarining yirik xalqaro tarmoqlariga kirishini ta’minlashga imkon yaratdi.Iqtisod taraqqiyotdagi yirik qadamlardan xususiy mulkni himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, nazoratning auditorlik shakllarni kengaytirishga qaratilgan qator qonun va farmonlar bo‘lib, bular mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, yopiq shakldagi aksionerlik jamiyatlarini ochiq shaklga o‘tkazish, ko‘chmas mulkning respublika birjasini barpo etish, fond birjasini tuzish va unda xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini birlamchi joylashtirish kabi bozor infrastrukturasini yaratishga keng yo‘l ochdi. Iqtisodni boshqarishdagi bunday tez o‘zgarishlar auditorlardan o‘z malakalarini doimo oshirib borishni talab qilmoqda, aks holda auditorlik tavakkalchilik darajasini yuqori bo‘lishiga va moliyaviy hisobot to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot berish hollariga olib kelishi mumkin. Bu o‘z navbatida, Auditorlik firmalarining bo‘yniga xato ma’lumot berganligi sababli moddiy javobgarlikni yuklaydi. To‘g‘ri auditning bu bosqichi, ya’ni tavakkalchilikka asoslangan audit evolyusiyasining so‘nggi bosqichidir. Bunga yetib kelish uchun bir nechta bosqichlarni bosib o‘tish lozim. Shundan kelib chiqqan holda men bitiruvoldi amaliyotimni Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “FAZO-LUXE” mas’uliyati cheklangan jamiyatida o’tadim. Bitiruvoldi amaliyotimni ushbu “FAZO-LUXE” MCHJning ichki audit bo’limida o’qish jarayonida o’rgangan nazariy bilimlarimni amaliyot bilan mustahkamlashga harakat qildim.




  1. Download 247,99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish