15
hisobini to‘g‘ri tashkil qilish ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish uchun
muhim ahamiyat kasb etadi.
Har bir korxonada buxgalteriya hisobi vositasi orqali xo‘jalik faoliyatini
o‘rganish soliqlar hisobi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlovchi vositalar
bo‘lib hisoblanadi. Avvalambor korxonaning ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishda buxgalteriya hisobi alohida o‘rin egallaydi. Korxonalar faoliyat turidan
qat’iy nazar ular o‘z faoliyatini buxgalteriya
hisobisiz yurita olmaydi, shuning
uchun buxgalteriya hisobi korxonaning ajralmas bir qismi bo‘lib hisoblanadi.
Korxonalar xo‘jalik faoliyatida soliqlarning moliyaviy hisobini tashkil etish
hamda yuritish bo‘yicha bugungi kunda yurtimizda bir qancha me’yoriy-huquqiy
hujjatlar ishlab chiqilgan. Jumladan, “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi,
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi
Qonunlar, Soliq kodeksi, Buxgalteriya
hisobining
milliy standartlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish,
xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy
natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom, 2005-yil 24-fevraldagi
«Yuridik
shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni byudjetga to‘lash
bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish
tartibi to‘g‘risida»gi Nizom, 2005-yil 24-iyundagi «Tadbirkorlik sub’ektlarining
xo‘jalik
sohasidagi
huquqbuzarliklari
uchun
moliyaviy
javobgarligini
erkinlashtirish to‘g‘risida»gi PF-3662 sonli qaror va farmonlari qabul qilindi.
Hozirgi vaqtda mamlakatda mavjud bo‘lgan buxgalteriya hisobi va hisoboti
tizimini bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiqlashtirish iqtisodiyotning eng
dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Hozirda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar,
shuningdek buxgalteriya
hisobining isloh qilinishi, ya’ni uni xalqaro standartlarga moslashtirilishi, eng
avvalo, xalqaro tajriba amaliyotidan
kelib chiqqan holda, buxgalteriya hisobining
boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob va soliq hisobiga ajratilgan holda tashkil
qilinishi nafaqat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning,
balki barcha manfaatdor
tomonlarning, shu jumladan davlatmizning iqtisodiy istiqbolini oshirish uchun ham
16
xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda buxgalteriya hisobi nazariy va amaliy jihatdan
takomillashib ularning turlari shakllanib bormoqda. Quyidagi jadval orqali
buxgalteriya hisobining yuqorida aytilgan turlarini ko‘rishimiz mumkin.
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: