Audit va iqtisodiy tahlil


Soliq hisobiga berilgan ta’riflar qiyosiy tasnifi



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/31
Sana13.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#664211
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
JUMAYEV BEKZOD SALIMOVICH TOGRI SOLIQLAR HISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH

Soliq hisobiga berilgan ta’riflar qiyosiy tasnifi
10
 
Mualliflar 
Ta’riflar 
A.A.Karimov, F.R.Islomov, 
A.Z.Avlaqulovlar
 
Soliqlar hisobi - barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda 
soliqlar va to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisobga olish, soliq 
imtiyozlarini qo‘llash hamda ularni belgilangan muddatlarda 
byudjetga o‘tkazib berilishini ta’minlovchi buxgalteriya hisobi 
turidir.
 
K.B.O‘razov
 
Soliqlar hisobi - xo‘jalik hisobining alohida turi emas, balki 
bugalteriya hisobining tarkibiy qismidir.
 
Z.N.Qurbanov
 
Soliq hisobi – bu xo‘jalik yurutuvchi sub’ektlar tomonidan 
soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliqqa tortish bazasini 
to‘g‘ri hisoblash uchun zarur bo‘lgan axborotlarni yig‘ish, qayd 
etish, qayta ishlash, guruhlash va umumlashtirish tizimidir.
 
Mualliflik ta’rifi 
Soliqlar hisobi - xo‘jalik yurutuvchi sub’ektlarning soliqlar va 
majburiy to‘lovlarni qonuniy me’yoriy hujjatlarga asoslangan 
holda to‘g‘ri hisoblashi, zaruriy ma’lumotlarni yig‘ishi, qayd 
etishi, qayta ishlashi, guruhlashi va umumlashtirishi hamda 
byudjetga tushishini o‘z vaqtida ta’minlashidir.
 
Bu ta’riflarga asoslangan holda soliqlar hisobining maqsad va vazifalarini 
quyidagicha bayon etish mumkin.
Soliqlar hisobining maqsadi – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 
soliqlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri hisobga olib, foydalauvchilarni aniq va ishonchli 
moliyaviy hamda buxgalteriya ma’lumotlari bilan ta’minlashdir.
Soliqlar hisobining vazifalari quyidagilardir:
-
korxona tomonidan byudjetga to‘lanadigan soliqlar va majburiy 
to‘lovlarni to‘g‘ri, o‘z vaqtida hisoblash;
- ishonchli axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va umumlashtirish hamda 
ichki va tashqi foydalanuvchilarni kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlash;
-
hisoblangan soliq va majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida byudjetga 
o‘tkazilishini ta’minlash. 
Soliqlar hisobining ob’ektlarini aniqlashda bevosita buxgalteriya 
hisobining ob’ektiga murojat qilishimiz kerak. Chunki buxgalteriya hisobining 
10
Muallif tomonidan tayyorlandi. 


19 
ob’ektlari moliyaviy, boshqaruv va soliq hisoblari ob’ektining asosi bo‘lib 
hisoblanadi. Soliqlar hisobining ob’ekti bo‘lib, soliq turlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi 
Qonunning 7-moddasida «Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, 
daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq 
bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’ektlaridir»
11
deb 
ko‘rsatilgan .
Soliqlar hisobining sub’ekti bo‘lib soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy 
shaxslar hisoblanadi. 
Shu vaqtgacha ham buxgalteriya hisobning predmeti va ob’ekti 
kategoriyalariga yagona ta’rif berilmagan, hisob ob’ektlarining ilmiy asoslangan 
tasnifini berish oxiriga yetkazilgan emas. Bularning barchasi hisob ob’ektining 
nazariy konsepsiyasiga keng ma’nodagi qarashlar bilan birga, ularning har 
xilligidan dalolat beradi. Buxgalteriya hisobi, shu jumladan soliq hisobining 
predmeti va ob’ektining nazariy masalalari doimo dolzarbligicha qolaveradi.
Bugungi kunda xalqaro standartlar talablaridan kelib chiqqan holda, 
buxgalteriya hisobi va hisobotini soddalashtirilgan tizimi, korxonaning olib 
borayotgan 
faoliyati 
va 
iqtisodiy 
ahvoli 
to‘g‘risida to‘liq tasavvurni 
shakllantirishda yordam beradi, bu esa o‘z navbatida, buxgalteriya hujjatlarini 
barcha foydalanuvchilarga, jumladan, chet el investorlariga qulayligini oshiradi 
deb hisoblaymiz. Korxonalarda soliqlar hisobini yuritish uchun, O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 23-oktyabrda №1181-son bilan 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 21-son “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-
xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha 
yo‘riqnoma” nomli BHMSga muvofiq soliqlar hisobini yuritish uchun 4410- 
“Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (turlari bo‘yicha)” va 
6400- “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar” passiv 
schyoti belgilangan. 
Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olishda soliqlar bo‘yicha 
11
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasi, 2016-yil 13-aprel. 


20 
analitik schyotlarga ham ega. Vaholanki, ularni har bir xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar faoliyat yo‘nalishlariga ko‘ra mustaqil belgilash huquqlariga ega. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi 
ishchi hisobvaraqlari rejasini tuzadilar va u xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob 
siyosatida aks ettiriladi.
Barchaga ma’lumki, tashkilotda buxgalteriya hisobi ma’lum qonun-
qoidalar asosida yuritilishi lozim. Bunda asosiy muammo shunday qoidalarni 
ishlab chiqishni talab qiladiki, shu qoidalarni amalga oshirish jarayonida 
buxgalteriya hisobini yuritishga samarali ta’sir ko‘rsatish lozim. Bunda ta’sir
deyilganda moliyaviy va boshqaruv hisobini to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil etish 
tushuniladi.
Soliqlarning moliyaviy hisobini nazariy va metadologik jihatdan 
takomillashtirishda bevosita soliq siyosati va buxgalteriya hisobining tamoyillari 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Hisob yuritish siyosati deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining 
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyil va asoslariga mos ravishda 
yuritish va tuzish uchun qo‘llaniladigan usullar majmui tushuniladi
12
.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar «Hisob siyosati va moliyaviy hisobotlar» 
nomli 1-son Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) asosida moliyaviy 
xo‘jalik faoliyati bo‘yicha olib boriladigan ishlarni belgilab olishi lozim. Xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektning hisob siyosati sub’ekt rahbari tomonidan shakillantiriladi.
Mamlakatimizda soliqlarning moliyaviy hisobini yuritishda Buxgalteriya 
hisobining milliy standartlarida belgilangan tamoyillar asosida har bir soliq turi 
bo‘yicha alohida-alohida olib boriladi. Soliqlarning hisobini tashkil qilish,eng 
avvalo, soliq to‘lovchining hisob siyosatida o‘z aksini topmog‘i lozim.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati quyidagicha bo‘lishi lozim:
-
foydalanuvchilar ehtiyojlari uchun ahamiyatli;
-
ishonchli bo‘lishi;
-
aynan shunday faoliyat yurituvchi boshqa sub’ektlarning moliyaviy 
12
Karimov A.A., Kurbanbayev J.E., Jumanazarov S.A. Buxgalteriya hisobi. Darslik. T.: “Iqtisod-Moliya”, 2019.


21 
hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi;
-
tushunarli va oddiy bo‘lishi shart. 
Hozirgi iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida korxona xo‘jalik faoliyatida 
soliqlar hisobini yuritishi va ularni samaradorligini oshirishi lozim. Shu sababli 
korxonalarda soliqlar hisobining samarali boshqarilishi nafaqat korxona 
faoliyatida, balki davlat ahamiyatida ham asosiy o‘rinni egallaydi. Koxonalarda 
sodir bo‘ladigan barcha xo‘jalik muomalalarini to‘g‘ri hamda samarali yuritilishini, 
soliqlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisobga olinishini boshlang‘ich hujjatlarda olib 
borilishi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar faoliyati davomida xo‘jalikda sodir bo‘lgan muomalalarni 
yuritishda, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan hisob-
kitoblarni amalga oshirish va nazorat qilishni ta’minlash uchun buxgalteriya 
hujjatlaridan foydalaniladi.
Korxona va tashkilotlarda hisob-kitoblarni amalga oshirish, soliqlar 
hisobining to‘g‘ri yuritilganligini aniqlash, xullas, barcha jarayonlar hujjatlarda aks 
ettiriladi. Korxonada hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi shunday yo‘lga qo‘yilishi 
kerakki, u soxtalashtirish imkoniyatini, o‘z vaqtida kelib tushmasligi va ularni 
buxgalteriya hisobida kechikib rasmiylashtirilishini istisno qilsin. Mazkur 
masalada korxona rahbarlari tomonidan tegishli nazoratning yo‘qligi noxush 
oqibatlarga olib kelishi hamda soliqlar hisobining to‘g‘ri yuritilmasligiga olib 
kelishi mumkin. Shuning uchun o‘tkazilayotgan xo‘jalik muomalalariga doir 
hujjatlar harakati ustidan korxona rahbari tomonidan ham, bosh buxgalter 
tomonidan ham o‘zaro ikki tomonlama nazorat yo‘lga qo‘yilishi lozim. Buning 
uchun korxonada hujjatlarning aniq aylanishini yo‘lga qo‘yish va mas’ul 
ijrochilarni ko‘rsatgan holda hujjatlar aylanmasining turli bosqich chizmalar 
ko‘rinishida grafiklar yoki ishlar ro‘yxatini tuzish kerak bo‘ladi. Hujjatlar 
aylanishi grafigini amalga oshirish ustidan nazoratni bosh buxgalter amalga 
oshirishi kerak.
Respublikamiz amaliyotida soliqlarning boshlang‘ich hujjatlarda aks 
ettirilishini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bu yerda asosan schyot-fakturalar, olingan 


22 
va taqdim etilgan schyot-fakturalarni hisobga olish jurnali kabi hujjatlar yuritiladi. 
Xususan, soliqlarni boshlang‘ich buxgalteriya hujjatlarida aks ettirishda schyot-
fakturalar muhim rol o‘ynaydi.
Hisob-kitoblarni amalga oshirishda soliq to‘lovchi tovarni sotib oluvchiga 
alohida qator bilan ajratib ko‘rsatiluvchi soliq summasiga orttirgan holda maxsus 
schyot-fakturani yozib beradi.
Soliqlar hisobini dastlabki hujjatlarda aks ettirishda buxgalteriya hisobining 
jurnal-order shakli ham keng qo‘llaniladi. Bunda yuqorida qayd etilgan schyot-
fakturada ko‘rsatilgan xo‘jalik muomalalari bo‘yicha yozuvlar yig‘ma va 
guruhlovchi 
qaydnomalarda 
(jurnal-orderlar), 
shuningdek, 
yordamchi 
qaydnomalarda guruhlab boriladi. Buxgalteriyada keltirilgan boshlang‘ich hujjatlar 
memorial-orderlarda aks ettirilmasdan, bevosita shu jurnallarning o‘zida aks 
ettiriladi, chunki buxgalteriya hisobining bu shaklida qo‘llaniladigan jurnallar bir 
vaqtda xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiruvchi 
orderlar hisoblanib, memorial-orderlarni tuzish zaruriyatini yo‘qotadi. Bu yerda 
memorial-orderlarning o‘rnini avvaldan hisobvaraqlarning korrespondensiyasi 
tuzib qo‘yilgan maxsus hisob registrlari tuziladi. Bu registrlar yig‘ma va 
guruhlovchi qaydnomalar, ya’ni jurnal-orderlardir. Jurnal-orderlarda birlamchi 
hujjatlarning 
ma’lumotlarini to‘g‘ri guruhlashtirishni ta’minlash uchun 
hisobvaraqlar krediti bo‘yicha namunaviy korrespondensiya va oylik, choraklik 
hamda yillik hisobotlar uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar ro‘yxati nazarda 
tutilgan. Jamlanma va tahliliy hisob uchun mo‘ljallangan jurnal-orderlarda, bundan 
tashqari, tahliliy hisobning zarur moddalari ham nazarda tutilgan.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida hisob registrlari shunday 
tartibda tuzilishi lozimki, bunda buxgalteriya hisobotini tuzish uchun zarur bo‘lgan 
ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shu registrlarning o‘zidan olish mumkin bo‘lsin.


23 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish