Buxgalteriya hisobining turlari
9
Buxgalteriya
hisobining turlari
Mazmuni
Boshqaruv hisobi
Ushbu hisob turi o‘zida shunday hisob ma’lumotlarini jamlaydiki, bu
ma’lumotlar faqat korxonaning o‘zida boshqaruv uchun zarurdir.
Boshqaruv hisobi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va tannarxni
kalkulyatsiya qilish bilan birga, u mavjud holatni tahlil etish, qaror
qabul qilish, resurslardan foydalanish va tannarxning shakllanishini
boshqarish, xarajatlarning me’yordan chetga chiqishini tahlil etish va
boshqalarni
qamrab
oladi.
Boshqaruv
hisobi
ma’lumotlarida
ma’lumotlarni tez olish, o‘qish va ulardan foydalanib, operativ
boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati bo‘lishi kerak.
Moliyaviy hisob
Ushbu hisob turi shunday ma’lumotlarni o‘zida mujassam etadiki,
ushbu ma’lumotlar nafaqat korxona faoliyatiga rahbarlik qilishda
foydalaniladi, balki tashqi foydalanuvchilarga ham tegishli ma’lumotlar
ma’lum qilinadi. Moliyaviy hisob axborotlarni umumlashtirish va sintez
qilishga yo‘naltirilgan. U ba’zi bir davr uchun korxona foydasini tezkor
aniqlashga, korxonaning aktivlari va passivlarini hisobot balansi
shaklida umumlashtirishga, korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini
ta’riflashga imkon beradi.
Soliq hisobi
Ushbu hisob turi korxona, tashkilot va muassasalarda soliqlar va
yig‘imlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisobga olish, soliq imtiyozlarini
qo‘llash hamda ularni o‘z vaqtida byudjetga o‘tkazilib borilishini
ta’minlab beruvchi buxgalteriya hisobi turidir. Soliq hisobi o‘z usullari
yordamida soliq va yig‘imlar, ularning ob’ekti, sub’ektlari va soliqqa
tortish bazasini, to‘lash muddatlarini aniqlab beradi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o‘zgartirish
keyingi vaqtlarda O‘zbekistonda ham tobora dolzarb vazifaga aylanmoqda. Ushbu
vazifalarni amalga oshirish maqsadida respublikada xalqaro standartlarga to‘la-
9
Muallif tomonidan tayyorlandi.
17
to‘kis mos keluvchi buxgalteriya hisobining milliy standartlari ishlab chiqildi va
amaliyotga keng tatbiq etilmoqda. Shuningdek soliq hisobi va hisoboti bo’yicha
amalga oshirilayotgan islohotlar, ya’ni 2019-yil 1-yanvardan kuchga kirgan soliq
qonunchiligidagi o’zgarishlar, soliq hisobotlarining soddalashtirilishi buning
yaqqol dalilidir. Buxgalteriya hisobi shakllari va usullarini tanlashda
korxonalarning mustaqilligini kengaytiribgina qolmasdan, soliqlarning moliyaviy
hisobi va hisobot axborotining ishonchliligi uchun ularning mas’uliyatini yana ham
oshirdi.
Korxona va tashkilotlarda hisob-kitoblarni amalga oshirish, soliqlar
hisobining to‘g‘ri yuritilganligini aniqlash, xullas, barcha jarayonlar hujjatlarda aks
ettiriladi. Korxonada hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi shunday yo‘lga qo‘yilishi
kerakki, u soxtalashtirish imkoniyatini, o‘z vaqtida kelib tushmasligi va ularni
buxgalteriya hisobida kechikib rasmiylashtirilishini istisno qilsin. Mazkur
masalada korxona rahbarlari tomonidan tegishli nazoratning yo‘qligi noxush
oqibatlarga olib kelishi hamda soliqlar hisobining to‘g‘ri yuritilmasligiga olib
kelishi mumkin. Shuning uchun o‘tkazilayotgan xo‘jalik muomalalariga doir
hujjatlar harakati ustidan korxona rahbari tomonidan ham, bosh buxgalter
tomonidan ham o‘zaro ikki tomonlama nazorat yo‘lga qo‘yilishi lozim. Buning
uchun korxonada hujjatlarning aniq aylanishini yo‘lga qo‘yish va mas’ul
ijrochilarni ko‘rsatgan holda hujjatlar aylanmasining turli bosqich chizmalar
ko‘rinishida grafiklar yoki ishlar ro‘yxatini tuzish kerak bo‘ladi. Hujjatlar
aylanishi grafigini amalga oshirish ustidan nazoratni bosh buxgalter amalga
oshirishi kerak.
Agarda xorijlik iqtisodchi olimlarning buxgalteriya hisobini turkumlarga
ajratilishi to‘g‘risidagi fikrlariga qaraydigan bo‘lsak, ular boshqaruv hisobi,
moliyaviy hisob va soliq hisoblarini buxgalteriya hisobining alohida turi va quyi
tizimi sifatida e’tirof etishayotganiga guvoh bo‘lamiz. Ushbu iqtisodchi
olimlarning hamda muallifning buxgalteriya hisobinig turlaridan biri bo‘lmish
soliq hisobiga bergan ta’riflarini quyidagi 4-jadval orqali yanada aniqroq
ko‘rishimiz mumkin.
18
4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |