Atv baholash


Avtotransport vositalarini baholashda foydalaniladigan qiymatning asosiy turlari



Download 203,25 Kb.
bet10/47
Sana01.07.2022
Hajmi203,25 Kb.
#727342
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
Bog'liq
Dissertatsiya Temur tayyori

Avtotransport vositalarini baholashda foydalaniladigan qiymatning asosiy turlari



Qiymatning turlari

Ta’rifi

1

Bozor qiymati

Bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narx tushunilib, unga ko‘ra mazkur baholash obyektining ochiq bozorda raqobat sharoitida, bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega bo‘lgan holda o‘z manfaatlari yo‘lida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladi, bitim narxining baland-pastligida esa, biron-bir favqulodda holatlar, shu jumladan, taraflardan birining ushbu bitimga qo‘shilish majburiyati aks etmaydi.

2

Bozor ijara haqi

Bozor ijara haqi qiymati etarli marketing o‘tkazilgandan keyin tuzilgan tijorat bitimi natijasida manfaatdor sotuvchi va haridor o‘rtasida tegishli ijara shartlarida baholash sanasida mulk huquqini ijaraga berish mumkin bo‘lgan hisoblab chiqilgan-baholangan pul mikdori bo‘lib, bunda har bir taraf etarlicha axborotga ega bo‘lgan holda, oqilona va majburlovsiz harakat qilgan deb tushuniladi.

3

Adolatli qiymat

Adolatli qiymat deganda aktiv, aniq belgilangan va barcha zarur axborotga ega bo‘lgan manfaatdor taraflar o‘rtasida ayriboshlanganda (mulk sotilganda yoki qarzdorlik hisobdan chiqarilganda) ushbu taraflarning manfaatlarini aks ettiradigan, hisoblab chiqiladigan-baholanadigan pul miqdori tushuniladi.

4

Investitsiya qiymati

Investitsiya qiymati deganda aktivning aniq egasi yoki potensial egasi uchun ularning xususiy investitsiyaviy yoki operatsion (xo‘jalik) maqsadlari hisobga olinadigan qiymat tushuniladi.

5

Sinergetik qiymat

Sinergetik qiymat ikki va undan ortiq aktivlar yoki ishtirokchilikdagi ulushlarning birlashtirilishi natijasida qiymatning umumiy yig‘indisi summasi ularning alohida-alohida olingan qiymatlari summasidan ortiq bo‘lib chiqqanda hosil bo‘ladi.

6

Tugatish qiymati

Tugatish qiymati deganda aktiv yoki aktivlar guruhini qismlarga bo‘lib-bo‘lib sotib yuborganda olinishi mumkin bo‘lgan summa tushuniladi. Tugatish qiymatida aktivlarni sotishga tayyorlash xarajatlari hamda sotish buyicha xarajatlarini hisobga olish kerak.

7

Yo‘q qilish qiymati

Yo‘q qilish qiymati deganda baholash obyektining uni tashkil etgan materiallarning bozor qiymatiga teng qiymati tushuniladi. Bu qiymat yalpi yoki sof qiymat (sotish xarajatlarini chegirgan holda) tarzida ifodalanishi mumkin.

8

Almashtirishning qoldiq qiymati

Almashtirishning qoldiq qiymati deganda baholash obyektiga o‘xshash obyektni yaratishga ketgan xarajatlarning baholashni o‘tkazish sanasida mavjud bozor narxlaridagi baholash obyektining eskirishini hisobga oluvchi qiymati tushuniladi.

9

Takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati

Takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati deganda baholash obyekti bilan bir xil obyektni bir xil materiallar va bir xil texnologiyalardan foydalangan holda yaratishga sarflanadigan, baholashni o‘tkazish sanasida mavjud bozor narxlarida o‘lchanadigan, baholash obyektining eskirishini hisobga oluvchi xarajatlar summasi tushuniladi.

10

Maxsus qiymat

Maxsus qiymat bozor qiymatidan ortiq summa bo‘lib, faqat maxsus haridor (alohida manfaatga ega bo‘lgan) uchun qiymatga ega bo‘lgan aktivlarning muayyan tavsiflarini aks ettiradigan qiymat tushuniladi.

11

Sug‘urtaga oid qiymat

Sug‘urtaga oid qiymati deganda mulkning shartnoma yoki sug‘urta polisi qoidasida nazarda tutiladigan qiymati tushuniladi. Bunda shartnoma yoki sug‘urta polisi imzolangan kundagi sug‘urta maqsadlari uchun mulkning haqiqiy qiymati aniqlanadi.

12

Soliqqa oid qiymat

Soliqqa oid qiymat deganda amaldagi soliq qonunchiligi asosida hisoblab chiqiladigan qiymat tushuniladi.

13

Ta’mir (tiklash) qiymati

Mehnat va moddiy xarajatlar, ustama xarajatlar, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek ta’mirlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatayotgan korxonaning foydasini o‘z ichiga olgan baholash obyektining nosozliklarini bartaraf etish qiymati

14

Shikastlanishdan zarar qiymati

Shikastlanish natijasida baholash obyekti qiymatining pasayish miqdori yoki ta’mirlash bo‘yicha alohida turdagi ishlarni bajarishda yuzaga keladigan zararni hisobga olgan xolda shikastlangan baholash obyektini shikastlangangunga qadar bo‘lgan texnik holatga keltirish uchun ta’mirlash (tiklash)ga ketadigan xarajatlar yig‘indisi

15

Konstruktiv elementlar (ehtiyot qismlar) qiymati

Raqobat sharoitida ochiq bozorda sotilishi mumkin bo‘lgan baholash obyektining konstruktiv elementlari (ehtiyot qismlari)ning ehtimoli eng yuqori bo‘lgan bahosi, bunda barcha zaruriy axborotlarga ega bo‘lgan xolda kelishuv tomonlari oqilona harakat qilishadi, lekin bitim bahosining miqdoriga qandaydir favqulotdagi holatlar ta’sir ko‘rsatmaydi

16

Ta’mir bo‘yicha xizmatlar qiymati

Raqobat sharoitida ochiq bozorda ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan baholash obyektining ta’miri bo‘yicha xizmatlarning bir birlik mehnat sig‘imining ehtimoli eng yuqori bo‘lgan bahosi, bunda barcha zaruriy axborotlarga ega bo‘lgan xolda kelishuv tomonlari oqilona harakat qilishadi, lekin bitim bahosining miqdoriga qandaydir favqulotdagi holatlar ta’sir ko‘rsatmaydi

Avtotransport vositalari – murakkab, ko‘p komponentli mahsulotlar. Ushbu obyektlarning bozor qiymatini baholashni o‘tkazishda nafaqat yuqorida sanab o‘tilgan umumiqtisodiy prinsiplar, balki tizimli yondashuv, funksional yondashuv, statistik modellashtirish va hayotiy sikl prinsipi kabi ilmiy tadqiqotlarda umumqabul qilingan boshqa prinsip va yondashuvlar ham qo‘llaniladi.



Download 203,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish