Xarajatli yondashuv o‘z ichiga bir necha usullarni oladi. Jumladan:
- takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati usuli;
- almashtirish usuli;
- turdosh obyekt narxi bo‘yicha hisoblash usuli;
- elementma-element hisoblash usuli;
- qiymatni indeksatsiya qilish usuli.
Takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati usuli qiymatni aniqlash uchun bir xil o‘xshash obyektlarning narxi haqidagi axborotdan foydalanishni nazarda tutadi.
Almashtirish qiymatini aniqlash uchun almashtirish usuli aynan bir xil obyektlar yoki analoglar to‘g‘risidagi narx axborotini keyinchalik ishlab chiqarish, texnik va texnologik tavsiflardagi tafovutlarga qarab tuzatishlardan, shuningdek vaqt mobaynida narxlar o‘zgarishini hisobga oluvchi tuzatishlardan kelib chiqibqo‘llashni nazarda tutadi.
Turdosh obyekt narxi bo‘yicha hisoblash usuli keyinchalik asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlaridagi farqlanishlarga tuzatishlar kiritish orqali analog to‘g‘risidagi narx axborotiga (narxi ma’lum bo‘lganda) asoslangan holda baholash obyekti qiymatini aniqlashga asoslanadi.
Elementma-element hisoblash usuli baholash obyekti bozor narxi ma’lum bo‘lgan bir nechta agregatlardan iborat bo‘lganda, shuningdek texnik agregatlarni yig‘ish murakkab bo‘lmagan va iste’molchining o‘zi tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
Qiymatni indeksatsiya qilish usuli joriy narxlarga mos keltirish uchun baholash obyektining bazaviy (boshlang‘ich yoki tiklanish) qiymatiga narxlarqimmatlashishining statistik indekslarini qo‘llashga asoslanadi.
Baholash obyektini baholashda xarajat yondashuvi jamlangan eskirishni chegirgan holda baholash obyektining qismlari va (yoki) qo‘shimcha uskuna qiymatinihisobga olib baholash obyekti tiklanish qiymatini aniqlashga yoxud almashtirishga asoslangan.
Baholash obyektining qiymatini baholashda xarajat yondashuvi hisob-kitoblarning quyidagi bosqichlariga rioya etishni o‘z ichiga oladi:
to‘liq tiklanish qiymatini yoki almashtirish qiymatini aniqlash;
baholash obyektining tovar qiymati yo‘qotilishi hajmini aniqlash;
qo‘shimcha uskuna qiymati va jamlangan eskirishning qiymat ko‘rsatkichini hisobga olgan holda to‘liq tiklanish yoki almashtirish qiymati o‘rtasidagi farq sifatida baholash obyektining qiymatini aniqlash.
Baholash obyektining baholash sanasidagi jamlangan eskirishi uning jismoniy holatidan (jismoniy eskirish), baholash obyekti bozorning zamonaviy talablariga muvofiqligidan (funksional eskirish), shuningdek tashqi omillarning ta’siri ostida qiymatining pasayishidan (tashqi/iqtisodiy eskirish) kelib chiqib baholash obyektini ko‘zdan kechirish natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Jamlangan eskirish 100 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Jamlangan eskirish tiklanish qiymatidan (koeffitsient ko‘rsatkichi) yoki pul ifodasida almashtirish qiymatidan (mutlaq miqdor) foizlarda yoki ulushlarda aniqlanishi mumkin.
Jamlangan eskirish quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi: