Ishlash prinsipi. Oqova suv tangensial shaklda ichki silindr bilan chegaralangan bo‘sNiqqa beriladi. Oqim spiral bo ylab yuqoriga harakatlanadi. Silindr yuqorisiga yetgach u 2 oqimga bo‘1inadi. Ulardan biri (tiniqlangan suv) diafragmaning markaziy teshigiga qarab harakatlanadi va undan o‘tib tarnovga tushadi. Muallaq zarrachali ikkinchi oqim silindr va gidrosilindr devorlari orasidagi bo‘shliqqa yo‘na1ttriladi hamda uning konussimon qismiga tushadi. Ko‘p yarusli gidrosiidonlarda ishchi hajm bir necha yarusli konussimon diafragmalar bilan bir nechta yaruslarga bo‘1inib, ularning har biri o‘ziga mustaqil ishlaydi. Bunday konstruksiyada
mayda qavatli tindirish usulidan foydalanilgan (2.7- rasm, e).
Ishlash prinsipi. Oqova suv kameralardan teshik orqali bo‘sh1iqqa kelib tushadi, u yerda spiral bo‘ylab markazga harakatlanadi. Natijada qattiq zarrachalar ostki diafragma yaruslariga cho‘kadi. Cho‘kma suzilib, yoriq orqali konussimon qismga tushadi. Tiniqlashgan suv halqasimon oqimga oqib o‘tadi. Yog‘ va neft zarrachalari diafragma orqasidagi tuynuk orqali yuqoridagi diafragma ostidan qalqib chiqadi. Ularni voronka orqali gidrosiklondan ajratib olinadi.
Ko‘p yarusli gidrosiklonning quvvati quyidagicha topiladi: Q = 3,6 n n (R2 — r2)m„,„;
bu yerda, fi — aylanisŞ radiusi; r — shlam qabul qiluvchi sig‘im radiusi; o — gidrosiklondagi yaruslar som.
Gidrosiklonlarning konstruktiv o‘1chamlari: diametri 3—6 m; yarus balandligi 130-200 mm; yaruslar soni 4—20 ta; diafragma yoriqlarining diametri 0,6—1,4 m; shlam chiqaruvchi yoriqlarning kengligi 100 mm; suvning jihozga kirayotgandagi tezligi 0,5 m/sek.
Sentrifugalar. Cho‘kmalarni oqova suv tarkibidan ajratib olishda filtrlovchi va tiniqlashtiruvchi sentrifugalar ishlatiladi. Markazdan qochma kuch ta’sirida fıltrlash suspenziyani to‘r yoki filtrlovchi mato tortilgan teshikli barabanda aylantirish bilan amalga oshiriladi. Cho‘kmabaraban devorlarida qoladi. Uni qo‘1yoki pichoq bilan ajratib olinadi. Bunday filtrlash kam namlikka ega bo‘1gan cho‘kmani olish va cho‘kmani yuvish kerak bo‘lganda samarali hisoblanadi.
Markazdan qochma kuch ta’sirida fıltrlash tenglamasi quyidagicha yoziladi:
Sentrifugadagi bosimlar farqi quyidagicha aniqlanadi:
ÖP = o-2 p,(R' — r,2)/2;
bu yerda, P, — suyuqlik zichligi; m — rotor aylanishining burchak tezligi, fi — rotor radiusi; r, rch,„ — mos ravishda suyuqlik va cho‘kmaning ichki radiusi; Kg — qatlamning proporsionallik koeffitsiyenti, L — rotor uzunligi.
44
Filtrlovchi sentrifugalar yuqori darajada suvsizlantirilgan cho‘kma olish, uni samarali yuvish uchun ishlatiladi. Bunda toza fıltrat qo‘l1ani1adi. Sentrifügalar davriy yoki uzluksiz ishlaydi. Ular gorizontal, vertikal yoki qiya joylashadi. Ular yopiq va ochiq holda ishlashi mumkin.
Davriy ravishda ishlovchi sentrifugalar suspenziya sarfi 5 m'/soatdan kichik va suspenziyadagi zarrachalar diametri 10 mkm dan katta bo‘1ganda qo‘l1ani1adi. Sentrifugalar orasida eng ko‘p tarqalgani cho‘kmani mexanik tushiruvchi sentritügalar hisoblanadi. Ularning ish sikli quyidagi jarayonlardan iborat: to‘1dirish, sentrifugalash, cho‘kmani yuvish, cho‘kmani yuvish va tushirish- dan keyingi sentrifugalash. Uzluksiz ishlaydigan sentrifugalar orasidan cho‘kmani pulsirlashli va shnekli tushirish turi ko‘p tarqalgan. Zarrachalar o‘lchami 100 mkm dan katta bo‘lgan
konsentrlangan suspenziyalar ajratish uchun qabul qilinadi.
Oqova suvlarni tozalash tizimlarida uzluksiz ishlaydigan tindirgichli sentrifugalar orasida gorizontal shnekli OGSH turidagi sentrifugalar ko‘p tarqalgan. Ularda zarrachalar o‘lchami 0,2 mm/s (qarama-qarshi oqimda) va 0,05 mm/s (to‘g‘ri oqimda) ga teng bo‘1gan oqova suvlar tozalanadi. Sentrifugalarning quvvati quyidagiga teng:
Q=K ,/ı,;
bu yerda, A — vanna hajmidan foydalanish koeffitsiyenti (K=0,4-0,6); u, — rotor vannasining hisoblangan hajmi; ı — suspenziyaning rotorda bo‘1ish davomiyligi.
Oqova suvlarni sentrifugalarda tozalash sxemasi 2.8-rasmda keltirilgan. Oqova suvdan avval to‘r yordamida yirik cho‘kma, so‘ng gidrosiklonda qum ajratib olinadi. Cho‘kma zichlashgandan so‘ng uni sentrifugadan ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |