Filtrlash usuli oqova suv tarkibidagi mayda dispers qattiq yoki suytıq moddalarni ajratib olish uchun qo‘llani1adi. Chunki ularni tindirish usuli bilan ajratib olish qiyin.
Filtrlovchi to’siglar orqali fıltrlash. To‘siqni tanlash oqova suvning xossasi, harorati, filtrlash bosimi va filtr tuzilishiga bog‘liq. To‘siq sifatida teshikli metall listlar va zanglamaydigan po‘1at, aluminiy, nikel, mis panjaralar ishlatiladi. Shuningdek, turli matoli to‘siq1ar (asbest, shisha, paxtaqog‘oz, jun, tabiiy va sun’ıy tolali matolar) ham qo‘1laniladi. Yuqori harorat va kimyoviy agressiv oqova suvlar uchun teshikli listlar, to‘rlar hamda plasti- nalardan tayyorlangan metall to‘siq1ardan foydalaniladi.
Muallaq zarrachalarni tutib qoluvchi fıltrlovchi to‘siq1ar mini- mal gidravlik qarshilikka, yetarli darajada mexanik zichlik va egiluvchanlikka, kimyoviy barqarorlikka ega bo‘1ib, olib borilayot- gan filtrlash sharoitida bo‘kmas1igi va parchalanib ketmasligi kerak. Filtrlovchi to‘siq1ar tayyorlangan materialiga qarab organik, anorganik; ishlatilishiga ko‘ra — yuza va chuqur, strukturasiga ko‘ra egiluvchan va egilmaydigan bo‘1adi.
Chuqur fıltrlo chi to‘siq1ar odatda qattiq fazaning kichik konsentratsiyali suspenziyalarini tiniqlashtirishda qo‘1lani1adi. Bunda suspenziya tarkibidagi qattiq zarrachalar to‘siq ichkarisiga kirishda tutib qolinadi (cho‘kadi va adsorbsiyalanadi). Yuza fıltrlovchi to‘siq1arda zarrachalarning to‘siq kovaklariga kirishi kuzatilmaydi.
Filtrlash jarayoni fıltrlovchi to‘siq yuzasida cho‘kma hosil bo‘1ishi yoki filtrlovchi to‘siq kovaklarida tiqilishi bilan olib boriladi. Filtrlash jarayonida siqiladigan yoki siqilmaydigan cho‘kmalar hosil bo‘ladi. Siqiladigan cho‘kma1ar zichlashishi va bosimlar far- qining oshishi bilan qarshilik ortishi natijasida kovaklilik kamayadi. Siqilmaydigan cho‘kmalarda fıltrlash jarayonida suyuqlik oqimiga qarshilik va kovaklilik doirriiy saqlanib qoladi. Bunday cho‘kma- larga zarracha o‘1cham1ari +100 mkın bo‘lgan mineral moddalar (qum, bo‘r, soda) kiradi. Filtr quvvati filtrlash tezligi, ya’ni
32
yuza birligi orqali vaqt birligida o‘tadigan suvning hajmi bo‘yicha topiladi. Filtrlash tezligi quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:
Ch
de/Fdı = AP/J (R ,„ + R, ).
Filtrlash jarayoni doimiy bosimlar farqida va doimiy tezlikda o‘tkazi1ishi mumkin. Filtrlash tenglamasi doimiy bosim farqida quyidagi ko‘rinishda bo‘1adi:
du/Fd‹ = AP/pr, (x0u/F + Rf , ).
Filtrning berilgan rejimida cho‘kma tushishi uchun zaruriy vaqt quyidagiga teng:
Jarayonning doimiy tezligida filtrlash tenglamasi quyidagicha yoziladi:
AP = qr„u/ı F(x • /F +Rf ).
Filtrlash tezligi m= u/Fı ga tengligi uchun yuqoridagi tenglama quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |