Atrof muhit Individium yoki organizmni o'rab turgan hamda uning shakli va yashash tarzini belgilovchi fizikaviy, geografik, biologik, ijtimoiy, madaniy va siyosiy sharoitlar majmui. Axlat/Maishiy chiqindilar



Download 119,5 Kb.
bet1/3
Sana25.06.2017
Hajmi119,5 Kb.
#15501
  1   2   3




Atrof muhit
Individium yoki organizmni o'rab turgan hamda uning shakli va yashash tarzini belgilovchi fizikaviy, geografik, biologik, ijtimoiy, madaniy va siyosiy sharoitlar majmui.

Axlat/Maishiy chiqindilar


Odamlar e'tiborsizlik bilan tashlagan yoki axlatxonalardan shamol ta'sirida ko'chadigan chiqindilar. Axlatning ko'p qismi oziq-ovqatlar va boshqa iste'mol mollari o'ralgan idishlarning qoldiqlaridan iborat. Axlat atrof muhit ko'rinishini buzadi va sanitariya muammolarini paydo qiladi. Axlatning ba'zi komponentlari mikroorganizmlar ta'sirida parchalanmaydi yoki juda sekin parchalanadi, shu sababli ular atrof muhitda uzoq saqlanishi mumkin. Axlat hayvonlar uchun qopqon bo'lishi, ularni harakatiga xalal berishi yoki infeksiyalar va jismoniy zararlanishlar oqibatida o'limga olib kelishi mumkin. 

Axlatxona (axlattepa)
Maishiy chiqindilar, axlatlar va boshqa chiqindilarni to'plash va ko'mish uchun ajratilgan yer maydoni. 

Axloq kodeksi
Inson o'z hayotida, jumladan boshqa insonlar va jamiyat bilan o'zaro munosabatda amal qiladigan qoidalar va qadriyatlar to'plami. Axloq kodeksi inson muhitidan tashqaridagi munosabatlarni belgilovchi qoidalar hisobiga kengaytirilishi mumkin.

Aholi jon boshiga YMD
Mamlakat yillik tovarlar va xizmatlarining dollarda ifodalangan qiymati (YMD)ni mamlakat aholisi soniga bo'linganda olingan kattalik. U mamlakat fuqarolarining o'rtacha daromadini ko'rsatadi. Aholi jon boshiga YMDni bilish - mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi va ehtiyojlarini tushunishga birinchi qadamdir. 

Aholi jon boshiga YMDning o'sish tezligi
Aholi jon boshiga YMDning ma'lum vaqt oralig'ida o'zgarishini shu vaqt boshidagi miqdoriga nisbatan foizlarda ifodalanishi.

Aholi sonini oldindan aytish
Tug'ilish, o'lim yoki migratsiya tendensiyalari asosida aholishunoslar (demograflar) kelajakdagi aholi sonini oldindan aytishga harakat qiladilar.

Aholi sonini o'sishi
Mamlakat aholisi sonini o'sishi - tug'ilganlar va o'lganlar, mamlakatga kelganlar yoki ketganlar sonini ifodalaydi. Odatda yillik o'rtacha o'sish sifatida ifodalanadi.

 


Bakteriyalar Faecal coliforms (fekal koliformlar)
Odatda bu bakteriyalar sut emizuvchilar (odamning ham) va qushlar oshqozonida bo'ladi. Ularning suvda borligi - suvning kanalizatsiya oqavalari bilan ifloslanganligini ko'rsatadi. Bu ko'rsatkichdan suv sifati monitoringida foydalaniladi va u bakteriyalarning inson sog'lig'i uchun xavfliligini baholovchi ko'rsatkich sifatida tavsiya qilingan. Fekal koliform bakteriyalar patogen (kasallik chaqiruvchi) bo'lmasada, ularning borligi suvda patogen bakteriyalar va viruslar bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi.

Ballast suvlar
Suzish vaqtida dengiz kemalariga barqarorlik berish uchun qo'shimcha og'irlik sifatida tryumlarga suv olinadi. Bunday ballast odatda kema to'liq yuklanmaganda olinadi va u yana yuk olganda dengizga qaytarib tashlanadi. Agar tashlanayotgan ballast suvlarda dengiz florasi va faunasiga salbiy ta'sir etuvchi ifloslantiruvchi moddalar yoki tirik mikroorganizmlar bo'lsa, ko'pgina muammolar kelib chiqishi mumkin. 

Barqaror rivojlanish
Kelajak avlodlar o'z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini xavf ostiga qo'ymasdan hozirgi avlod ehtiyojlari qondiriladigan rivojlanish. Barqaror rivojlanish resurslardan har qanday foydalanish usulida resurslar zahiralarini va ulardan foydalanishning hozirdagi va kelajakdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy ta'sirini hisobga olishni talab etadi.

Barqaror qishloq xo'jaligi
Organik o'g'itlardan foydalanish, tuproq unumdor qatlamini saqlash, zararkunandalarga qarshi biologik usullarda kurashishga hamda energiyaning qayta tiklanmaydigan manbalaridan (qazib olinadigan yoqilg'idan) minimal miqdorda foydalanishga asoslangan dehqonchilik va chorvachilikni yuritish usuli. Qishloq xo'jaligining bu usuli tuproqlar sifatini pasaytirmaydi, demak tuproq unumdor va haydaladigan holda saqlanadi. 

Barqaror qishloq xo'jalik yuritish amaliyoti
Barqaror qishloq xo'jaligida qo'llaniladigan dehqonchilik, chorvachilik va bog'dorchilik yuritish usullari.

Benzol
Eng oddiy aromatik uglevodorod, toshko'mir smolasi (qatroni)da topilgan, sanoatda va laboratoriyada erituvchi sifatida keng qo'llaniladi. Stirol polimerlar va lak-bo'yoq mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Oson alangalanuvchi suyuqlik, narkotik va kanserogen xususiyatga ega.

Bilgarsiya
Chig'anoqlarda yashaydigan qurt (gelmint) keltirib chiqaradigan hayot uchun xavfli parazitar kasallik. Odamlar shunday chig'anoq yashaydigan ko'llar va daryolar suvi orqali kasallikni yuqtirishlari mumkin. Ko'proq tropik mintaqalarda uchraydi.

Biom
Yirik ekologik bo'lim, xususan, hayotning muayyan shakllari, ayniqsa o'simliklar bilan tasvirlangan hudud (mintaqa). Misollar - cho'llar, o'tloqlar va o'rmonlarning xilma-xil turlari.

Bioxilma-xillik; Biologik xilma-xillik
Tabiatni Saqlash Xalqaro Ittifoqi ta'rifiga ko'ra bioxilma-xillik - «hayotning barcha shakllari ko'rinishlari va uyushmalarining xilma-xilligidir». «Bioxilma-xillik» yoki «biologik xilma-xillik» termini Yerdagi barcha jonli narsalar - hayvonlar, o'simliklar, mikroorganizmlar, barcha genotiplar va ekosistemalarning xilma-xilligini anglatadi. Bu termin muayyan organizm haqidagi statistik tushuncha emas, balki u biologik dunyoning barcha qismlarining o'zaro bog'liqligini anglatadi. Odatda bioxilma-xillikni uch bosqichda ko'rib chiqiladi: turlar xilma-xilligi - ya'ni barcha o'simliklar va hayvonlarni, shuningdek qo'ziqorinlar va mikroorganizmlarni xilma-xilligi; genetik xilma-xillik - tur chegarasidagi genetik materialning xilma-xilligi; ekosistemalar xilma-xilligi - ekosistemalarning turli-tumanligi (masalan, o'rmon, tog', dasht yoki savanna, cho'l va h.k.). Bu barcha bosqichlar birgalikda bioxilma-xillik komponentlarini shakllantiradi. Bu xilma-xillik ekosistemalarni ishonchli faoliyat ko'rsatishiga ko'maklashadi hamda biologik boylik va moslashishning asosi hisoblanadi.

Birlamchi sog'liqni saqlash
Quyidagilarni qamrab olgan tibbiy xizmat: oilani rejalashtirish, toza suv bilan ta'minlash, sanitariya, immunizatsiya (emlashlar), davlatdan yordam oluvchi jamiyat qatlamlari uchun to'laqonli ovqatlantirish, kasalliklarni oldini olish va davolash.

Bolalar soni koeffitsienti
Ayollar o'z hayotlari davomida ko'rgan farzandlarning o'rtacha soni. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi oilalarda bolalar koeffitsienti uch bilan to'rt o'rtasida; sanoati rivojlangan mamlakatlarda esa u ikkidan kichikdir.

 


Dala mashg'ulotlari
Talabalarning qisqa ma'ruzalar va amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladigan dala amaliyotida qatnashishi. Ba'zan talabalar puxta kuzatishlar olib borishga va muhitni tavsiflashga jalb etiladilar hamda olingan ma'lumotlar asosida kuzatilgan hodisalarni tushuntirishda qatnashadilar. 

Dala tadqiqotlari


Dala tadqiqotlari kuzatish, tavsiflash va tushuntirishni o'z ichiga oladi, ammo bunda qo'yilgan muammoni hal qilish yo'llarini topishga e'tibor qaratiladi va ilmiy tatqiqotlar uchun qo'llaniladigan usullardan foydalaniladi. Dala ishlarini o'tkazishga bunday yondashish to'plangan ma'lumotlar asosida xulosalar chiqarishni ham o'z ichiga oladi.

Daryo deltasi (daryoning quyilish joyi)


Daryo deltasi daryoning dengiz yoki okeanga quyilish joyining qirg'og'ini ham qisman qamrab oladi; bu yerda quruqlikdan unumdor loyqa qatlamni va suv oqimini olib kelayotgan daryoning chuchuk suvlari dengizning sho'r suvi bilan aralashadi.

Daromad darajasi yuqori mamlakat (rivojlangan mamlakat)
1995 yilda aholi jon boshiga yillik yalpi milliy mahsulot (YMM) miqdori 9386 dollarga teng yoki undan ko'p bo'lgan mamlakat. Daromad darajasi yuqori mamlakatlarning ko'pchiligi rivojlangan sanoat tarmog'iga ega. Hozirgi vaqtda aholisi 1 milliondan ortiq bo'lgan davlatlarning 26 tasi daromad darajasi yuqori mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu davlatlardagi aholining umumiy soni 0,9 milliard yoki Yer shari aholisining 1/6 qismidan kamroq. Bu davlatlar Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti a'zolari hisoblanadi va odatda «Shimol» deb ataladi.

Daromad darajasi o'rtacha mamlakat
1995 yilda aholi jon boshiga yillik yalpi milliy mahsulot (YMM) miqdori 765 dollardan 9386 dollargacha bo'lgan mamlakat. Bu mamlakatlarda yashash darajasi daromad darajasi past mamlakatlardagiga nibatan yuqori va odamlar aksariyat tovarlar va xizmatlardan foydalanishlari mumkin, ammo bir vaqtning o'zida ko'pgina odamlar o'zlarining asosiy ehtiyojlarini qondira olmaydilar. Hozirgi vaqtda aholisi 1 milliondan ortiq bo'lgan davlatlarning 67 tasi daromad darajasi o'rtacha mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu davlatlardagi umumiy aholi 1,5 milliarddan ortiqdir. 

Demografiya
Mamlakat, qit'a, Yer aholisi sonini statistik tadqiqoti; aholi soni, zichligi, tarqalishi va o'sish dinamikasi.

Diareya


Oshqozon-ichak yo'lini zararlovchi kasallik. Bu kasallikka yo'liqqanlar - odatda past va o'rtacha daromadli mamlakatlardagi bolalar, organizmning suvsizlanishi natijasida vafot etishi mumkin. Ko'pincha kasallik ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlari va faecal coliforms bakteriyalari bilan ifloslangan suvni iste'mol qilish natijasida paydo bo'ladi. 

Din
Shaxsiy va ijtimoiy e'tiqod; ikkita asosiy xususiyatga ega: insoniyatning oxirati to'g'risida xavotirlanish hamda inson imkoniyatlari va Yerdagi kuchlardan tashqari notabiiy juda qudratli kuchlar mavjudligiga ishonish. Hozirgi vaqtda turli murakkab ijtimoiy tuzilmalar, jumladan, diniy tashkilotlar mavjud. Sayyoramizda bir nechta dunyoviy dinlar bor: buddizm, yahudiylik, xristianlik, islom.

 


Ekologik zarar
Tabiiy ekosistemaning o'zgarish jarayoni bo'lib, u sistemaning yomonlashuviga va o'zining dastlabki holatini saqlay olmasligiga olib keladi. Ekologik zarar ko'pincha inson faoliyati natijasida ro'y beradi.

Ekologik iz
Aholini, xususan, shaharlar, viloyatlar va mamlakatlarni hayotini ta'minlash uchun zarur yer maydoni yoki suv yuzasi.

Ekosistema (ekotizim)


Bir-birlari bilan hamda jonsiz muhitni tashkil qiluvchi kimyoviy va fizikaviy omillar (masalan, suv, havo va boshqa elementlar) bilan o'zaro ta'sirlashuvchi o'simliklar va hayvonlar turkumi.

Ekosistemaning sig'imi
Shartli ravishda, muayyan hududda alohida turning kelajakda ular miqdorini kamaymasdan yashay oladigan eng ko'p miqdori sifatida aniqlanadi. U ba'zan insonning doimiy ta'siri ostida bo'lgan atrof muhit uchun xavfsiz maksimal «ta'sir» (aholi + tabiiy resurslardan foydalanish) sifatida belgilanadi. 

Energiyani tejash (Energiya tejamkorligi)


Bekorga sarflanishini oldini olgan holda energiyadan samarali foydalanish. Energiya ishlab chiqarishning ba'zi turlari atrof muhitga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Elektr energiyasidan samarali foydalanilganda uning sarfi kamayishi mumkin, demak, uni energetika korxonalari tomonidan ishlab chiqarishni ko'paytirishga hojat qolmaydi.

Eroziya
Tuproq va uning unumdorligini yo'qotish jarayoni, u biologik mahsuldorlikni kamayishiga olib keladi. Ko'chkilar ga qarang. 

Eskimoslar (Inut xalqi)
Kanada, Alyaska va Grenlyandiyaning chekka shimolida yashovchi tubjoy xalqlar. Eskimoslar asosan baliq va dengiz hayvonlarini ovlash hamda bug'u - karibuni yetishtirish bilan shug'ullanganlar; kiyim-kechakni hayvonlar terisidan tikkanlar. «Eskimos» so'zi «xom go'shtni iste'mol qiluvchilar» ma'nosini anglatadi. 1975 yilda Kanadadagi Inut xalqi avtonom shtat tuzish talabi bilan chiqdilar va bu shtat 1992 yilda tashkil etildi. Bunda hukumat «Nunavut» hududi tuzilganini e'lon qildi, bu so'z inutlar tilida «Bizning yer» ma'nosini anglatadi.

Etika (odob-axloq)
Nima to'g'ri va noto'g'ri o'zini tutish ekanligi haqidagi bizning fikrimiz; axloq haqidagi falsafiy ta'limot.

 


Fuqarolar urushi
Bitta davlat hududida turli siyosiy kuchlar orasidagi ichki to'qnashuv sifatidagi urush. Fuqarolar urushlari ko'p sabablarga ko'ra, xususan, milliy nizolar, resurslar masalasidagi nizolar, mavjud tuzum yoki boshqaruv shaklidan norozilik natijasida paydo bo'lishi mumkin. Har qanday urushga o'xshab, ular xalqqa ulkan yo'qotishlar va kulfatlar olib keladi hamda atrof muhitga zarar yetkazadi.

 


Gigiyena
Tozalik va sog'liqni ta'minlovchi kundalik yumushlar (qo'lni doimo yuvishga o'xshash).

Gipertoniya
Yurakning zo'riqib ishlashi sababli qon bosimining baland bo'lishi. Yurak xurujiga yoki boshqa oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Global isish
Global isish atmosferada uglerod dioksid (CO2) va boshqa issiqxona gazlari miqdorining ortishi natijasida paydo bo'ldi; olimlar aniqlashicha, global isish sayyoramiz uchun yaqin kelajakdagi eng katta xavf bo'lib qolmoqda.

Global iqtisodiyot


Endi shakllanayotgan xalqaro iqtisodiyot; tovarlar va xizmatlarning erkin tashqi savdosi, kapitalning erkin harakati va ichki iqtisodiyotni boshqarishning kuchsizlanishi bilan xarakterlanadi. 

Globallashuv (globalizatsiya)
Nisbatan yangi so'z bo'lib, dunyo miqyosida ro'y berayotgan turli-tuman jarayonlarni tavsiflash uchun qo'llaniladi. U jahon yaxlit bozor bo'lib borayotganini tavsiflaydi. Bu g'oyaga ko'ra, insonlar orasida bir lahzada aloqa o'rnatish imkonini beradigan zamonaviy axborot uzatish texnologiyalarini qo'llanilishi natijasida vaqt va masofa qisqarmoqda; turli madaniyatlar bir-biri bilan aralashib ketmoqda va Shimol madaniyatlari va qadriyatlari Janubliklar tomonidan o'zlashtirib olinmoqda, biroq bir vaqtning o'zida etnik farqlar va tengsizliklar kuchaymoqda. Globallashuv g'oyasiga ko'ra Yer sayyorasi alohida qit'alar yoki materiklar emas, balki yaxlit hisoblanadi va u «umumiy uyimiz» deb qaraladi, shunga ko'ra insoniyat ta'sirining ba'zi turlari manbadan uzoqdagi odamlar va muhitga salbiy ta'sir etishi yoki butun sayyora uchun salbiy ta'sirga ega bo'lishi mumkin. Iqtisodiy globallashuv va global iqtisodiyotga qarang.

 


Haydaladigan yerlar
Qishloq xo'jalik ekinlari ekish uchun ishlov beriladigan (haydaladigan) yerlar. 

Havoni ifloslanishi


Inson, hayvonlar, o'simliklar yoki materiallarga zararli ta'sir ko'rsatadigan bir yoki bir necha kimyoviy birikmalarning atmosferadagi miqdorini ancha yuqori bo'lishi. Tabiiy hamda insonning xo'jalik faoliyati natijasida hosil bo'ladigan ko'plab ifloslantiruvchi moddalar mavjud. Tabiiy manbalar o'rmon yong'inlarining tutuni, shamol bilan ko'chuvchi chang, vulqonlar faoliyati natijasida ajralgan zararli moddalar bo'lishi mumkin. Biroq, atmosfera ifloslanishining asosiy manbasi - inson xo'jalik faoliyati vaqtida sanoat korxonalari va transport vositalari atmosferaga chiqaradigan zararli moddalardir. Ko'pgina antropogen ifloslantiruvchi moddalar zaharli bo'lib, tabiiy muhit ifloslanishining global muammolarini sababchisi, shuningdek, aholi sog'lig'i bilan bog'liq mahalliy miqyosdagi muammolarni paydo qiladi. Issiq gazlarni ko'p miqdorda ajratish va shovqin ham havo ifloslanishining shakllari bo'lishi mumkin (issiqlik va shovqindan ifloslanish). Issiqxona gazlari, uglerod dioksid, xlorftoruglevodorodlar ga ham qarang.

 


Ijtimoiy adolat
Jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarga barcha insonlar bir xilda ega bo'lishi haqidagi fikr (da'vo). U jinslar, dinlar, irqlar, millatlar, elatlar tengligi haqidagi g'oyalarni, atrof muhit resurslariga bir xilda ega bo'lishni o'z ichiga oladi.

Ijtimoiy xizmatlar


Mahalliy aholi turmush darajasini yaxshilash va ta'minlash uchun tuzilgan va odatda hukumat (mahalliy byudjet) tomonidan mablag' bilan ta'minlanadigan xizmatlar; masalan, tuman kasalxonalari va poliklinikalari, yo'l xizmatlari, markazlashtirilgan isitish tizimlari, sanitariya xizmati, elektr ta'minoti xizmati, telekommunikatsion tizim.

Insoniy kapital (inson resurslari)


Odamlar va ularning iqtisodiy ishlab chiqarish qobiliyati. Ma'lumotlilik, jismoniy tayyorgarlik va sog'liqni saqlash inson resurslarini ortishiga ko'maklashishi mumkin. Kapital va moddiy kapitalga qarang.

Inson huquqlari


Har bir insonning huquqlari va imtiyozlarini ta'minlash. BMT Inson huquqlari Deklaratsiyasi 1948 yilda qabul qilingan. U insonlar yashash, erkinlik va o'qish huquqiga ega ekanligini; bir joydan ikkinchi joyga borish, din, axborot olish erkinliklariga ega ekanligini; barcha millatlar teng ekanligi va qonun oldida barcha barobar ekanligini e'lon qildi.

Inflyatsiya (pulni qadrsizlanishi)
Narxlarning pul qiymatini pasayishiga olib keluvchi o'sishi. Inflyatsiya quyidagi hollarda yuz berishi mumkin: tovarlarga talab ta'minotdan yuqori bo'lganda (talabning taklifga nisbatan yuqoriligi sababli inflyatsiya), yoki hukumat hech narsa bilan ta'minlanmagan pullarni ko'p miqdorda chiqarganda (pul-kredit inflyatsiyasi). Nazoratsiz inflyatsiya butun pul-kredit tizimiga xavf soladi. Inflyatsiyaga qarshi kurash tadbirlari - narxlarni va maoshlarni boshqarish, hukumat (byudjet) xarajatlarini kamaytirish va mablag'larni qattiq nazorat qilishdan iborat bo'lishi mumkin. Deflyatsiya - inflyatsiyaga qarama-qarshi jarayondir.

Issiqxona effekti
Issiqlik nurlanishi Yer yuzasi yaqinidagi atmosfera(troposfera)da tutib qolinadigan tabiiy jarayon. Yer yuzasidan qaytgan issiqlik nurlanishi suv bug'i, uglerod dioksid, ozon va boshqa gazlar tomonidan atmosferaning pastki qatlamlarida yutiladi va qaytadan Yer yuzasiga qaytadi. Agar bu gazlarning atmosferadagi miqdori ko'paysa va ular boshqa tabiiy jarayonlar tomonidan yutilmasa, atmosfera pastki qatlamlarining harorati sekin-asta ko'tariladi. Bu tabiiy jarayon ta'siri inson faoliyati natijasida kuchaydi va atrof muhitning eng jiddiy muammosiga aylandi. Issiqxona gazlari, global isish, xlorftoruglevodorodlar ga qarang. ***Yer yuzasidan uzun to'lqinli issiqlik nurlanishini qaytishiga qarshilik qiluvchi uglerod dioksid, yengil uglevodorodlar va sun'iy usulda olingan ftorxloruglevodorodlarning atmosferadagi miqdorini sekin-asta ortishi va yig'ilishi natijasida sayyoradagi haroratni ko'tarilishi va iqlimni isishi.

Issiqxona gazlari
Issiqxona effektiga sabab bo'luvchi, atmosferaning quyi qatlami(troposfera)dagi gazlar. Masalan, uglerod dioksid, xlorftoruglevodorodlar, ozon, metan, suv bug'i, azot oksidlari. 

Ichimlik suv


Ichish uchun yaroqli (xavfsiz) suv. Suv sifatiga qarang.

Ish haqining adolatli to'lovi
Bajarilgan ishning haqiqiy qiymatiga to'g'ri keluvchi va tayyor mahsulotning sotuv narxiga proporsional haq to'lash darajasi.

Iqtisodiy globallashuv (iqtisodiyotni globallashuvi)
Mamlakatlar iqtisodiyotini global iqtisodiyot bilan chambarchas bog'lanishi (bir-biriga bog'liqligi) jarayoni.

Iqtisodiy rivojlanish
Resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish yoki tabiiy, ishlab chiqarish va inson kapitalini kamroq sarflab, ko'proq miqdor tovarlar yaratish va xizmatlar ko'rsatish.

 


Jamoat transporti
Ko'pchilik (jamoat) foydalanadigan transport. Masalan, avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metro va poyezdlar.

Jismoniy tarbiya
Rasmiy o'quv dasturining qismi bo'lib, komanda yoki yakka tartibdagi sport mashg'ulotlari, jismoniy tayyorgarlik va jismoniy mashqlarning boshqa turlari orqali o'quvchilar sog'lig'ini mustahkamlash va koordinatsiyani rivojlantirishga yo'naltirilgan.

Joriy baho
Joriy baho o'quv jarayoni bilan bog'liq baholashning uzluksiz shakllariga kiradi. U rasmiy xususiyatga ega emas va talabalar o'z tajribalarining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashida yordam berishga mo'ljallangan. Yakuniy bahoga qarang.

 


Kanserogenlar
Yomon sifatli shish(rak)ni paydo bo'lishiga yoki rivojlanishiga sabab bo'luvchi kimyoviy moddalar, ionlantiruvchi radiatsiya yoki viruslar. 

Kapital


Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar uchun zarur mablag' yoki vositalar, insoniy kapital va moddiy kapital ga qarang. 

Katalitik konverter


Avtomashina dvigatelining tutun chiqarish tizimiga o'rnatiluvchi qurilma (yoki ba'zi turlari sanoat korxonalarining tutun chiqarish trubalariga o'rnatiladigan qurilmalar), transport vositalarini yoki sanoat korxonalarini ekspluatatsiya qilish vaqtida atmosferaga chiqariladigan zararli ajratmalar miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega.

Kontratsepsiya
Xohlanmagan homiladorlikni oldini olish; kontratsepsiya tug'ilishni kamaytirish yoki oilani rejalashtirish bilan ham bog'liq. Hozirgi vaqtda kontratsepsiya vositalari ko'plab rivojlangan mamlakatlarda va yanada ko'proq rivojlanayotgan mamlakatlarda qo'llanilmoqda.

Ko'rsatkich (indikator)
Mamlakat rivojlanishining iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlarini ko'rsatish uchun qo'llaniladigan statistik o'lchov. Ko'rsatkichlar ma'lumotlar yig'ish va baholashning turli usullaridan foydalanuvchi turli tashkilotlar tomonidan yig'ilganligi sababli ular orasida farqlar bo'lishi mumkin.

Ko'chki (o'pirilish)


Tog' yonbag'irliklari yoki daryolar qirg'oqlarini shakllantiruvchi tuproqning katta massalarini siljib ko'chishi tarzidagi eroziyaning keskin shakli. O'pirilishlar odatda daraxtlar kesib tashlangan va shu sababli yomg'irlar kuchli ta'sir qiladigan maydonlarda sodir bo'ladi. Yonbag'irliklarni qoplovchi o'simliklar kam bo'lganda ularning ildizlari tuproqni yetarli mustahkamlamaydi. O'rmonsizlanishga qarang.

 


Madaniyat
Insoniyat jamiyatining nobiologik jihatlarini, jumladan, til, san'at, udumlar va hayot tarzini qamrab oluvchi yig'ma termin. «Madaniyat» tushunchasi ko'pincha «sivilizatsiya»ning sinonimi sifatida ishlatiladi. Biroq, u keng ko'lamdagi ma'nolarga ega, shu jumladan, madaniyatni meyorlar va qadriyatlar sifatida tushunish, ko'rsatkich sifatidagi madaniyat, inson faoliyati sifatidagi madaniyat.Madaniyat - voqelikni o'zgartirish, insoniyat tarixi boyliklarini shaxsning ichki boyliklariga aylantirish, insonning ma'naviy kuchlarini aniqlash va rivojlantirishga yo'naltirilgan insoniyatning ijtimoiy-yuksaluvchi ijodiy faoliyatidir. Moddiy (texnika, ishlab chiqarish tajribasi, moddiy boyliklar) va ma'naviy (fan, san'at va adabiyot, falsafa, axloq, ma'rifat va boshqa) madaniyatga ajratiladi.  

Mangra o'rmonlari
Tropiklardagi dengiz sohillari, sho'r suvli botqoqliklar va daryolarni quyilish joylarida qalin va siyrak o'rmonlar hosil qiluvchi sho'rlikka chidamli daraxtlar va butalar. Mangra o'rmonlari barcha tropik qirg'oqlarning yarmidan ko'pini qoplagan va odatda daryolarni quyilish joylaridagi sayozliklarda va daryo cho'kindilari to'plangan yerlarda joylashgan. Ular mavjud ekosistemalardan eng xilma-xilini shakllantiradi hamda baliqlar, umurtqasiz jonzotlar va o'simliklar ko'payishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratadi. Mangra o'rmonlari dengiz suvini chuchuklashtirishda ham muhim rol o'ynaydi va qirg'oqlarni barqarorlashtiruvchi asosiy omillardan biridir. Mangra o'rmonlari tropiklarning barcha hududlarida daraxtlarni kesish, yog'och ko'miri olish, qum va slanetslar qazib olish, yerlarni qishloq xo'jaligi uchun melioratsiyalash va qirg'oqbo'yi hududlarni ifloslanishi natijasida butunlay yo'qolish xavfi ostida turibdi. 

Mahalliy xalq bilimlari
Mahalliy xalq bilimlari va tajribasi - jamiyat hayoti yoki madaniyat sohasida yig'ilgan noyob bilimlar to'plamidir. Bu tushunchani ifodalash uchun «mahalliy tajriba», «tarixiy tajriba», «xalq tajribasi», «an'anaviy donolik» yoki «an'anaviy bilim» kabi terminlar ham qo'llaniladi. Bu tajriba odatda og'zaki adabiyot va madaniy marosimlar orqali avloddan avlodga o'tgan va qishloq xo'jaligini yuritish, ovqat tayyorlash, davolash, ta'lim, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish va boshqa ko'plab sohalarda ishlatilgan hamda dunyoning turli burchaklaridagi jamoalarning barqarorligini saqlashga ko'maklashgan.

Mahalliy xalqlar (tubjoy elatlar)
Mahalliy xalqlar (shuningdek, «tubjoy xalqlar», «tubjoy aholi», «avvaldan yashaydigan aholi») har bir qit'ada va deyarli barcha mamlakatlarda bor. Barcha tubjoy xalqlar yer, suv va yovvoyi tabiat bilan chambarchas bog'liqlikda yashaydi. Ular barqaror hayot tarziga ega, atrofdagi tabiatni asrab, unga ehtiyotkor munosabatda bo'ladilar. Aksariyat tubjoy aholi hozirgi kunda ular huquqlarini tan olmaslik sharoitida, butunlay qirilib ketish xavfi ostida yashamoqda. Tubjoy aholi g'oyaviy tadbirlar bilan ustun madaniyat tarziga jalb etilmoqda.

Mahalliy o'simliklar
Muayyan hududda yoki biomda qadimdan o'sib kelayotgan o'simliklar, lekin ekzotik (masalan, inson tomonidan ko'paytirilgan yoki olib kelingan) o'simliklar emas.

Mahalliy hokimiyat organlari
Tuman, okrug, viloyat yoki shahar hududini kundalik faoliyati uchun mas'ul hukumat organlari. Mahalliy hokimiyat organlari vazifasiga ko'pincha jamoat transporti va jamoat dam olish joylari (bog'lar, parklar, fontanlar, attarktsionlar va h.k.)ni ishlashini ta'minlash hamda tabiatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilishni nazorati kiradi.

Militarizatsiya (qurollanish)


Ko'plab harbiy tuzilmalar(qismlar)ni tashkillashtirish hamda qurollarni takomillashtirish va qo'llash jarayoni. 

Moddiy kapital
Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish uchun zarur narsalar, ya'ni jihozlar, asboblar, binolar, inshootlar va h.k. Kapital va insoniy kapitalga ham qarang.

Monreal Protokoli
Xlorftoruglevodorod(XFU)larning (freonlarning) ozon qatlamini buzishdagi rolini ko'rib chiquvchi shartnoma; 1987 yilda Kanadada tuzilgan. Protokol dunyoning 30 davlati va Yevropa Kengashi tomonidan imzolangan, biroq xlorftoruglevodorodlar ishlab chiqaradigan ba'zi mamlakatlar, jumladan, Xitoy va Hindiston, to yetarli miqdor kompensatsiya berilmaguncha yoki mavjud korxonalardagi ishlab chiqarishlarni almashtirish uchun yangi texnologiyalar berilmaguncha, bu bitimni imzolashdan bosh tortmoqdalar. Bitim XFU ishlab chiqarishni 1986 yil darajasida saqlab turishga harakat qilgan. Shuningdek, u XFUdan foydalanishni 1999 yilga kelib 1986 yildagiga nisbatan ikki baravar qisqartirishni ko'zda tutgan. Ozon qatlamini yemiruvchi muhim yana ikkita moddalar - uglerod(IV)-xlorid va metilxloroform keyingi yig'ilishlarda Protokolga kiritilgan. Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar, issiqxona gazlari, ozon qatlami, global isishga qarang.

Musson
Okeanlarda suvni isishi sababli haroratlar farqi natijasida tropiklarda paydo bo'ladigan mavsumiy kuchli shamollar; ular Hindiston, Xitoy va Janubiy-Sharqiy Osiyoda eng kuchli bo'ladi. Bu termin arabcha «mavsim» so'zidan paydo bo'lgan va odatda shu shamollar bilan birga yuz beradigan kuchli yomg'irlarni ifodalash uchun qo'llaniladi. Mussonlar yozda quruqlik tomonga esgani sababli yomg'ir olib keladi. Yilning boshqa vaqtida qarama-qarshi yo'nalishda quruq shamollar esadi (cho'llar, dashtlarning qurg'oqchil hududlaridan esadigan shamollar).

 


Download 119,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish