Atrof muhit Individium yoki organizmni o'rab turgan hamda uning shakli va yashash tarzini belgilovchi fizikaviy, geografik, biologik, ijtimoiy, madaniy va siyosiy sharoitlar majmui. Axlat/Maishiy chiqindilar



Download 119,5 Kb.
bet2/3
Sana25.06.2017
Hajmi119,5 Kb.
#15501
1   2   3

Natural xo'jalik
Natural xo'jalik - o'z a'zolarining ehtiyoji uchungina mahsulot ishlab chiqaradigan xo'jalikdir. Bir nechta oila (jamoa), qabila yoki qishloqni zarur miqdor oziq-ovqat bilan ta'minlovchi qishloq xo'jalikni yuritish usuli. Mahsulotlarning ozroq ortiqchasi bo'lishi mumkin, u keyingi yil uchun saqlanadi yoki bu odamlar o'zlari ishlab chiqarmaydigan narsalarni olishi uchun sotiladi. Biroq, odatda sotish yoki almashtirish uchun ortiqcha mahsulot deyarli bo'lmaydi. Natural xo'jalik dehqonlar, ko'chmanchilar, zohidlar va boshqa guruh odamlarning yashashi asosini tashkil qiladi. 

Neft dog'i
Yer yoki dengiz sathiga tasodifan yoki ataylab neftni (ko'pincha qayta ishlanmagan neftni) yoyilishi. Neft dog'lari atrof muhitga sezilarli zarar keltiradi, ko'p miqdordagi qushlar, baliqlar, dengiz sut emizuvchilari va boshqa jonzotlarga qiron keltiradi va tabiiy muhitda uzoq vaqt saqlanishi mumkin.

Norasmiy iqtisodiyot («qora bozor»)
Milliy iqtisodiyotning rasmiy sektoridan tashqari amalga oshiriladigan mahsulotlar va xizmatlar almashinuvi; u haqda aniq ma'lumotlar va hisoblar mavjud emas. Norasmiy iqtisodiyot «qora bozor»dagi tovarlar va xizmatlarni qamrab oladi. 

Notabiiy qudratli kuchlar


Yerdagi kuchlar ta'siridan kuchli hodisalar yoki holatlar; ko'pincha ilohiylashtirilgan tabiatga ega.

 


Ovqatlanish
Oziq-ovqat. Hayotiy faollikni ta'minlash uchun zarur vitaminlar, mineral moddalar, oqsillar, yog'lar va uglevodlarni olish jarayoni. 

Oziq-ovqat qo'shimchalari


Oziq-ovqat mahsulotlariga qo'shiladigan tabiiy va sintetik kimyoviy moddalar. Oziq-ovqat qo'shimchalari mahsulot to'yimliligini oshirish yoki uning mazasini yaxshilash uchun qo'shilishi mumkin. Ular, shuningdek, mahsulotga rang berish, saqlanish muddatini uzaytirish hamda pishirayotgan vaqtda mahsulot barqarorligini oshirish, masalan, moy boshqa qo'shimchalardan ajralmasligi uchun, ishlatilishi mumkin. 

Oziq-ovqat xavfsizligi


Davlatning o'z fuqarolarining normal jismoniy faolligini ta'minlash uchun yetarli miqdorda sifatli oziq-ovqat yetishtirish yoki import qilish qobiliyati.

Ozon qatlami
Stratosferadagi ozon (O3) qatlami Quyoshdan kelayotgan, inson uchun zararli ultrabinafsha nurlanishni yutib, Yerdagi hayotni himoya qiladi. So'nggi uch o'nyillik mobaynida bu qatlamning, ayniqsa Shimoliy va Janubiy qutblar ustida kamayishi kuzatilmoqda. Bu kamayish havoni ifloslanishi, jumladan, inson xo'jalik faoliyati natijasida hosil bo'ladigan issiqxona gazlarining atmosferaga chiqarilishi bilan bog'liq. Atmosferadagi ozon miqdorini kamayishi natijasida sayyora yuzasiga yetib keladigan ko'p miqdordagi ultrabinafsha nurlar teri raki bilan kasallanishni ko'payishiga, dengizda ba'zi mikroorganizmlar sonini kamayishiga sabab bo'ladi, shuningdek u atrof muhit va qishloq xo'jaligining boshqa muammolari bilan bog'liq. 

Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar
Issiqxona gazlari, uglerod dioksid, xlorftoruglevodorodlar, ozon qatlami, global isish, Monreal Protokoliga qarang. 

OIV/OITS
Odam immunotanqislik virusi (OIV) - asosan tasodifiy jinsiy aloqalar, shuningdek zaharlangan qon yoki qon preparatlari, sterillanmagan shpris orqali va homiladorlik vaqtida onadan bolaga yuqishi mumkin. OIV infeksiyasi natijasi - orttirilgan immunotanqislik sindromi (OITS)dir. Bu kasallikning davosi yo'q. 

Oilani rejalashtirish
Sog'liqni saqlash tizimidagi xizmat turi bo'lib, u oilalarga qachon va nechta farzandli bo'lishni rejalashtirishda yordam beradi. 

Ocharchilik
Yer sharining ba'zi hududlarida keng tarqalgan to'yib ovqat yemaslik; ozuqa mahsulotlari yetishtirish va yetkazishga xalal beruvchi qurg'oqchilik, urushlar, suv toshqini, zilzila yoki boshqa halokatlar tufayli oziq-ovqat mahsulotlarining taqchilligi natijasida paydo bo'ladi. Ocharchilik tabiiy sabablar tufayli ham paydo bo'lsada, biroq u ko'proq tabiatdan ko'ra inson ta'sirida yuzaga keladi. O'tgan yuz yil davomida uni paydo bo'lishiga urushlar ko'proq sababchi bo'ldi. 

Oqava suvlar
Ishlatilgan va kanalizatsiya tarmoqlariga, tozalash inshoatlariga tashlanayotgan va sanoat korxonalaridan chiqayotgan toza bo'lmagan suv. Oqava suvlarni tozalashga qarang. 

Oqava suvlarni tozalash
Ishlatilgan suv tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarni yo'qotish jarayoni. Oqava suvlarni tozalashning bir necha bosqichi bor. Birlamchi tozalashda oqava suvlardagi yirik qattiq zarrachalar ajratiladi, so'ngra suv tindirgich-rezervuarlarga tushadi, unda mayda zarrachalar idish tubiga cho'kadi. Ikkilamchi tozalashda (keyingi bosqich) suvga biologik aktiv ifloslantiruvchi moddalarni yutuvchi maxsus mikroorganizmlar qo'shiladi yoki oqava suvlar boshqa filtr orqali o'tkaziladi. So'ngra tozalangan suv dezinfeksiyalanadi (zararsizlantiriladi) va tabiatga qaytariladi. Oqava suvlarni tozalashning bosqichlari qanchalik ko'p bo'lsa, bu jarayon shunchalik qimmat bo'ladi.

 


Pedagogika
Uzoq muddatli ta'lim maqsadlarining muayyan to'plamini kafolatlash uchun o'qitish strategiyalarini tanlash va o'quv dasturini tashkillashtirish yo'li.

Pestitsidlar
O'simliklarni yetishtirish uchun zararli hasharotlar yoki boshqa organizmlarni yo'qotish uchun qo'llaniladigan va inson sog'lig'i uchun xavfli kimyoviy moddalar. Ko'pgina pestitsidlar zarurkunandalar bilan bir qatorda insonlar, uy hayvonlari va yovvoyi tabiat uchun ham zaharlidir. Insonlar yaratgan ko'plab kimyoviy moddalarni parchalash uchun ekosistemalar hech qanday tabiiy mexanizmlarga ega emas va shu sababli ular odatda atrof muhitda uzoq vaqt saqlanadi. Butun dunyoda so'nggi 40 yil davomida pestitsidlardan keng foydalanilganligiga qaramasdan qishloq xo'jalik mahsulotlarining hasharotlar ta'sirida nobud bo'lishi ikki martaga ortdi. FAO xabarlariga ko'ra, 1600 dan ortiq hasharotlarda pestitsidlar ta'siriga barqarorlik kuchaygan. Pestitsidlar zararli hasharotlarni yo'qotadi, biroq ular asalarilarga o'xshash foydali hashorotlarni ham nobud qiladi. 

Piyoda turizm
Yovvoyi tabiat hududiga piyoda sayohat qilish ko'rinishidagi dam olishning ommaviy turi; odatda yo'l-yo'lakay dam olishlar, yo'l bo'yidagi turistik uylar yoki palatkalarda tunash bilan o'tkaziladi. Piyoda turizm uchun qulay imkoniyatlar ko'plab turistlarni Nepal va Janubiy Amerikaning ba'zi mamlakatlariga jalb qilmoqda.

 


Qayta tiklanadigan resurslar
Havo, suv va o'rmon qayta tiklanadigan resurslarga misol bo'ladi. Biroq, mahalliy geografik xususiyatlar va qiymati yuqoriligi tufayli dunyoning ba'zi hududlarida, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar yoki yer usti va yer osti suvlari zahiralari cheklangan joylarda suvni to'liq qayta tiklanadigan resurs, deyish mumkin emas. Mineral resurslar va qazib olinadigan yoqilg'i turlari qayta tiklanmaydigan resurslarga misol bo'ladi. 

Qattiq zarrachalar (aerozollar)
Avtomashinalar va sanoat korxonalari ajratmalarida aniqlangan mayda zarrachalar. Bunday juda kichik zarrachalar insonlarning sog'lig'iga va atrof muhit holatiga zararli ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Qochoqlar
Siyosiy yoki iqtisodiy sabablar yoxud urushlar va kamsitishlardan qutilish uchun o'z vatanlarini (yoki yashash joylarini) tark etayotgan odamlar. 1995 yilda butun dunyodagi qochoqlar miqdori 27,4 million kishi deb baholangan edi. Ularning 40 foizga yaqini Afrikadan va 35 foizi Osiyodan edi. O'tgan bir necha o'nyilliklar davomida qochoqlar o'z uylarini atrof muhitga yetkazilgan zarar tufayli ham tark etganlar. Hozirgi vaqtda qishloq xo'jalik yerlarining degradatsiyasi qochoqlar paydo bo'lishining asosiy sabablaridan biridir. Iqlimning global isishi natijasida dengiz sathining ko'tarilishi shu asrning o'rtalarida yanada ko'p qochoqlar paydo bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin.

Qurolsizlanish
Harbiy xizmatchilar yoki qurollar miqdorini kamaytirish jarayoni. Bu termin, shuningdek, qurollar, o'q-dorilar, harbiy obyektlar, vositalar va jihozlarni foydalanishdan chiqarish va harbiylarni xizmatdan bo'shatish jarayonini ham ta'riflaydi.

Qurg'oqchilik
Odatdagidan kamroq yog'inlar yoki bug'lanishni kuchaytiruvchi odatdagidan yuqori harorat natijasida hudud yetarli miqdor suvni ololmaydigan holat; ba'zan bu ikki omil bir vaqtda bo'ladi.

 


Rekreatsiya 
Insonning jismoniy va ruhiy kuchlarini tiklovchi turli dam olish turlari. Rekratsiya turizm va dam olish bilan bog'liq bo'lib, turistlar va dam oluvchilarga xilma-xil xizmat ko'rsatish turlarini ham o'z ichiga oladi.

Resurslar
Iqtisodiy rivojlanish hamda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish uchun davlat ishlatishi mumkin bo'lgan mashinalar, ishchilar, mablag', yer, xomashyo va boshqa resurslar. Resurslar qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan bo'lishi mumkin. Kelajak avlodlarga qoldirish uchun davlat o'z resurslaridan oqilona foydalanishi zarur.

Resirkulyatsiya (qayta ishlatish)
Maishiy, qishloq xo'jaligi va sanoat chiqindilaridagi foydali materiallardan qayta foydalanish. Uning maqsadi atrof muhit ifloslanishini kamaytirish, energiya va qayta tiklanmaydigan resurslarni saqlash. Tabiatni saqlash bilan bog'liq xavotirlanishlar sababli sanoati rivojlangan mamlakatlarda resirkulyatsiya keng qo'llaniladi. Resirkulyatsiya faqatgina atrof muhitni saqlash uchun foydali emas, balki u yangi ish o'rinlarini ham yaratadi.

Rivojlanayotgan mamlakatlar
Past va o'rtacha daromadli mamlakatlar, ko'pincha «Janub» deb ataladi. Yuqori daromadli mamlakatlar aholisining ko'p qismiga nisbatan bu mamlakatlar aholisining daromadi oz va natijada xarid qilish qobiliyati va xizmatlardan foydalanish darajasi ham past. Hozirgi vaqtda aholi soni 1 milliondan ortiq bo'lgan 125 ga yaqin rivojlanayotgan mamlakatlar bor; 1995 yilda bu mamlakatlarning umumiy aholisi 4,7 milliarddan ortiqni tashkil qildi.

Rivojlangan mamlakat
Daromad darajasi yuqori mamlakatga qarang.

Rolli o'yinlar
O'quvchilar turli sahna ko'rinishlari va tasavvur qilingan holatlarda ishtirok etadigan o'yinli mashg'ulotlar (masalan, suv havzasini ifloslanishi to'g'risida korxona egalari va mahalliy aholi o'rtasidagi kelishmovchilik). Bu jarayonda turli guruhlarning turlicha nuqtayi nazarlari ko'rib chiqiladi va muammoni hal etishga harakat qilinadi.

 


Savodsizlik
O'qish, yozish yoki eng oddiy matematik amallarni bajara olmaydigan kishi savodsiz hisoblanadi. Savodxonlik, savodxonlik darajasiga qarang.

Savodxonlik


O'qish, yozish va oddiy arifmetik amallarni bajarish qobiliyati. Savodsizlik, savodxonlik darajasiga qarang.

Savodxonlik darajasi
O'qish va yozishni biladigan odamlar foizi. YuNESKO ma'lumotlariga ko'ra dunyodagi katta yoshdagi aholining 25 foizi savodsizdir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda savodlilikning o'rtacha darajasi 50% dan 70% gacha bo'lishi mumkin, rivojlangan mamlakatlarda u deyarli 99% ga teng. O'tgan to'rt o'nyillik mobaynida 15 yosh va undan katta aholini va ayniqsa ayollarni savodliligi hamma joyda oshdi. Shunga qaramasdan, asosan rivojlanayotgan mamlakatlardagi katta yoshli savodsiz aholining uchdan ikki qismini ayollar tashkil qilmoqda. 

Saylovchilar (Fuqarolar harakati)
Siyosiy tashkilotning eng quyi darajasi - fuqarolarning o'zidan iborat ovoz berish tizimi; jamoatchilik siyosiy qarorlariga amal qiluvchi oddiy fuqarolar.

Sanitariya
Tozalikni saqlash; maishiy chiqindilarni va kanalizatsiya oqavalarini yig'ish va yo'qotish orqali yuqumli kasalliklar paydo bo'lishini oldini olish. «Sanitariya sharoitlaridan foydalanish imkoniyati» rivojlanishning ko'rsatkichi bo'lib, u insonlar, hayvonlar va hasharotlarni iflosliklar bilan aloqasini oldini oluvchi sanitariyaning eng zarur oz miqdoriga ega aholi foizini ko'rsatadi. Bu vositalar oddiy va himoya qilingan chuqurlardan kanalizatsiyali yuviladigan hojatxonalargacha bo'lishi mumkin. Samarali foydalanish uchun barcha vositalar to'g'ri qurilgan va tegishlicha toza holatda tutilishi lozim.

Sanoati rivojlangan mamlakat (industrial davlat)
Mahsulotlarning asosiy qismi avvaldan sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan mamlakat. Biroq, bu termin Shimoldagi daromad darajasi yuqori mamlakat (rivojlangan mamlakat)ni ifodalash uchun keng qo'llaniladi. 

Selluloza-qog'oz kombinati (SQK)
Qog'oz va qog'oz buyumlar ishlab chiqarish uchun yog'ochdan selluloza oladigan, yuqori darajada mexanizatsiyalashtirilgan sanoat korxonasi. Bu kimyoviy jarayon juda ko'p energiya va suvni talab qiladi. Mexanik yoki kimyoviy jarayonda ishlab chiqilayotgan qog'ozni xlorli birikmalar ta'sirida oqartirish talab qilinadi. Xlorli birikmalar bilan oqartirish jarayonida eng xavfli zaharlar tutgan ifloslantirishlar hosil bo'ladi. Tabiatni himoya qiluvchi tashkilotlar va iste'molchilar talablari natijasida ba'zi SQK da qog'ozni kislorod ta'sirida oqartirishdan foydalanilmoqda.

Suv ayirgich (suv to'plash havzasi)
Daryo yoki suv havzasiga suv oqib tushadigan muayyan yer maydoni.

Suv sifati


Suvning holati, ayniqsa, uning ichish uchun yaroqliligi bilan bog'liq. Tarkibidagi kimyoviy moddalar va bakteriyalarning miqdoriga ko'ra suv xavfsiz yoki xavfli hisoblanadi. Suv sifati davlat standartlari bilan tartibga solinadi. Insonning maishiy, gigienik va metabolik (moddalar almashinuvi) ehtiyojlari uchun zarur suvning optimal miqdori sutkasiga 20 litrni tashkil qiladi. «Toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyati» optimal miqdordagi ichimlik suvi bilan ta'minlanayotgan odamlar sonining aholining umumiy soniga nisbatan foizlarda ifodalanishidir.

Suvni ifloslanishi
Insonlar, hayvonlar, o'simliklar yoki materiallarga zararli ta'sir ko'rsatuvchi bir yoki bir necha kimyoviy moddalarning suvdagi miqdorini yuqori bo'lishi.

 


Tabiiy resurslar
Inson uchun katta qiymatga ega va foydali bo'lgan tabiatda uchraydigan materiallar (tabiiy boyliklar), masalan, suv, havo, yer, o'rmon, hayvonot dunyosi, tuproq va minerallar.

Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 


Tabiiy resurslardan oqilona foydalnish - tabiiy resurslardan ehtiyotkorona foydalanish bo'lib, bunda resurs bazasining mavjud bo'lishi xavf ostiga qo'yilmaydi yoki unga katta zarar yetkazilmaydi. Tabiatning asl (dastlabki) holatini, ya'ni inson aralashguncha bo'lgan holatni ushlab turishni anglatuvchi «tabiatni saqlash» terminidan farq qiladi.

Tabiiy resurslarni hisobga olish
Tabiiy resurslar iqtisodiy qiymatini belgilovchi, YMMga o'xshash milliy hisobotni yuritish jarayoni (tabiiy resurslar kadastri). Bunday hisobot usullari haligacha takomillashtirilayotgan bo'lsa-da, u tabiiy resurslarni kamayishi qiymatini va tabiiy muhitga yetkazilayotgan zarar qiymatini aniqlashga harakat qiladi.

Tovarlar va xizmatlar
Mamlakat iqtisodiyoti ishlab chiqargan tovarlar. Tovarlarga misol: oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, transport vositalari, yangi yo'llar. Turli soha vakillari ko'rsatgan xizmatlar. Xizmat ko'rsatuvchilarga misollar: doktorlar, o'qituvchilar, sotuvchilar, turistik agentliklar, quruvchilar, mansabdor shaxslar va boshqalar.

Tropik o'rmon
Yomg'irlar ko'p yog'adigan o'rmonlar. Bunday o'rmonlar sayyoramizdagi hayotning biologik shakllari bilan boy va xilma-xil, ular ko'p miqdordagi o'simliklar va hayvonlar butun joyni egallagan qalin o'rmonlardan iborat.

Tuberkulyez (sil)
Organizmning yuqumli kasalligi. Kasallik qo'zg'atuvchi tayoqchalar (mikroblar) nafas orqali tez tarqaladi, shu sababli infeksiyaning dastlabki manbasi tez tarqalishi mumkin. Organizmning immun (himoya) tizimi kasallikni shu bosqichda yengishi mumkin, bunda uzoq vaqtli immunitet paydo bo'ladi. Kasallik boshqa odamlarga yuqqan bo'lishi, lekin ular bu haqda bilmasliklari mumkin. Ular kasallik tarqatuvchilar bo'lib, yo'tal va aksirish orqali kasallik qo'zg'atuvchi tayoqchalarni tarqatishi mumkin. Tuberkulyez antibiotiklar bilan davolanadi, vaksina (emlash) esa kasallikka immuniteti yo'q kishilarni himoya qiladi. 

Turizm (sayyohlik)
Boshqa mamlakatlar yoki mintaqalardan keluvchilarni jalb qiluvchi sayohatlar va turlarni o'tkazish. Turizm sohasi dunyoda yetakchi mavqega ega bo'lmoqda, dunyodagi har 16 ishlovchidan bittasi shu sohada faoliyat ko'rsatmoqda. Turizmdan olinadigan foydalar tez orada neft savdosidan keladigan foyda miqdoridan ortishi mumkin. 

Turmush sifati
Inson o'zini qulay his qiladigan hayot kechirish (turmush) darajasi. Turmush sifati bizning hayotimizni qulay va yoqimli qiladigan moddiy ne'matlar bilangina aniqlanmaydi. Shuningdek, u atrof muhit holati, boshqa insonlar bilan muloqotdan qoniqish, maqbul ishni ham qamrab oladi. 

Tug'ilish darajasi
Bir yilda 1000 kishi hisobiga tug'ilgan chaqaloqlar soni. 

To'yib ovqat yemaslik va noto'g'ri ovqatlanish
Inson sog'lig'ini va normal jismoniy faolligini ta'minlash uchun zarur oziq-ovqat miqdori va uning kundalik yemishi orasidagi nomutanosiblik tufayli yuzaga kelgan holat. Bu so'z asosan ovqat yetishmasligi sababli «yomon ovqatlanadigan» ma'nosini bildiradi, lekin diyetaga haddan ortiq berilish yoki oziq-ovqatlar (oqsillar, yog'lar, uglevodlar) nisbatini noto'g'ri tanlashni ham bildirishi mumkin. Diyetadagi bir yoki bir nechta mineral moddalar, vitaminlar yoki biofaol komponentlarning yetishmasligi (yoki ortiqligi) ovqatni yetarli darajada hazm qila olmaslikka sabab bo'lishi mumkin. Noto'g'ri ovqatlanadigan odamlarning sog'lig'i yomon va ular infeksiyalar va kasalliklarga moyil bo'ladilar. Qashshoqlik - rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi to'yib ovqat yemaslikning asosiy sababidir. 

To'g'onlar
To'g'onlar daryolar va daryo irmoqlari (daryo suvlari) tabiiy oqimini turli maqsadlarda boshqarish uchun quriladi. Bu maqsadlar: kemalar yurishi uchun suv sathini ko'tarish; sug'orish va sanoatni suv bilan ta'minlash uchun suvni to'plash; elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun yuqori bosim manbasini yaratishdir. Shuningdek, ular jiddiy muammolarning sababchisi bo'lishi mumkin: yashash joylarini yo'qotish va mahalliy aholining o'rgangan joylaridan ko'chishi (to'g'onlar qurish vaqtida pasttekislik joylarni suv bosishi); daryoning quyi qismida joylashgan ekosistemalar yaxlitligini buzilishi; baliq ovlash hajmining kamayishi; to'g'onning qimmatli ozuqa elementlar va loyqalarni tutib qolishi - loyqa zarrachalarining daryoning quyi qismiga o'tmasligi u yerdagi tuproq unumdorligini pasayishiga sabab bo'ladi; qirg'oq eroziyasini kuchayishi. 

 


Uglerod dioksid (karbonat angidrid)
Atmosfera havosi tarkibiga kiruvchi gazlar umumiy miqdorining 0,4% ni tashkil qiladi. Uglerod dioksid tirik organizmlarning hayot faoliyatida faol ishtirok etadi: u nafas olish jarayonida ajratiladi, o'simliklardagi fotosintez jarayonida hamda dengiz suvida erishi natijasida atmosferadan yutiladi. Uglerod dioksid eng muhim «issiqxona gazi» bo'lib, hozirgi vaqtda uning atmosferadagi miqdori dunyo miqyosida organik yoqilg'ini (ko'mir, neft va neft mahsulotlarini) yoqish hisobiga ortdi, bu esa o'z navbatida «issiqxona effekti»ni kuchayishiga olib kelmoqda. 

Uysiz


Uysizning ikkita umumiy ta'rifi bor: boshpanasi yo'q va ko'chada uxlashga majbur odam; yoki suvsiz, elektr energiyasiz va sanitariya sharoitlarisiz yomon maishiy sharoitlarda yashovchi odamlar. Boshpanaga ega bo'lish huquqi Inson huquqlari deklaratsiyasida belgilab qo'yilgan. Shunga qaramay, dunyoda 1 milliarddan ortiq odam zarur sharoitlarsiz yashamoqda. Ulardan 100 million odam umuman boshpanaga ega emas. Bu dunyo miqyosidagi muammo bo'lib, u rivojlanayotgan mamlakatlarda juda dolzarbdir.

Umrning uzunligi
Insonning kutilayotgan umr uzunligi (yillar). U insonning hozirgi paytdagi sog'lig'iga asoslanib, bashoratlanadi. Bu ko'rsatkich muayyan mamlakatdagi atrof muhit holatini, aholining sog'lig'ini, sog'liqni saqlashning sifatini va aholining turmush sharoitlarini aks ettiradi.

Unumdorligi past (unumsiz) tuproqlar
Unumdor qatlam(gumus)ning yetishmasligi, qurg'oqchilik yoki eroziyaga uchraganligi sababli qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish uchun sifati yomon va yaroqsiz tuproqlar. Unumdorligi past yerlar qishloq xo'jalik maqsadlarida foydalanilayotgan bo'lsa, unumdorligini yanada kamayishiga, degradatsiyaga va hatto cho'llanishga uchrashi mumkin. Biroq, Yer sharining ko'p joylarida shunday yerlar va boshqa «mo'rt» hududlardan foydalanish kuchaymoqda, chunki ko'payib borayotgan aholi ehtiyojlarini qondirish uchun yoki harbiy harakatlar natijasida mavjud haydaladigan yerlarning mahsuldorligining pasayishi sababli bunday yerlar o'zlashtirilmoqda.

Urbanizatsiya
Mamlakat aholisining shaharlarda yashaydigan qismini ko'payishi, shaharlar va sanoat hududlarining kengayishi. Bu holat odamlarning yashash va ishlash uchun yaxshi sharoitlarini izlab qishloqdan shaharga ko'chib ketishi bilan bog'liq.

 


Vabo
Inson yoki uy hayvonlarining o'tkir yuqumli kasalligi, odatda oshqozon-ichak faoliyatini buzilishi va organizmni suvsizlanishi sifatida boshlanadi.

Vetlandlar/namlangan yerlar


Botqoqlik, balchiqzor, qirg'oqbo'yi turidagi botqoqlashgan yerlar. Ular eng unumdor va mahsuldor yerlar hisoblanadi. Vetlandlar Yer yuzasining 6%ni tashkil qiladi va barcha mamlakatlarda va har qanday iqlimda uchraydi. Ular baliqlar va boshqa jonzotlarni ko'payishi uchun bebaho joy hisoblanadi. Vetlandlar global gidrologik siklda ishtirok etadi, filtrlovchi tizimga o'xshab ifloslangan suvni tozalaydi, o'simliklar o'sishiga ko'maklashadi va suv sifatini yaxshilaydi. Vetlandlar maxsus xalqaro bitim - Ramsar Konvensiyasiga ko'ra muhofaza qilinadigan yagona ekosistemadir.

Vorislikning patriarxal udumi
Yer, boyliklar va boshqa mulklar oilada doimo otadan o'g'ilga yoki nabiraga beriladigan udum.

 


Xavfli kimyoviy moddalar
Alangalanuvchanligi yoki portlovchanligi sababli zararli ta'sir ko'rsatuvchi yoki terini, o'pkani shikastlantiruvchi (konsentrlangan kislotalar yoki ishqorlar kabi) yoxud organizm himoya tizimini allergik reaksiyalariga sabab bo'luvchi kimyoviy moddalar. Xavfli chiqindilarga qarang. 

Xavfli chiqindilar/Zaharli chiqindilar 
Inson sog'lig'i yoki atrof muhitga zarar yetkazuvchi har qanday chiqindilar. Eng xavfli chiqindilar hosil qiladigan moddalar: o'yuvchi smolalar, mishyak, qo'rg'oshin va simob birikmalari, organik erituvchilar, pestitsidlar va radioaktiv materiallar. Xavfli chiqindilarni zararsizlantirish va utilizatsiyalashning bir necha usullari ishlab chiqilgan, ular xavfsizlik darajasi va zarur xarajatlarga ko'ra farqlanadi. Bu usullar - chiqindilarni ko'mish, yoqish va biologik organizmlar bilan zararsizlantirishdir. Eng ko'p qo'llaniladigan usul - chiqindilarni yerga yoki dengizga ko'mish bo'lib, kamxarjligi sababli rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xarakterlidir. Xavfli chiqindilar uzoq vaqt davomida xavf tug'dirishi mumkin. Ko'milgan chiqindilar tarkibidagi turg'un kimyoviy birikmalar yer usti va yer osti suvlarini hamda tuproqni ifloslantirishi, shuningdek, tarkibidagi zaharli moddalar tufayli butun tirik organizmlarga xavf solishi mumkin. Agar chiqindilarni yetarli darajada qayta ishlansa, ularni zararsizlantirish mumkin. Biroq, eng maqbul yechim ularni hosil bo'lishini kamaytirishdir. Xavfli kimyoviy moddalarga qarang. 

Xat orqali do'stlar
Xat orqali paydo bo'lgan va davom etayotgan do'stlik. Dunyodagi ko'plab odamlar bu mashg'ulotni o'z sevgan mashg'ulotlariga (xobbiga) aylantirishgan va masofalarning uzoqligi va pochta xizmati muammolariga qaramasdan boshqa odamlar bilan do'stlashish imkoniga egalar. 

Download 119,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish