Atom yadrosi ya zarralar fizikasi



Download 6,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/314
Sana31.12.2021
Hajmi6,32 Mb.
#264351
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   314
Bog'liq
муминов-atom yadrosi va zarralar fizikasi

a)
b)


soni  va  energiyasi  boshlang‘ich  zarra  energiyasiga  va  uning  yadro  bilan 
to‘qnashish parametriga bogMiq boMadi. Bunday yuqori energiyalar sohasida 
yuz  beradigan  yadroviy  reaksiyalar  vaqtida,  faqat  yadro  tarkibidagi 
nuklonlargina  urib  chiqarilmay,  yangi  zarralar,  masalan,  turli  mezonlar, 
giperonlar va rezonans zarralar ham hosil boMishi mumkin.
5.7.4. Ikkilamchi zarralarning energiya va burchak 
bo‘yicha taqsimlanishi
Kichik  uyg‘onish  energiyalarida  reaksiya jarayoni  alohida  sathlar 
xususiyatiga bogMiq boMadi. Shuning uchun ikkilamchi zarralarning energiya 
taqsimotida  parchalanuvchi  yadroning  energetik  sathlariga  mos  ravishda 
qator  maksimumlar kuzatiladi  (5.8-rasm)  Ikkilamchi  zarralarning  harakat 
miqdor  momentiga  bogMiq  ravishda  ularning  burchak  taqsimoti  ham 
o‘zgaradi.  Masalan, 
1  =  0  holda  ikkilamchi  zarralar  burchak  taqsimoti 
izotrop boMadi.
Yadro  uyg‘onish  energiyasi  katta  boMganda  energetik  sathlar qo‘shilib 
ketgani uchun zarralarning energiya va burchak bo‘yicha taqsimoti haqidagi 
maMumotlar statistik nazariya asosida keltirilib chiqarilishi  mumkin.
5.8-§. Bevosita o‘zaro ta’sirli yadroviy reaksiyalar
Yadroviy  reaksiyalarni  o‘rganish  shuni  ko‘rsatadiki,  ba’zi  hollarda 
reaksiya natijasini Boming kompaund yadro mexanizmi asosida tushuntirish 
mumkin emas. Masalan, ikkilamchi zarralarning burchak taqsimoti  izotrop 
emas,  balki  anizatrop  boMib,chiqdi.  Agar yadro  reaksiyasi 
tyad  yoki  unga 
yaqinroq  vaqtda  ro‘y  beradigan  boMsa,  bunday  reaksiya  bevosita  o‘zaro 
ta’sirli yadro reaksiyasi deyiladi. Bunday qisqa vaqt ichida yadroga kelib 
tushgan zarra yadrodagi bitta yoki  ko‘pi bilan  ikkita-uchta nuklonlar bilan 
to‘qnashishga ulguradi.
Kompaund  yadro  mexanizmidan  farqli  oMaroq,  bu  holda  bitta  nuklon 
bilan  to‘qnashgan  zarra  unga  bevosita  impuls beradi  va natijada  bu  zarra 
yadrodan urib chiqarilishi mumkin boMadi.
Bunday mexanizm asosida nishon-yadrodan protonlar hamda neytronlar 
teng intensivlik bilan uchib chiqishi mumkin, chunki yuqori energiyalarda


tushayotgan zarra bilan nishon-yadro orasidagi kulon ta’simi hisobga olmasa 
ham boMadi.
Shunday  qilib,  bevosita  o‘zaro  ta’sirli  yadroviy  reaksiyalar  quyidagi 
alomatlarga  ega  boMishadi:  birinchidan,  tushuvchi  nuklon  o‘z  impulsini 
asosan  bitta  nuklonga  beradi,  uchib  chiquvchi  nuklonlar  ko‘plab  tushish 
yo‘nalishida boMadi. Ikkinchidan, tushuvchi nuklon bitta nuklonga deyarlik 
toMa energiyasini berar ekan, chiquvchi nuklon energiyasi ham maksimum 
energiyaga  yaqin  energiya  bilan  chiqadi.  Uchinchidan,  kulon  to‘sigM  rol 
o‘ynamaydi, proton va neytronlar teng intensivlik bilan chiqa oladi.
Bevosita  o‘zaro  ta’sirli  yadroviy  reaksiyalar  xillari  turlicha,  istalgan 
tushuvchi  zarralar  bilan  barcha  yadrolarda  kuzatish  mumkin.  Reaksiya
mahsulida  bitta, juft nuklonlar,  deytron,  3 
H e  yadro,  a-zarra,  murakkab
litiy,  berilliy  yadrolari  va  h.k.lar  chiqishi  mumkin.  Bulardan  tashqari 
to‘qnashuv natijasida elementar zarralar -  pion, kaon, giperonlar va boshqa 
zarralar chiqishi  mumkin.  Bevosita o‘zaro  ta’sir yadroviy reaksiyalardan: 
(n, n); (n, p); (p, n); (p, p) reaksiyalar, uzilish (d, p); (d, n) va ilib olish (p, d); 
(n, d) va boshqa ko‘plab turlari yaxshi o‘rganilgan.

Download 6,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish