parvanachi
|
Парвоначи
|
parvonachi
|
– XVII-XVIII asrlarda Buxoro xonligida mavjud bo’lgan mansab, vazir muovini, farmon ijro qiluvchi. Parvonachi xon farmonlari, yorliqlari va boshqa rasmiy hujjatlarini yozib, tegishli kishilarga yetkazib turgan. Yuqori mansabga tayinlangan amaldor parvonachi tomonidan bitilgan farmonni uch kun mobaynida o’z sallasiga qistirib yurishi lozim bo’lgan.
|
judge
|
Казикалон
|
qozikalon
|
–xonliklarda sud ishlariga yetakchilik qiluvchi amaldor.
Buxoro amirligida poytaxt qozisi, hamda davlatning oliy qozisi. Amir aralashmaydigan barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi. Qozikalon “shariatpanoh” deb ham atalgan. Qozikalon huzurida a’lam va 12 muftiydan iborat devon tuzilgan. Uning vazifasi jinoiy ishlarni sinchiklab ko’rishdan iborat bo’lgan.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |