patronage
|
Аталик
|
otaliq
|
– otasiningo’rnini bosmoq mazmunini beruvchi mansab. Dastlab Saljuqiylar sulolasi davrida (1038-1194) hukmdor e’tiborini qozongan kishilarga berilgan. Otaliqning vazifasi shahzoda yoki xonzodalarni tarbiyalash va ular ixtiyoridagi ulusni balog’atga yetganlariga qadar boshqarishdan iborat bo’lgan. Tarixda ba’zi otaliqlar hokimiyatni o’z qo’llariga olgan hollari ham bo’lgan. Chunonchi Ashtarxoniylar sulolasi davrida (1601-1753) Balxda Mahmudbiy otaliq (XVIII asr boshlarida), Mang’itlar sulolasi hukmronligi davrida (1753-1920) Buxoroda Muhammad Raxim otaliq (1753-1758) mana shunday yo’l bilan hokimiyatni egallagan edilar.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |