Astanaqulova zuhraxon baxtiyorjon qizi


Pedagogik texnologiya tushunchasi



Download 0,64 Mb.
bet12/59
Sana01.06.2022
Hajmi0,64 Mb.
#628561
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
Bog'liq
01 МАГ ДИСС ЗУХРАХОН Узуликсиз таълимда технология фанини ўқитишда

Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo’ldi va 1940-1950 yillarda “ta’lim texnologiyasi” tarzida qo’llanilib, mazmunan o’quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni anglatgan.
Pedagogik texnologiya atamasi dastlab AQSHda qo’llanila boshladi. Keyinchalik “Ta’lim texnologiyasi” o’rniga “dasturlashtirilgan ta’lim” atamasidan foydalanish keng yoyildi. So’ngra pedagogik texnologiya - loyihalashtirilgan ta’lim va aniq maqsadga qaratilgan o’quv jarayonini ifoda eta boshladi. O’tgan asrning 80-yillarida pedagogik texnologiya kompyuterli va axborot texnologiyalari bilan sinonim tarzda ishlatila boshladi.
Keyingi o’n yilliklarda pedagog olimlar va o’qituvchilar diqqatini jalb qilgan masalalardan biri pedagogik texnologiya hisoblanadi. Bu mavzuning ilmiy ishlarda, hisobotlarda, maxsus davriy nashrlarda qizg’in o’rganilayotganligi, baxs-munozaraga sababchi bo’layotganligi ham ta’lim-tarbiyada uning o’rni naqadar muxumligiga guvohlik beradi.
Pedagogik texnologiya tushunchasiga dastlab o’quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish sifatida qaralgan. O’tgan asrning 70- yillariga kelib pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha mohiyati tamoman yangicha talqin etila boshlandi.
Yapon olimi Sakamoto pedagogik texnologiya tushunchasiga “o’quv texnologiyasi - o’quv jarayonining samaradorligini ta’minlovchi yo’l-yo’riqlar bilan bog’liq bilimlar majmuasidir” deya yangi ta’rif berdi.
«Texnologiya bu pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan ta’lim oluvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash - loyihalashdir”, deb ta’rifladi.
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning rivojlanishi jarayonida pedagogik texnologiya mustaqil fanga aylandi. Har bir mustaqil fan o’z mohiyatiga ko’ra, uning nazariy asoslarini tashkil etuvchi tamoyillarga ega bo’ladi.
Yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda o’rganib kelindi va u turli faoliyat doirasida edi. Bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga mamlakatimizda keng imkoniyatlar tug’ildi. Nazariya va amaliyot birligini ta’minlanayotganligi pedagogik texnologiyaning asl mohiyatini aniqlashga yul ochmoqda.
Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaga pedagogika fanining alohida tarmog’i sifatida qarash yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo’naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi, vazifasi, tarkibi va mazmuniga ko’ra, ilmiylik, loyihalash, tizimlilik, yo’naltirilganlik, faoliyatli yondashuv, boshqaruvchanlik, kuzatuvchanlik, natijaviylik, qayta takrorlanuvchanlik, tejamkorlik kabi tamoyillarga asoslanadi.
Pedagogik texnologiya bu sohasidagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyat yo’nalishlarini aniqlaydi. Bu yerda izlanishning mohiyati - pedagogik tizimni tashkil etuvchi elementlarni o’rganish asosida modernizatsiya qilishdan iboratdir. Buning sababi har qanday o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish, u yoki bu pedagogik tizimni aks ettiradi. Natijada yurtimizga ilg’or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Shular qatorida, jahondagi progressiv pedagogik texnologiya degan tushunchalar ham kirib, pedagogik jamoatchiligimiz fikrini chulg’ab oldi. Oxirgi yillarda, Rossiya bilan O’zbekistonda pedagogik texnologiyani o’rganish yo’lida ancha ishlar qilindi. Shu jumladan, O’zbekiston olimlari ham pedagogik texnologiyalarning loyihalarini tuzish bo’yicha birmuncha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Rossiyalik olimlaridan yana biri V.M. Monaxov “Pedagogik texnologiya avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo’lgan tartibli amallar tizimidir”, degan qisqacha ta’rif bergan.
M.V.Klarin fikricha, “Pedagogik texnologiya - o’quv jarayoniga texnologik yondashgan holda, oldindan belgilab olingan ko’rsatkichlardan maqsad kelib chiqib, o’quv jarayonini loyihalashdir” deb izohlaydi.
I.Ya.Lernerning fikriga ko’ra, “Pedagogik texnologiya-ta’lim oluvchilar harakatlarida aks etgan o’qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi”.
N.F.Talizina esa uning mohiyatini “belgilangan o’quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat”, deb tushuntiradi.
O’zbekistonlik olim B.L. Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif beradi: “Pedagogik texnologiya – ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo’lib, pedagogikada ijtimoiy-muxandislik ongi ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart xolga soladigan, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog’liq ijtimoiy xodisadir”deydi.
Yuqorida keltirilgan ta’riflardan ko’rinib turibdiki, o’tgan yillarda «Pedagogik texnologiya - o’quv-jarayonini berilgan dastlabki ta’lim maqsadi va mazmunidan kelib chiqib loyihalashdir», degan fikrga keldilar. Bu bir jihatdan to’g’ri, lekin teranroq fikr yuritilsa, uning bir yoqlamaligi yaqqol ko’zga tashlanadi yoki bunday yondashishda ta’lim oluvchi shaxsining inkor etilishi seziladi.
Bu kamchilikni birinchi bo’lib akademik V. Bespalko payqadi va o’z asarida pedagogik texnologiya tushinchasini o’quv jarayoniga olib kirishning zarurligini bunday mamlakatlar ichida birinchilar qatorida har tomonlama ilmiy asoslab bergan. Rossiyalik olim V.P. Bespalkoning fikricha “Pedagogik texnologiya bu - pedagog mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan ta’lim oluvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir”deb o’z fikrini bildirgan.
Pedagogik texnologiya atamasiga har bir olim o’z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Xali bu tushunchaga to’liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig’i YuNESKO tomonidan berilgan kuyidagi ta’rif sanaladi.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish