Dissertatsiyaning tuzilishi va xajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati xamda ilovalardan iborat bulib, asosiy matn 100 saxifani tashkil etadi.
I-BOB. UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI.
1.Zamonaviy pedagogik texnologiyaning mazmun-mohiyati va uning turlari.
2.Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mazmun-mohiyati, turlari va nazariy asoslari.
3.Innovatsion jarayon mohiyatini ifodalovchi qarashlar, qonuniyatlarni pedagoglarda innovatsion yondashuvning qaror toptirish bosqichlari asosida shakllantirish omillari.
4.O’qitish jarayoniga innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llashda zamonaviy yondashuvlarning mohiyati.
I-BOB BO’YICHA XULOSALAR.
Uzluksiz ta’lim tizimi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash jarayonini tashkil etish va boshqarish, davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, kadrlar tayyorlash metodik tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhiti, shuningdek, bo’lajak mutaxassislarning ijodiy faol va ma’naviy boy bo’lib shakllanishi hamda zamonaviy talablar asosida yetuk, mustaqil fikga ega kadrlar bo’lib yetishishiga zarur pedagogik shart-sharoitlari bayon etilgan. Bo’lajak fan o’qituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorlashda ularning bilim, ko’nikma va malakalarini zamonaviy talablarga mos shakllantirish muammosi bo’yicha Respublikamiz va MDH hamda horijiy davlatlar pedagog olimlari tomonidan o’tkazilgan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar chuqur tahlil qilingan.
Ushbu magistrlik dissertatsiyaning mazkur bobi “Uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalarining ilmiy-pedagogik asoslari”deb nomlanib, unda zamonaviy pedagogik texnologiya va innovatsion ta’lim texnologiyalarining mazmun-mohiyati, turlari va nazariy asoslari va innovatsion jarayon mohiyatini ifodalovchi qarashlar, qonuniyatlarni pedagoglarda innovatsion yondashuvning qaror toptirish bosqichlari asosida shakllantirish omillari, o’qitish jarayoniga innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llashda zamonaviy yondashuvlarning mohiyati, shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalarining ta’lim jarayonida qo’llaniladigan innovatsion dars shakllari, dars metodlari, dars vositalari va vebinar ta’lim texnologiyalari va ularni dars jarayonida foydalanish masalalari o’rganilgan.
SHuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion ta’lim texnologiyalarining dars jarayonidagi o’rni va ahamiyati ochiq bayon etilgan bo’lib,unda texnologiya fanining xalqaro andozalarga mosligini tahminlash va ijtimoiy buyurtma asosida malakali kadrlarni tayyorlashda talabalarni mustaqil harakat qilishi, o’z-o’zini rivojlantirish, namoyon qilish va boshqarish, nostandart fikrlash va maqbul qaror qabul qilish, doimiy ravishda yangi g’oya, texnologiyalarni izlash, topish hamda tajriba-sinovlar o’tkazish, axborot texnologiyalaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish va elektron ta’lim resurslarini yaratishga qaratilgan yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va innovatsion faoliyatga tayyorlash amaliyotga joriy qilish, texnologiya fani o’qituvchisining innovatsion faoliyati doirasini belgilash muhim ahamiyat kasb etishi bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |