Birinchi bosqich ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim tizimida ham tub o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib keladi.
Ikkinchi bosqich esa ta’lim tizimining modernizatsiyasi davlat va jamiyatning malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyojini qondirishni tahminlaydi.
Uchinchi bosqich esa shaxsning sifatli va samarali ta’lim olishga bo’lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ro’y beradi va yangiliklarning izchil olib kirishi bilan birga pedagogik innovatsiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko’ra ta’lim tizimi va dars jarayoni rivojlanishigi olib keladi.
Demak, o’qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg’a undovchi, bunyodkorlikka rag’batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo’lib, ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. SHu sababli har bir o’qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to’la tushungan holda o’z faoliyati ya’ni dars jarayoniga izchil tatbiq eta olishi zarur.
1.4.O’qitish jarayoniga innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llashda zamonaviy yondashuvlarning mohiyati.
Zamonaviy ta’limga hos muhim jihatlardan biri – pedagog faoliyatining innovatsion harakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion harakter kasb etishiga erishish masalasi o’tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o’rganila boshlagan. Xususan, X.Barnet, J.Basset, D.Gamilg’ton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.CHen, R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzg’mina hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g’oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabardor bo’lish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmunini yoritilgan.
Innovatsion ta’lim tushinchasi - bu mohiyatiga ko’ra dars jarayoniga yangilik kiritishning dinamik tizimidir.
Ushbu dinamik tizim sifatida yangilik kiritish jarayoni birinchidan ichki mantig’ini, ikkinchidan kiritilayotgan yangilikning muayyan vaqt oralig’ida rivojlanishi va atrof-muhitga ko’rsatadigan o’zaro ta’sirini o’zida ifoda etadi.
V.A.Slastenin innovatsiyani yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanishga qaratilgan maqsadga muvofiq, yo’naltirilgan jarayoni majmui deb biladi. Muallifning fikriga ko’ra har qanday innovatsiya yangi vositalar yordamida ijtimoiy subyektlarning ehtiyojini qondirish va intilishlarini rag’batlantirish maqsadini ko’zlaydi.[20]
Har qanday innovatsiyada “yangi”, “yangilik” tushunchalari muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu kabi yangiliklarning mazmuni xususiy, subyektiv, mahalliy va shartli yangilik tarzida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |