Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Har bir xalq adabiyotining rivojlanishida tarjima asarlarining ta’siri katta bo‘ladi, zero tarjima tarixi adabiyot tarixi bilan tengdosh. Adabiyot ilmida tarjima asarlarini tipologik o‘rganish, yozuvchi ijodiy individualligi, uslubiga xos xususiyatlarni yoritish, tarjimonning ijodkor uslubini qayta yaratishdagi mahoratini ochib berish yo‘nalishida qator izlanishlar olib borilmoqda. Shu nuqtai nazardan asarlari o‘zbek tilidan jahon tillariga, jumladan, ingliz tiliga o‘girilgan adiblar ijodini asliyat va tarjima aspektida qiyosiy tekshirish, ijodkor va tarjimon uslubi, badiiy tili kabi muammolariga alohida diqqat qaratilmoqda. Adabiyotshunoslikda milliy yozuvchilarning xorijiy tillariga o‘girilgan roman, qissa va hikoyalarini lingvopoetik jihatdan qiyosiy aspektda tekshirishga katta e’tibor berilmoqda. Shu jihatdan «…jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga va o‘zbek adabiyotining eng yaxshi asarlarini chet tillariga tarjima qilish ishlarining tanqidiy tahlili» bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.
Bu borada zamonaviy o‘zbek adabiyotining bevosita xorijiy tillariga o‘girilgan epik tur namunalarini asliyat va tarjima qiyosiy aspektida o‘rganish; ularning badiiy tili, leksikasiga xos xususiyatlar, ijodkor uslubini qayta yaratishda milliy tarjimonning mahoratini ochib berish yuzasidan ilmiy tadqiqotlarni yanada chuqurlashtirish zarurati mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 376-son «Jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etishtizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori hamda Mirziyoev SH.M. 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi Farmoyishi//Xalq so‘zi. 2017 yil 14 yanvar. –№184 (6878) mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.