Asqatova sevinchning


Olma va shaftolini quritish



Download 252,32 Kb.
bet6/14
Sana11.07.2022
Hajmi252,32 Kb.
#777940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Asqatova Sevinch 50-21

Olma va shaftolini quritish. Olma-O'zbekistonda eng ko'p tarqalgan hamda keng iste'mol qilinadigan mevadir. Olmalar, asosan, ho'l holda iste'mol qilinadi. Olmani barcha navlaridan qoqi qilinaveradi. Qand moddasi va kislotasi ko'proq xushbo'y, eti oq va och sariq olmadan sifatli qoqi tayyorlash mumkin.
Quritish, asosan, quyidagi usullarda o'tkaziladi:

  • oddiy usulda quritish, bunda mevaning po'sti archilmaydi;

  • fransuzcha usulda quritish, bunda mevaning po'sti archilib, urug'i olinadi. Bu usulda quritilganda mevalar terilgandan keyin saralanadi, yuviladi, to'g'raladi, po'stidan ajratiladi, dudlanadi, quritilgandan keyin nami baravaralashtirilib, yashiklarga solib, saqlanadi.

Quritish uchun olmalar texnik pishish davrida yoki to'liq texnik pishishdan 2-3 kun oldin yig'ishtirib olinadi. Bu davrda navlariga qarab olma qanddorligi 8-16%, kislotaliligi 0,2-1 % bo'lishi kerak.
Quritishdan oldin sortlarga ajratilgan olmani yuvish mashinalarida yoki toza suv solingan vannalarda yuvib, turli mikroorganizmlardan, chang va iflosliklardan tozalanadi.
Olma po'sti archilgandan keyin to'g'rab 2-3 % li namakobga solinadi. Bu esa, uning tabiiy rangining o'zgarmasligini ta'minlaydi. Keyin patnislarga olinib, oltingugurt bilan dudlanadi yoki oltingugurtli angidrid eritmasida dorilanadi. Dudlashda har 1 kg olma uchun 1,5-2 g oltingugurt sarflanadi. Dudlash 25-40 minut davom etishi lozim. Buning o'rniga 0,1-0,2 % li sulfit angidrid eritmasi bilan 1-2 minut ishlov berish ham mumkin.
Quritish usuli, havo harorati, olmaning yirik-maydaligiga qarab quritish 3-5 kundan 14-15 kungacha davom etishi mumkin. Po'stidan tozalab quritilganda 12-15 % gacha, tozalanganda 17-20 % gacha olma qoqi olinib, qanddorligi 43-62, kislotaliligi 1-4 % gacha bo'lishi mumkin. Quritilgan mahsulot tarkibidagi namlik 20 % dan oshmasligi 10zim. Bu namlikda qoqi elastik, ezganda ushalmaydigan bo'ladi.
Tayyor mahsulotni 10-15 kun qutilarda saqlangandan keyin, ya'ni namligi baravaralashgandan so'ng sotuvga chiqarish mumkin.
Olma qoqi dezinfeksiya qilingan toza binoda O-lOoe haroratda, 60- 65 % havo namligida saqlanishi lozim.
Shaftoli ho'l holida saqlash hamda ortish-tushirish ishlariga chidamsiz bo'lganligi sababli, quritish hamda turli usullarda qayta ishlash mahsulotni yil davomida iste'mol qilish imkonini beradi.
O'zbekiston sharoitida shaftolining turli navlari uzoq muddat davomida, ya'ni iyuldan oktabrning oxirigacha pishib yetilishi sababli quritish imkoni boshqa mevalarga nisbatan birmuncha ko'proqdir. Quritish uchun qanddorligi va quruq moddalar miqdori (12-18 %) bo'lgan, yirik, tuksiz navlaridan foydalaniladi. Shaftolini ikki usulda: danagi bilan yoki danaksiz quritish mumkin. Danaksiz quritishda yuqori sifatli, yaxshi pishib yetilgan, quritish uchun belgilangan navlar oltingugurt bilan dudlanadi.
Quritishdan oldin yirik-maydaligiga, pishish darajasiga qarab saralangandan keyin, dudlashdan oldin tukli shaftolilarga ishqor eritmasi bilan ishlov beriladi. Shundan keyingina po'stini ajratish yengillashadi. Navlarga ajratilgan shaftolini patnislarga 2-4 kg dan solib, 1-3 % li kaustik soda eritmasida 30-90 sekund saqlanadi, keyin sovuq suv bilan yuvish tavsiya etiladi. So'ngra po'stidan ajratilgan mahsulot ikkiga ajratilib, danagi olingandan keyin, ichki tomonini yuqoriga qaratgan holda patnislarga qo'yib dudlash o'tkaziladi.
Po'stidan ajratilgan hamda danagi olingan shaftoli, danagi but un holida po'sti bilan quritilganga nisbatan 2-3 baravar tezroq quriydi. Dudlash har kilogramm mahsulot uchun 1-1,5 g oltingugurt hisobida 60-80 minut davomida o'tkazilishi lozim. Yirik donali shaftolilar uchun oltingugurt me'yorini biroz oshirish yoki dudlash vaqtini uzaytirish mumkin. Dudlangan shaftolilar patnislarda quritish maydonchasidagi so'kchaklarga qo'yiladi. Quritishni tezlashtirish uchun shaftolilar har 2-3 kunda ag'darib chiqiladi, 5-7 kun o'tgandan keyin, ya'ni qoqi namining 2/3 qismi kamayganda, patnislar soya joyda ustma-ust qilib taxlab, oxirigacha quritiladi. Quritish 12-22 kun davom etadi. Quritilgan mahsulot tarkibidagi namlik 18 % dan yuqori bo'lmasligi lozim. Qoqi qo'lga olib ezilganda egiluvchan, ammo sinmaydigan, ichida nam qolmagan bo'lsa, tayyor hisoblanadi.
Shaftoliqoqining qanddorligi 50-65 %, kislotaliligi 3,0-5,0%, quruq mahsulotning chiqishi 15-22 % atrofida bo'lishi mumkin.

Download 252,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish