Asqarali odilov



Download 0,73 Mb.
bet8/12
Sana26.12.2019
Hajmi0,73 Mb.
#31664
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Asqarali odilov

SOZ - musiqa cholg‘ularini yasalishi ma’nolarini anglatadi. Fors va Tojik tillarida ustochilik ishlariga tegishli kasblarda “Soz” so‘zi ishlatiladi. Rasul Xodizoda Buxorolik mashhur tanburnavoz Qori Karomatulloh Tanburiy Buxoroiy to‘g‘irisida yozgan “Tanburi Dilkash” kitobida Qori Karomatulloh bir xalq ustosining huzuriga kelib, “Ba man yak tanbure nag‘z soz” ya’ni “Menga bir yaxshi tanbur yasab ber” deydi. Undan tashqari soz so‘zi ko‘pgina ustochilik sohalarida, yaratish, bastalash ma’nolarini ham anglatadi.

Ohangsoz – musiqa bastalovchi bastakor. Soatsoz – soat tuzatuvchi usto. Asbobsoz – musiqa cholg‘ularini ixtirochilari. Sozlash- musiqa cholg‘ulari torlarini muayyan bir ovozga, tovushga sozlanishi ma’nosini ham anglatadi. Masalan: tanbur “sol” va “re” tovushlariga, dutor “lya” va “mi”, qo‘shmay “re”, rubob “lya” va “mi”, chang “sol”, nay “lya” tovushlariga sozlanadi va hokazo.

1978 yilda Toshkent qishloq xo‘jalik institutiga xorijdan ikkita talaba tahsil olgani kelgan. Ular o‘zlari bilan soz cholg‘usini ham olib kelishgan. Ulardagi soz ta’mir talab bo‘ladi va natijada ular Toshkent davlat konservatoriyasining ustaxonasida faoliyat ko‘rsatayotgan buyuk xalq ustosi Usto Sirojiddinga murojaat qilishadi. Usto Sirojiddin bu cholg‘uni ta’mirlab, undan aynan nusxa oladi. Dutor sinfi bo‘yicha ustoz Boqijon Rahimjonov bu cholg‘uni ijrosini o‘rganib ko‘pgina shogirdlariga o‘rgatadi. Ba’zi maktablarda soz cholg‘uchilar dastasini ham tashkil etadi. Hozirgi kunda barcha Oliy, O‘rta musiqa dargohlaridagi “An’anaviy ijrochilik” bo‘limlarida bu cholg‘uning ijrosi o‘rganilmoqda.




Rubob ijrochilik maktabini yaratgan ustozlar, buyuk sozandalar, bastakorlar, O‘zbekiston Xalq artisti Muhammadjon Mirzoyev va farzandlari maqom asarlarning yetuk bilimdoni

O‘zbekistonda Xizmat ko‘rsatgan artist Shavkat Mirzayev.




4 – Mavzu: Torli-mizrobli musiqa asboblar guruhi
UD

Ud juda qadimiy musiqa asbobidir. Uning bizga ma’lum bo’lgan dastlabki shakli Ayritomdan topilgan. Eramizning birinchi asrlariga oid ajoyib madaniyat yodgorligida o’z aksini topgan. Ud arabcha so’z bo’lib, uning lug’aviy ma’nosi turlichadir. U birinchidan, yog’ochi qora tusli daraxatning nomidir. Ud dastlab shu daraxtdan yasalgan bo’lishi kerak. Ikkinchidan, ud iborasi bayram, to’y-tomosha, xursandchilikni ifodalaydigan «iyd» iborasining ma’lum shaklidir. Bu o’rinda xushchaqchaqlik kayfiyatni bag’ishlovchi soz ma’nosida ham kelishi mumkin.

Udning dastlabki nomi «Barbad» bo’lganligini ba’zi manbalarda ko’rsatib o’tiladi. Barbad ikki so’zdan iborat bo’lib Bar-qomat, bad-o’rdak ma’nolarda keladi. Barbad qorni katta va dastasi kalta musiqasi asbobidir. Unga o’rdak qomatiga o’xshagani uchun barbad nomi berilganmish. Barbad ko’p manbalarda hamma torli asboblarning yuzaga kelishida asos bo’lgan, deb ko’rsatiladi. Uning eng takomillashgan keyingi shakli go’yo ud emish.

Ud qariyb XVII asrlargacha yashagan, deb taxmin qilinadi. Keyinchalik esa O’rta Osiyoda iste’moldan chiqib ketgan hamda udning xususiyatlari va funksiyasini bajara oladigan boshqa qadimiy musiqa asboblari uning o’rnini ola boshlaydi.

O’rta Osiyo xalqlarining, jumladan o’zbek, tojiklarning cholg’u asboblari rang-barangdir. Albatta, bu xalqlarning madaniyati qadimdan boy bo’lganligi, tinmay rivojlanganligidan dalolat beradi.

O’rta Osiyodan yetishib chiqqan buyuk allomalar al Forobiy (X), Abu Ali ibn Sino (X-XI), Qutbiddin Sheroziy, Safiuddin Urmaviy (XIII-XIV), Abdul Qodir Marog’iy (XV asr), Abdurahmon Jomiy (XV asr), Darvish Ali Changiy (XVII asr) singari mutafakkir olimlar ijodlarining bir qancha mavzularini musiqa faniga bag’ishlaganlar.

Bizning davrimizga kelib, hozirda ud cholg’usi kavkaz xalqlarida, arablarda, eron, turk va boshqa xalqlarda iste’moldan chiqmagan holda qo’llanilib kelinmoqda. Yaqin yillar davomida o’zbek va tojik xalqlari orasida ham sozandalarda qiziqish uyg’ondi, qolaversa, respublikamiz musiqa san’atining jonkuyarlari tashabbusi bilan ud cholg’usini mukammalroq o’rganib ya’ni, xalqimizning qadimiy musiqa asboblari qatoriga qo’shishdek xayrli ishlar olib borilmoqda. Yuqorida aytib o’tganimizdek, buyuk olimlar, mumtoz adabiyotimizning ulkan shoirlari, musiqa san’atini chuqur tahlil qilgan holda, inson salomatligi-yu ruhiga, tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi, qolaversa, inson hayoti go’zalligini ajralmas bo’lagi va ramzi, deb o’qtirganlar.

Qadimiy udlar, avvalo ikki torli bo’lib, ular «zir» va «bam» deb nomlangan. Bam-pastdagi, zir-yuqoridagi ingichka tor. Keyinchalik uch-to’rt torli bo’lgan. Al-Forobiy esa unga beshinchi torni o’rnatgan. Ana shundan buyon ud cholg’usining asosiy torlari beshta juft tordan iborat. Oltinchi tori (bitta tordan iborat) esa ayrim kuylar ijro etilganda qo’shib chalinadi.

Qadimda udning torlari ipakdan ishlanganligi ayrim musiqa risolalaridan bizga ma’lum. Oltinchi tor esa taxminan yaqin yillardan beri ishlatila boshlandi. Bu tor ud cholg’usining tembri, ya’ni tovushining yanada boyitdi.


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish