4. UB–spektroskopiyadan foydalanib, dialmashingan benzol hosilalaridagi orinbosarlarning joylanish tartibini aniqlash mumkin.
Ultrabinafsha (UB)-spektroskopiyada, odatda, ordinata o qiga e yoki lge abssissa o qiga esa millimikron (mmk), yoki angstrem ( A ) da ifodalangan todqin uzunligi qo‘yiladi). IQ-spektroskopiyada esa ordinata o ‘qiga quyidagi kattaliklardan biri joylashtiriladi. I /I q — o ‘tgan (yoki yutilmagan) nur miqdori, (I/I0)*100 yutilmagan nur foizi, (I0 — I)/I yutilgan nur miqdori, (I0 — I) )*100 yutilish foizi, D — lg(I0/I) — optik zichlik
E =D/c-l ekstinksiya yoki molyar yutihsh koeffitsiyenti (qavati qalinligi 1 sm bo'lgan 1 molyar eritmaning optik zichligi). Tolqin soni esa abssissa oqiga qoyiladi. T olqin soni bu bir sm masofada joylashishi m um kin bodgan todqinlar soni bodib, sm 4 da olingan tolqin uzunligining teskari qiymatidir.
YADRO MAGNIT REZONANSI (YaMR) USULI . Yadro Magnit Rezonasi usulining nazariy asoslari Yadro magnit rezonans usulini 1946 yilda Parsell va Blox bir–biridan xabarsiz holda yaratdilar va shundan so‘ng kimyo fanida qo‘llana boshladi. Ma‘lumki, har qaysi yadro spin kvant soni bir bilan tavsiflanadi va bu spinlar 0,1/2,1, 3/2,2 qiymatga ega bo‘ladi. Agar yadroda nuklonlar soni juft bolsa umumiy spin kvant soni nolga teng bo‘ladi. Agar ularning soni toq bolsa umumiy spin kvant soni yoki qiymatga ega bo‘ladi. Umumiy spin kvant soni 0 nolga teng bo‘lgan yadro magnit maydonida bir energetik holatda bo‘ladi (2·0+ 1). Bunday yadrolar YaMR–spektroskopiya uchun ob‘yekt bo‘la olmaydi. Yadroning spini () bo‘lsa, yadro tashqi magnit maydonida 2 ta energetik holatda turadi. Shunga qarab yadroda musbat zaryad ham turlicha taqsimlanadi. Zaryadli yadro o‘z o‘qida aylanganda magnit momentiga ega bo‘ladi. Bunday yadrolarning xossalarini YaMR usulida tekshirish mumkin. Yadroga radio nurlanish berilganda energiya yutilib, bir magnit–energiya darajadan ikkinchi magnit–energiya darajaga o‘tadi. Bor qoidasiga asosan birinchi holatdan ikkinchi holatga o‘tish uchun: energiya talab qilinadi. Bu yerda N–maydon kuchlanishi M–Bor magnetoni, ġ– ajralishning spektroskopik omili. Shunday qilib, moddalarni yadromagnit rezonans usulida tekshirishda tekshiralayotgan moddaga kuchli magnit maydoniga tik ravishda klistron (generator) yordamida ma‘lum takrorlikda radio to‘lqin beriladi. Yuqoridagi tenglamaga muvofiq, H– ning ma‘lum qiymatida tenglamaning o‘ng tomoni ga teng bo‘ladi, ya‘ni tenglama sharti bajariladi. Bunda magnitlangan modda tomonidan radioto‘lqin (energiya) yutiladi.
Protonlarga molekuladagi qo‘shni protonlar va boshqa funksional guruhlar ta‘sir etadi, natijada shkalada protonlarning ko‘rinishi har xil bo‘ladi. Masalan ajratilgan metil guruh bo‘lsa, uning uchta protoni shkalada bitta cho‘qqili uch protonga teng bo‘lgan singletga ega bo‘ladi. Agar metil guruhning yonidagi uglerodda bitta proton bo‘lsa uning ta‘sirida ikkita cho‘qqili uch protonga teng bo‘lgan dublet hosil bo‘ladi. Shunday qilib, YaMR usuli molekuladagi vodorod atomlarining sonini va qanday holatda joylashganligini yaqqol ko‘rsatib, birikmaning tuzilishini aniqlashda katta yordam beradi[3]
Do'stlaringiz bilan baham: |