Xromatogrammaning o ‘lchamlari. Agar harakatchan faza oqimining m a’lum xossasini sorbent qatlam idan chiqishida vaqt birligida yoki harakatchan faza hajmida o ‘zgarishi qayd qilib turilsa, registrator lentasida chiqish xrom atografik egri chizig‘i — xromatogramma yoziladi. Chiqish egri chizig‘lning tutib qolish parametrlari deb ataluvchi p arametrlari aralashmadagi moddalarni ajratish natijalarini ifodalash vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ajratiluvchi moddalarga nisbatan q o ‘zg‘almas fazaning sorbsion qobiliyati tutib turish vaqti tR bilan ifodalanadi. Bu xromatogrammada moddani sorbent qatlam iga kiritish paytidan m oddaning sorbent qatlam idan maksimal konsentratsiyada harakatchan faza oqimida chiqishini ochiltirish paytigacha b o ‘lgan oraliqni ko‘rsatadi. Bunda harakatchan fazaning sorbent qatlamidan o‘tgan hajmi tutib qolish hajmi tR deyiladi:
VR = tR* v .
bu yerda v — harakatchan fazaning hajmiy tezligi.
t Ro (vR 0 )orqali yutilmaydigan kom ponentning tutilib qolish vaqti (hajmi) belgilanadi.
Chiqish egri chizig‘ining (cho‘qqining) balandligi h cho‘qqining maksimumidan nol chizig‘igacha tushirilgan tik chiziqdir. Nol chizig‘I xromatogrammaning bir qismi bo'lib, kolonkadan toza holdagi harakatchan faza chiqishi paytidagi detektor signalini qayd etish natijasida olinadi. Cho'qqi kengligi p-egri chiziqning bukilish nuqtalarida egri chiziqqa o‘tkazilgan urinmalarning nol chiziqda kesishgan kesmasi yoki balandlik o‘rtasidagi p05 cho‘qqi konturi nuqtalari orasidagi masofa hisoblanadi.
Ion almashish xromatograflyasi. Ion almashish xromatograflyasi suyuq harakatchan faza ionlarini qo‘zg‘almas fazadagi qattiq yoki suyuq moddalarning ionlari bilan qaytar stexiometrik almashinishiga asoslangan. Almashina oladigan harakatchan ionlari bor m oddalar ionitlar yoki ion almashuvchismolalar deb ataladi. Ular qattiq va suyuq m oddalar bo ‘lishi mumkin. Ion almashinish xromatografiyasida ko‘pchilik hollarda qattiq ionitlar ishlatiladi. Almashinuvchi ionlaming zaryadiga qarab ionitlar kaiionitlar(yoki kation almashuvchilar) va anionitlarga (anion almashuvchilar) ajratiladi. Amfoter ionitlar ham mavjud bo ‘lib, ular bir vaqtning o‘zida ham kationlarini, ham anionlarini alm ashtira oladi.
Ion almashinish xromatografiyasining usullari.
Eluyent usulida ionlar adsorbilangan ion almashinish kolonkasini siqib chiqaruvchi
suyuqlik-elektrolit eritmasi bilan yuvish nazarda tutiladi. Bunda eng kam adsorbilanadigan ionlar kolonkadan birinchi boTib siqib chiqariladi, kuchliroq adsorbilangan ionlar keyinroq chiqadi. Kolonkadan chiquvchi eluyat fraksiyalarda alohida ionlar bo ladi.Eluyent usulida siqib chiqaruvchi elektrolit sifatida tarkibida smolaning ionogen guruhlari ajratib chiqaradigan ionlar bo‘ladigan moddalardan (kation-almashuvchilar uchun HCl, anionalmashuvchilar uchun esa NaCl dan — CU ajratuvchilardan) foydalaniladi.Ajratish va yuvish tugagandan keyin kolonkada boshlang‘ich shakldagi ionit qoladi. Uni qaytadan ishlatish mumkin. Siqib chiqarish usuli eluyent usulining bir turi hisoblanadi. Unda ishlatiladigan siqib chiqaruvchi eritma tarkibida smolaga ajratiluvchi aralashma ionlariga nisbatan yaxshiroq yutiladigan ionlar bo‘ladi. Ion almashinish xromatograflyasi kolonkalarda o‘tkaziladi, ularga oldindan bo‘ktirilgan ion alm ashinuvchi smolalar to‘ldiriladi. Kolonkalarining bir me’yorda to‘lishi uchun smolalarning osmalari ishlatiladi.