Neft bera olish koeffitsienti



Download 161,5 Kb.
bet1/5
Sana11.04.2022
Hajmi161,5 Kb.
#543916
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Islom

Neft bera olish koeffitsienti


Neft bera olish koeffitsienti   kollektorning litologik-fizik xususiyatlariga, qatlamni to‘yintiruvchi neftxususiyatlariga, konni ishlatish sur’ati va tizimlariga, konni ishlatish metodlari va h.k.larga bog‘liq. Uning qiymati ma’lum darajada qatlam rejimi va neftni siqib chiqaruvchi omil xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Qatlam fazali o‘tkazuvchanligiga ko‘ra, uning hajmiga nisbatan 20% natijasida qatlamdagi g‘ovak hajmidan neftni yer yuzasiga chiqarib bo‘lmaydi, hatto neftolishni jadallashtirish metodlari va konni ishlatishning ikkilamchi metodlari qo‘llaganda ham neftni deyarli ajratish imkoni bo‘lmaydi. Laboratoriyada bajarilgan tajriba ishlari shuni tasdiqlaydi.
Neft bera olish koeffitsienti qiymati odatda qatlam rejimiga bog‘liq holda o‘zgaradi:
samarador suvbosimli rejim uchun.................................. 0,65-0,8 tarang - suvbosimli rejim uchun....................................... 0,5-0,7 gaz qalpog‘ining samarador rejimi uchun....................... 0,4-0,6 gaz qalpog‘ining samarador bo‘lmagan rejimi uchun........ 0,4 гача
erigan gaz rejimi uchun ....................................................... 0,2-0,4 gravitatsion rejim uchun....................................................... 0,1-0,2
AQShning bir qator formatsiyalarida joylashgan va bir xil tuzilishga ega bo‘lgan kollektorlarning neft bera olish koeffitsientining qiymatlari quyidagicha o‘zgaradi: erigan gaz rejimi uchun - 0,14-0,32; gaz bosimli rejim uchun - 0,18-0,40 va suv bosimli re-jim uchun - 0,30-0,66.
O‘zbekiston Respublikasidagi Farg‘ona, Surxondaryo va Buxoro-Xiva neftgazli oblastlarda neft bera olish koeffitsienti suv bosimli re-jimda 0,1-0,3 (Tergachi koni), 0,25-0,32 (Voriq), 0,32-0,35 (Mirshodi koni) o‘zgarishi aniqlangan.
Neft bera olish koeffitsienti qiymati, odatda, yoriqli va litologik tarkibi har xil bo‘lgan kollektorlarga nisbatan tarkibi bir xil qumli kollektorlar uchun yuqori bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi va AQSH konlarida qatlamga ikkilamchi ta’sir etish natijasida yakuniy neft bera olishlik qatlamga suv haydalganda uning boshlang‘ich balans zaxirasidan o‘rtacha 20%ga, gaz haydalganda esa - 10% ga ko‘paygan.
Kubandagi konlarning sharqiy guruhi bo‘yicha erigan gaz rejimida (suv bosimli rejim nosamarador bo‘lganda) neft bera olishning o‘rtacha koeffitsienti 0,41 ni tashkil qilgan. Qatlamga havo haydab ta’sir etilganda neft bera olish koeffitsientini 0,5 gacha oshirishga, ya’ni deyarli 22%ga ko‘paytirishga erishildi.
Demak, neft bera olish koeffitsienti qiymati strukturada quduqlarning joylashish to‘ridagi zichligiga bog‘liq. Odatda, quduqlar to‘ridagi zichlik kamayganda (ayniqsa har xil tarkibli kollektorlar uchun) uning qiymati ham kamayadi.
Qatlamga ikkilamchi ta’sir etilganda neft bera olishlik koeffitsienti qiymati uyum tabiiy sharoitlardagi rejimda ishlayot-ganiga qaraganda bir muncha yuqori bo‘ladi.
Shunday qilib, neft bera olish koeffitsienti qiymatini tanlashda quyidagilarni hisobga olish kerak: o‘xshash zaxirasi tugayboshlagan neftuyumlarini ishlatish tajribalari; qatlamning ish rejimi, qatlamga ta’sir etish metodi (agar u qo‘llanilsa), quduqlarning joylashish zichligi, qatlamning litologik-fizik tavsiflari va qatlam sharoitlaridagi neft va gazning xususiyatlari.
Qatlamni ishlatilib bo‘linganligini va aniqlangan neftbera olish koeffitsienti qiymatini nazorat qilish uchun qatlamni so‘ngan qismidan kernlar olish va ularni tahlil qilish zarur.


Uyumning neft bera olishini loyihalash


Uyumning neft beraolishi neftning boshlang‘ich balans zaxirasidan foizda aniqlanadi, yoinki o‘lchamsiz kattalik bo‘lib, uyumning neft beraolishlik koeffitsienti orqali aniqlanadi. Neft beraolishlik koeffitsienti qazib olinadigan neft zaxiralari hajmining uning boshlang‘ich balans zaxirasi hajmiga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi.
Kon sharoitida neft beraolishlikni o‘rganishda yer qa’ridan neftni qazib olishning quyidagi ko‘rsatkichlari aniqlanadi:

  1. yakuniy neft beraolishlik - fan va texnikaning ayni paytdagi rivojlanish darajasi va imkoniyatiga ko‘ra qazib olingan neft miqdorining uning balans zaxirasi miqdoriga bo‘lgan nisbati;

  2. joriy neft beraolishlik - hisoblash sanasi uchun qazib olingan neft miqdorining boshlang‘ich balans zaxirasiga bo‘lgan nisbati;

  3. qatlamning suv bostirilgan hajmining neft beraolishligi - uyumning suv bostirilganligi sababli keyinchalik neft olish to‘xtatilgan qismidan qazib olingan neft miqdorining uning shu qismidagi boshlang‘ich zaxirasiga nisbati.

Uyumning ishlatish sistemasini loyihalashda uning yakuniy neftberaolishlik koeffitsienti miqdorini tanlash murakkab vazifa hisoblanadi, chunki u ko‘pgina omillarning ta’siri bo‘yicha aniqlanadi. Ko‘pincha yangidan ishga tushirilayotgan uyumlarni neftberaolishlik miqdorini tanlashda, geologik tuzilishi o‘xshash ishlatilayotgan yoki ishlatilib bo‘lingan uyumlardan olingan ma’lumotlar asos qilib olinadi.
Bundan tashqari loyihalash bosqichida qatlamni yakuniy neftberaolishlik imkoniyatini bashoratlash uchun uning qiymatiga ta’sir etadigan turli geologikgeofizik omillarni hisobga olish zarur.
Nisbatan bir tarkibli va har xil tarkibli terrigen kollektorlarning neft beraolishlik koeffitsientini  jinslarning o‘tkazuvchanligi kna va neftning harakatchanligiga о bog‘liqligi 2.18-rasmda ko‘rsatilgan. Qatlamlarni bu yoki boshqa guruhga kiritish mezoni qilib uch ko‘rsatkich - bo‘linish koeffitsienti, qumlilik koeffitsienti va mahsuldor gorizont tarkibidagi xarakterli qatchalar soni olingan. Nisbatan bir xil tarkibli obektlarga bo‘linish koeffitsienti 2,1 dan kam, qumlilik koeffitsienti 0,75 dan ortiq va kesimida xarakterli qatchalar soni uchtadan kam bo‘lgan gorizontlar kiritilgan. Tuzilishi har xil tarkibli obektlarga esa bo‘linish koeffitsienti 2,1 dan ortiq, qumlilik koeffitsienti 0,75 dan kam, kesimida uchtadan ko‘p xarakterli qatchalar bo‘lgan gorizontlar kiritilgan.
Shunga qaramay, 2.18-rasmda keltirilgan grafiklarda neft beraolishlikning yakuniy qiymatiga ta’sir etadigan geologik omillar, shu jumladan, qatlamning geologik tuzilishi va quduqlarni joylashtirish to‘rining zichligi inobatga olinmagan.
Boshlang‘ich balans zaxiralari 50 mln. t dan ortiq bo‘lgan neft uyumlari uchun  ni aniqlash va tanlash uyumni ishlatishning turli variantlarini tuzish va geologik, gidrodinamik va iqtisodiy ma’lumotlarni hisobga olgan holda uning eng yaxshi variantini tanlash orqali amalga oshiriladi.

2.18-rasm.Suv bosimli rejimda ishlatilayotgan, o‘tkazuvchanligi turlicha bo‘lgan, nisbatan bir tarkibli (a) va har xil tarkibli (b) terrigen g‘ovakli kollektorlarda η ning
о ga bog‘liqligini ifodalaydigan grafiklar
Rus olimi V.N. Shelkachev η ni aniqlashda quduqlar to‘rining zichligini ularning joylashishiga bog‘liqligi orqali hisoblashni taklif etdi:
 Kс eaS ,
bunda Кs  neftni siqib chiqarish koeffitsienti; S  quduqlar to‘rining zichligi, km2/quduq; а  qatlamning kollektorlik xususiyatlari va ularni to‘yintiruvchi suyuqliklar xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan proportsionallik koeffitsienti; е  natural logarifmlar asosi.
Geologik tuzilishi o‘xshash, ishlatishning so‘nggi bosqichida bo‘lgan va zaxirasi tugab borayotgan neft uyumi uchun dastlab , Кs va S ning ma’lum qiymatlari bo‘yicha neft uyumining proportsionallik koeffitsienti а aniqlanadi.
So‘ngra, hisoblab chiqilgan а koeffitsientdan foydalanib, yangi neft uyumi uchun Кs va S ning turli miqdorlari uchun  aniqlanadi.
Erigan gaz rejimli neft uyumlari uchun yakuniy neftberaolishlik koeffitsienti neftning qovushqoqligiga, qatlam neftining hajmiy koeffitsientiga, neftda gazning eruvchanligiga, qatlamning har xillik darajasiga bog‘liq.
Umuman quyidagilarni ta’kidlash mumkin. Qovushqoqligi kam bo‘lgan neftning qovushqoqligi yuqori bo‘lganlariga nisbatan neft beraolishlik koeffitsienti yuqori bo‘ladi, chunonchi: n=0,4-25 mPas bo‘lganda  qariyb 0,65, n=2,5-5,0 mPas bo‘lganda  0,60 va n=5,4 mPas bo‘lganda  0,50 ga teng bo‘ladi. Shuningdek, qatlamning suv o‘tkazuvchanligi  ning o‘lchamiga ta’sir ko‘rsatadi: masalan, qatlamning suv o‘tkazuvchanligi 0,2х10-12 m3/(mPаs) bo‘lsa,  qariyb 0,43 ga, (0,20,4)х10-12 m3/(mPаs) da esa  0,53 bo‘ladi va 0,4х10-12 m3/(mPаs) ga teng bo‘lganda esa  0,60-0,65 ga yetadi.
Ma’lumki, hajmiy koeffitsienti yuqori bo‘lgan neftli qatlamni ishlatishda qatlamning neft beraolishlik koeffitsienti kam bo‘ladi va aksincha hajmiy koeffitsienti kam bo‘lgan neftli qatlamni ishlatishda uning neft beraolishlik koeffitsienti yuqori bo‘ladi. Nihoyat, gazning neftda eruvchanlik koeffitsienti yuqori bo‘lgan neftli qatlamlarda  ning qiymati gazning neftda eruvchanlik koeffitsienti kam bo‘lgan qatlamlarga nisbatan yuqori bo‘ladi.
Neft hoshiyalari uchun neft beraolishlik koeffitsienti qiymati mahsuldor qatlamning kollektorlik xususiyatlariga, neft hoshiyasining vertikal bo‘yicha qalinligiga va neftning qovushqoqligiga bog‘liq holda 0,10-0,12 dan 0,20-0,25 atrofida o‘zgaradi.
Geologik tuzilishi har xil tarkibli bo‘lgan neft qatlamlarini samarali ishlatish va neft beraolishlikni yuqori darajaga ko‘tarish uchun uyumni ikki bosqichda burg‘ilashni loyihalash maqsadga muvofiq. Birinchi bosqichda - ishlatish va haydash quduqlari bir maromdagi siyrak to‘r bo‘yicha burg‘ilanadi, ikkinchi bosqichda - zaxira (rezerv) quduqlar burg‘ilanadi.
Birinchi bosqichda burg‘ilangan ishlatish quduqlari qatlamning asosiy qismini ishga tushirishi va uyumni ishlatishning birinchi yillarida ehtiyojga yarasha neft chiqarilishini ta’minlashi lozim.
Zaxira quduqlari geologik ma’lumotlarga asoslangan holda qatlamning ishlamayotgan uchastkalarini qamrab olib, uni to‘liq ishlatish maqsadida loyihalashtirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zaxira quduqlarini joylashtirishda qatlamga suv bostirish sistemasining takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlar ham hisobga olinishi lozim.
Zaxira quduqlarining soni suv va neft qovushqoqligi nisbatiga, burg‘ilanadigan quduqlar to‘rining zichligiga va qatlamning har xil tarkibdaligiga bog‘liq.
Umuman zaxira quduqlarining soni uyumning geologik tuzilishining murakkabligiga qarab aniqlanadi. Tuzilishi nisbatan bir xil bo‘lgan ishlatish obektlaridagi uyumlar va qovushqoqligi yuqori bo‘lmagan neftuyumlari uchun zaxira quduqlari fondi quduqlarning umumiy sonining 10% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Mahsuldor qatlamlar litologik tuzilishining har xillik darajasi va neft qovushqoqligi yuqori bo‘lgan uyumlar bo‘yicha quduqlarning zaxira fondi ularning asosiy fondining 30 % ni tashkil etishi mumkin. Zaxira quduqlari odatda suv haydash va uyumni ishlatish quduqlari kam bo‘lgan uchastkalarda joylashtiriladi.
Demak, qatlamni ikki bosqichli burg‘ilashning asosiy vazifasiga uyumni har tomonlama to‘liq o‘rganish, ishlatish sur’atini oshirish va yakuniy neft beraolishlikni ko‘paytirish kiradi.
Texnik-iqtisodiy va gidrodinamik hisoblashlardan ma’lum bo‘lishicha, qatlamning yuqori darajadagi neft beraolishligi bir qatorli, blokli va maydoniy suv bostirish sistemalarini loyihalash orqali amalga oshiriladi. Qatlamga jadal suv bostirish sistemasining ko‘p qatorli ishlatish sistemasidan afzalligi qatlamlarning noqulay geologik-fizik xususiyatlari namoyonlanganda ko‘zga tashlanadi.
Neft beraolishlik koeffitsientini oshirish uchun uyumni ishlatishning bunday jadal sistemalarining qovushqoqligi yuqori bo‘lgan neft uyumlariga tadbiq etish ham maqsadga muvofiqdir.


Download 161,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish