4.1.4. Asosiy vositalarni tamirlashning hisobi.
Asosiy vositalar ekspluatatsiya qilish natijasida borgan sayin ozining dastlabki
holatini yoqotib boradi. Shuning uchun ularni ishchi holatda ushlab turish uchun
tamirlash lozim boladi.
Asosiy vositalarni tamirlash ikki turga bolinadi: joriy va kapital.
Joriy tamirlash deganda, asosiy vositalarni vaqtidan oldin ish layoqatini
yoqotmaslik uchun vujudga kelgan kichik xajmdagi texnik buzilishlar va lat eyishlarni
tuzatish boyicha doimiy va oz vaqtida otqazilgan profilaktik harakterga ega bulgan
tamirlash ishlari tushuniladi. Odatda, joriy tamirlash muddati bir yildan
oshmaydi,bunday tamirlashda asosiy vositaning u yoki bu qismi almashtirilmaydi. Joriy
tamirlash ishlari joriy tamirlash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu
dalolatnomada qilingan ishlarning turlari, sarflangan materiallarning qiymati, ketgan
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
64
mehnat vaqti va qiymati, shuningdek boshqa harajatlar korsatiladi. Dalolatnoma joriy
tamirlashga masul shaxslar tomonidan imzolanadi, korxona rahbari tomonidan
tasdiqlanadi.
Kapital tamirlash deganda, malum bir vaqtdan keyin ( odatda, bir yildan keyin )
asosiy vositalarni toliq qismlarga ajratish, kerak bolganda u yoki bu layoqatsiz bolib
qolgan qismlarni toliq almashtirish boyicha bajarilgan tamirlash ishlari tushuniladi.
Kapital tamirlash xajmi, murakkabligi va qiymati boyicha joriy tamirlashdan katta farq
kiladi. Kapital tamirlash ishlari maxsus kapital tamirlash dalolatnomasi bilan
rasmiylashtiriladi.
Qabul qilingan buxgalteriya hisobi togrisida Qonunga, Solik Kodeksiga, mahsulot
(ish,xizmat)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha harajatlar tarkibi va moliyaviy
natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizomga, BXMS №1 «Hisob siyosati va
moliyaviy hisobot»ga muvofiq korxonalar joriy va kapital tamirlashni mablag bilan
taminlashni quyidagi ikki usulning birida amalga oshirishlari va tanlangan usulni
ozlarining hisob siyosatlarida belgilab olishlari lozim :
Tamirlash uchun maxsus rezerv tashkil etish va barcha harajatlarni ushbu rezerv
hisobidan koplash usuli
Tamirlash ishlari kiymatini rezerv tashkil etmasdan harajatlarga bevosita olib
borish usuli
Birinchi usulda korxona tamirlash ishlari uchun har oyda ozi belgilab qoygan
meyorlarda maxsus rezervga ajratmalar qilib boradi. Joriy va kapital tamirlash ishlari
yakunlangan oyda ularning qiymati tegishli tasdiqlangan dalolatnomalar asosida rezerv
evaziga hisobdan chiqariladi. Yil oxirida tamirlash uchun tashkil etilgan rezervning
ishlatilmay qolingan qismi harajatlarni kamaytirishga olib boriladi yoki soliq bazasiga
qayta kiritish sharti bilan kelgusi yilga otqaziladi.
Tamirlash uchun maxsus rezerv tashkil etilganda tuzilgan raschet asosida quyidagi
buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |