5-son BHMSning 20-bandiga muvofiq, majburiyatlari umumiy summada ifodalangan asosiy vositalar obyektlarining boshlangich qiymati mazkur summani asosiy vositalarning alohida obyektining joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash yoli bilan aniqlanadi. Bu yerda, nazarda tutiladiki, agar xojalik yurituvchi subyekti buxgameriya hisobida alohida ilentifikatsiyalanaligan asosiy vositalarning bir necha obyektini bitta shartnomaviy qiymatga sotib olsa, bunday holatda umumiy summaga sotib olingan asosiy vositalar har bir obyektining kirim qilinishi lozim bolgan qiymati, yani boshlangich qiymati sotib olingan asosiy vositalar obektlarining umumiy bozor qiymatidagi har bir obyektning bozor qiymati ulushiga qarab aniqlanadi. Ushbu meyor mohiyatini quyidagi -misolda korib chiqamiz. 4-misol. "Hamkor" MChJ 2006 yil 20 mayla "Operativ" AJdan mulkiy majmuani 250000 m.som bolgan umumiy summaga sotib oldi. Ushbu mulkiy majmua quyidilardan iborat: ishlab chiqarish binosi, minorali inshoot va madanli ichimliklarni quyish boyicha texnologik liniya. 2006 yil 25 mayda xarid boyicha barcha summa tolab berildi. Kochmas mulkni royxatga olish, davlat boji tolovi, brokerlik haqi bilan bogliq sarflar, shuningdek aktivni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bogliq boshqa xarajatlar, shu jumladan sotib olingan mulkni baholash boyicha sarflar jami 50000 m.somni tashkil etdi. Baholovchi kompaniyaning xulosasiga kora asosiy vositalarning har bir obyekti quyidagi tarzda baholandi: ishlab chiqarish binosi 160000 m.som, minorali inshoot 120000 m.som, texnologik liniya 80000 m.som. Baholovchi kompaniyaning xulosasidan kelib chiqib, har bir asosiy vositalar obyektining bozor qiymatining sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining umumiy bozor qiymatidagi ulushini osonlikcha aniqlash mumkin bolali. Ular quyidagi korinishga ega:
Yuqorida keltirilgan mulkii majmuani sotib olish va uni ishchi holatiga keltirish bilan bogliq umumiy xarajatlar summasi 300 000 m.somga teng (250000+50000 m.som) bolgani sababli, sotib olingan asosiy vositalar har bir obyektning boshlangich qiymati quyidagi korinishga ega:
Asosiy vositalar obyekti
Boshlang'ich qiymat
Bozor kiymatining
ulushi
Hisob-kitob
Ishlab chiqarish binosi
133 000
4/9
(4/9x300 000)
Minorali qurilma
100 000
1/3
(1/Zx300000)
Тexnologik liniya
67 000
2/9
(2/9x300 000)
JAMI:
300 000
"Hamkor" MChJ buxgalteriya hisobida mulkiy majmuani sotib olish bilan bog’liq operatsiyalar quyidagicha aks ettirilali:
a) asosiy vositalar obyektlarini xarid qilishning umumiy summasiga: Dt 0820 -"Asosiy vositalarni xarid qilish" schyoti - 250000 m.som, Kt 6010 -"Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga tolanadigan schyotlar" schyoti-250000 m.som.
b) xarid qilingan asosiy vositalar obektlari haqini tolash: Dt 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga tolanadigan schyotlar» schyoti-250000 m.som, Kt 5110 - «hisob-kitob schyoti" schyoti- 250000 m.som.
v) asosiy vositalar obektlarini xarid qilish va ularni ishchi holatga keltirish bilan bogliq xarajatlar summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni xarid qilish" schyoti- 50000 m.som, Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti -50000 m.som.
g) xarid qilingan asosiy vositalar obyektlarini kirim qilish (foydalanishga topshirish): Dt 0120 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar ishlab chiqarish binosi" schyoti-133000 m.som, Dt 0120 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar minorali inshoot" schyoti- 100000 m.som, Dt 0130 - «Mashinalar va uskunalar texnologik liniya" schyoti- 67000 m.som, Kt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti -300000 m.som.
5-son BHMSning 21 moddasida buxgalteriya hisobiga qabul qilingandan song asosiy vositalarning qiymati, Ozbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va mazkur standartda belgilangan holatlardlan tashqari hollarda, ozgartirilmasligi nazarda tutilgan. Masalan, 5-son BHMSga muvofiq, buxgalteriya hisobiga qabul qilingan asosiy vositalarning boshlangich qiymatini ozgartirishga qoshimcha qurilish, qoshimcha jihozlash, rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish, texnik qayta qurollantirish, qisman tugatish va asosiy vositalarni qayta baholash holatlarida ruxsat etiladi. Qoshimcha qurish, qayta jihozlash, zamonaviylashtirish ishlariga asosiy vositalar obyektining texnologik yoki xizmat vazifasini ortiqcha yuklamalar va boshqa yanada yaxshilaydigan sifatlar orqali ozgartirishlar natijasida kelib chiqadigan ishlar kiritiladi. Yani asosiy vositalar obyekti bilan bogliq amalga oshirilgan keyingi xarajatlar aktiv sifatida tan olinishi mumkin, qachonki ular asosiy vositalar samaradorligini dastlab hisoblangan meyorlarini sezilarli ravishda oshirish yoki asosiy vositalarning ushbu obyektini dastlab balansga qabul qilishda belgilangan xizmat qilish meyori jiddiy tarzda uzaytirish yoli bilan ularning holatini yanada muhim ravishda yaxshilashga olib kelsa. Odatda, qayta tiklash ishlarida ishlab chiqarishni takomillashtirish va texnik iqtisodiy korsatkichlarini oshirish bilan bogliq asosiy vositalarning mavjud obyektlari qayta ozgartiriladi va ushbu ishlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ish, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o’zgartirish maqsadida asosiy vositalarni qayta tiklash loyihasi bo’yicha amalga oshiriladi. Тexnik qayta qurollanish deyilganda ilg’or texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, manaviy jihatdan eskirgan va tabiiy ravishda yemirilgan uskunalarni ota unumdor yangilari bilan almashtirish va zamonaviylashtirish asosida asosiy vositalar yoki ularning alohida qismlarining texnik-iqtisodiy korsatkichlarini oshirish boyicha kompleks tadbirlar tushuniladi. Yuqorida qayd etilganidek, asosiy vositalar obyektini qoshimcha qurish, qoshimcha jihozlash, rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish va texnik qayta qurollantirishga xarajatlari tugallanishi natijasida asosiy vositalar obyektining dastalabki qabul qilingan amal qilishi meyorining korsatkichlarini oshishi sababli, ushbu xarajatlar mazkur obyektlarning boshlangich qiymatini oshiradi. Asosiy vositalarning dastlab tan olingan qiymatini ozgartirish mumkin bolgan keyingi sabab ularni qayta baholashdir. Masalan, asosiy vositalarni qayta baholash deganda, asosiy vositalar obyektlarining qayti tiklash qiymatini bozor narxining hozirgi darajasiga mos keltirish maqsadida vaqti-vaqti bilan aniqlashtirish tushuniladi. Хo’jalik yuritish amaliyotida asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati O’zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari bilan ham qayta baholanishi mumkin. Bunday vaziyatda asosiy vositalar qayta baholash natijasida buxgalteriya hisobi va hisobotida joriy qiymati boyicha aks ettirilishi kerak. Bunda 5-son BHMSga muvofiq, joriy qiymat deganda asosiy vositalarning muayyan sanaga qadar bolgan holatga kora amaldagi bozor narxlari boyicha qiymati yoki bitim tuzishni xohlagan, xabardor, bir-biriga bogliq bolmagan tomonlar ortasida bitim tuzilgan holda aktivni egallash yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bolgan summa tushuniladi. Asosiy vositalarning boshlangich (qayta tiklash) qiymati qayta baholangan holda, ularning qayta baholash sanasiga qadar toplangan eskirish summasi asosiy vositalar boshlangich (qayta tiklash) qiymatining tegishli ozgarish indekslariga nisbatan tuzatiladi va keyinchalik eskirish hisoblanishi qayta baholangan qiymatdan kelib chiqib amalga oshiriladi. Malumki, asosiy vositalar hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxi boyicha bevosita qayta hisoblash yoki indekslash yoli bilan qayta baholanishi mumkin.18 Agar qayta baholash natijasida asosiy vositalarning bahosi oshadigan bolsa, asosiy vositalar obyektining qoshimcha oshgan bahosi summasi zaxira kapitali tarkibidagi 8510 - «Mulkni qayta baholash boyicha tuzatishlar" schyotiga olib boriladi. Biroq, qayta baholash natijasida asosiy vositalar, shuningdek arzonlashishi ham mumkin. Bunda, qayta baholash natijasida asosiy vositalar obyekti bahosining arzonlashgan qismi summasi ushbu obyekt boyicha oldingi hisobot davrlarida otkazilgan qayta baholash natijasida hosil bolgan qoshimcha oshgan baho summasi miqdorida zaxira kapitalini kamaytirishga, yani 8510 - «Mulkni qayta baholash boyicha tuzatishlar" schyotiga olib boriladi. Asosiy vositalar obyekti bahosining arzonlashgan qismi summasining ushbu obekt boyicha qoshimcha oshgan baho summasidan ortiqcha miqdori 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar" schyotiga olib boriladi. Hisobot yilining birinchi sanasiga bolgan holatida otkazilgan asosiy vositalarni qayta baholash natijalari buxgalteriya hisobida aks ettirilishi lozim. Qayta baholash natijalari oldingi hisobot yili uchun tuzilgan moliyaviy hisobot malumotlariga kiritilmaydi va hisobot yilining boshlanish sanasidagi moliyaviy hisobot malumotlarini shakllantirishda qabul qilinadi. Bunda, oldingi yil oxiri holatidagi malumotlarning hisobot yili boshlanishi holatidagi malumotlar bilan togri kelmasligi hisobot yilining birinchi sanasidagi holati boyicha otkazilgan asosiy vositalarning qayta baholanishi natijalari sifatida tushuntiriladi va u joriy davr uchun tuzilgan moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida bayon etiladi.