Dt Тugallanmagan qurilish
Kt Foizlar bo’yicha xarajatlar
Foiz ko’rinishidagi xarajatlarni hisobga olish alohida mavzu sifatida ko’rib chiqiladi. Shu sababli bu erda umumiy holatlargagina to’xtalib o’tdik xolos.
Korxonalar odatda aktivni xarid qilganidan keyingi vujudga kelgan barcha xarajatlar togrisidagi malumotlarni ochib beradi, bu malumotlar moliyaviy hisobotlarning tushuntirish xatlariga kiritiladi.
Asosiy vositalarni keyinchalik baholash. Malumki, asosiy vositalar vaqti - vaqti bilan hukumat qarorlariga muvofiq qayta baholab turiladi. Qayta baho-lashlarni amalga oshirish uchun quyidagi umumiy holatlarni bilish zarur:
Qayta baholash hukumat qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Jamgarilgan amortizatsiya qayta baholash sanasiga aktivning boshlangich qiymatini ozgarishiga mutanosib ravishda shunday tuzatish qilinishi kerakki, natijada qayta baholanayotgan summa haqiqiy qiymatga teng bolsin;
Aktivlarni saqlash xarajatlarining qayta baholash natijasi sifatida oshib ketganda, bunday oshib ketishi operatsiyalar togrisidagi hisobotda daromad sifatida emas, balki balans hisobotida qayta baholash natija-sida vujudga kelgan qoshimcha kapital sifatida hisobga olinadi;
Qayta baholash natijasida aktivlarni saqlash xarajatlari kamayganida; agarda qayta baholashdan song qoshimcha qiymat paydo bolmasa kamayish moliyaviy natijalari togrisidagi hisobotida xarajatlar sifatida hi-sobga olinadi.
Asosiy vositalarni qayta baholash har yili (1 fevralgacha) 1- yanvar holatiga kora qayta baholash otkazilayotgan paytdagi narxlar darajasidan kelib chiqib amalga oshirilishi lozim. Asosiy vositalarni qayta baholash Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2002 yil 29 oktyabrda 129-son bilan tasdiqlangan «1 yanvar xolati boyicha asosiy fondlarni har yillik qayta baholashni otkazish tar-tibi togrisidagi» Nizom bilan tartibga solinadi.
Barcha asosiy vositalar, ornatish uchun uskunalar, tugallanmagan qurilish obektlari,uzoq muddatli ijaradagi asosiy vositalar, yani texnik holatidan qat-iy nazar, foydalanishda va foydalanishda bolmagan, konservatsiyada bolgan, hi-sobdan chiqarishga tayyorlangan, lekin chiqarish dalolatnomasi bilan rasmiylash-tirilmagan, shuningdek tugallanmagan qurilish va ornatishga mo’ljallangan us-kunalar korxona mulkchiligida, tezkor boshqaruvida va uzoq muddat ijarada bo’lgan asosiy vostalar qayta baholanishi lozim.
Хo’jalik yurituvchi sub’ektning hohishiga ko’ra asosiy vositalar quyidagi ikki xil usul bilan baholanishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |