Asosiy vositalarning chiqib ketishishini hisobga olish” mavzusida



Download 154,5 Kb.
bet4/11
Sana28.04.2022
Hajmi154,5 Kb.
#589069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5418041556743494687

Qo’shimchalar kiritish. Mavjud asosiy vositalarga qo’llanadigan uzay-tirish, oshirish va kengaytirish ishlari bilan bog’lik xarajatlar asosiy vosi-talarga qo’shimchalar kiritish xarajatlari deb tavsiflanadi. Misol tariqasida, mavjud binoga qo’shimcha qanot yoki xonaning qurilishi. Qo’shimchalar kiritish kapital xarajatlar hisoblanadi va asosiy vositalarning tannarxiga olib bori-ladi.
Ma’lumki, bir qator korxonalar ishlab chiqarish bino va inshootlarini atrof muhitning ifloslantirmaslik maqsadida maxsus qurilmalar bilan jihozlaydilar. Ba’zi hollarda bu qurilmalarining qiymati atrof - muhitni ifloslantiruvchi dastgohlar qiymatidan ko’proq ham bo’ladi. Bunday hollarda bu asboblar qiymati alohida kapitallashtiriladi va asosiy vositalarga qo’shimchalar kiritish sifatida eskirish hisoblab boriladi.
Qayta o’rnatish va tartibga solish. Ma’lumki, asosiy vositalarning samaradorligini oshirish maqsadida qayta o’rnatish maqsadida o’zgartirish va qayta qurish ishlari amalga oshiriladi. Agarda qayta qurishdan olinadigan manfaat joriy hisobot davriga taalluqli bo’lsa, u holda qilingan ishlar qiymati kapital xarajatlar tarkibiga kiradi. Bunday xarajatlar alohida aktiv, muddati uzaytirilgan bino yoki maxsus bino sifatida kapitallashtiriladi. Bu xarajatlar qayta qurishdan foyda olish boshlangan davridan keyingi vaqt davomida eskirish hisoblab boriladi.
Keyingi kapital qo’yilmalar hisobi. Agarda asosiy vositalarlarga qilingan kapital qo’yilmalar aktivning holatini boshlang’ich baholangan me’yoriy ko’rsat-kichlaridan yuqoriroq darajada yaxshilab, kelgusida iqtisodiy manfaatni oshi-shiga olib kelish ehtimoli mavjud bo’lsa, u holda kapital qo’yilmalar aktivning balans qiymatiga qo’shiladi (kapitalizatsiya qilinadi). Yaxshilanishi natijasida iqtisodiy manfaatdorlikni oshishiga olib keluvchi misollar bo’lib, quyidagilar xizmat qiladi:
asosiy vositaning foydali xizmat muddatini uzaytirish bilan birga quvvatini oshirish maqsadida rekonstruktsiya qilish;
asosiy vosita yordamida ishlab chiqarilayotgan maxsulotning sifatini tubdan yaxshilash maqsadida ushbu ishlab chiqarish vositasi qismlarining sifatini oshirish;
asosiy faoliyatning dastlab baholangan xarajatlarini kamaytirishga olib keladigan yangi ishlab chiqarish jarayonlarini qo’llash.
Boshqa barcha kapital qo’yilmalar, ular amalga oshirilgan davrda xara-jatlar sifatida tan olinishi kerak. Masalan, yuqorida aytib o’tganimizdek, aso-siy vositalarni ta’mirlash yoki texnik xizmat ko’rsatish ularni dastlabki baho-langan ishchi holatida ushlab turish yoki qayta tiklash uchun amalga oshiriladi.

Ma’lumki, kapital xarajatlar yoki kapital qo’yilmalar deb asosiy vosi-talarni va boshqa uzoq muddatda foydalaniladigan aktivlarni sotib olish va yaratish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarga aytiladi. Asosiy vositalarni sotib olishdan tashqari kapital qo’yilmalar o’z ichiga asosiy vositalarning o’sishi va yaxshilanishini ham oladi. Asosiy vositalarning o’sishi deganda, ishlab chiqarish quvvatlarining jismoniy kengayishi tushuniladi. Masalan, agarda bino kengay-tirilib qo’shimcha xonalar qurilsa va keyingi yillarda bu qo’shimcha xonalar qurish uchun qilingan xarajatlardan daromad olish kutilsa, bu qo’shimcha quri-lishga ketgan xarajatlar “bino” hisobvarag’i debetida aks ettiriladi, ya’ni bino qiymatiga kapitallashtiriladi.


Uskunalarni ta’mirlash yoki xizmat ko’rsatish, yoqilgi sotib olish xara-jatlari ya’ni korxona faoliyati uchun zarur bo’lgan barcha xarajatlar nokapital xarajatlarga yoki chiqimga kiritiladi, chunki ular ushbu hisobot davrida daromad olish uchun qilingan xarajatlarni ifodalaydi.
Buxgalteriya hisobida xo’jalik faoliyati natijalarini to’g’ri aks ettirish nuqtai nazaridan kapital qo’yilmalar va xarajatlarni qat’iy ajratish zarur. Kapital qo’yilmalar - bu balansning aktiv qismida aks ettirilgan xarajatlardir va buxgalteriya axborotlari nuqtai nazaridan xarajatlar hisoblanmaydixara-jatlar esa - bu chiqim deb tan olinadi va tannarxga yoki davr xarajatlariga olib boriladi hamda moliyaviy natijalarni aniqlashda asos bo’lib xizmat qiladi. Odatdagi xarajatlarga joriy ta’mirlash, xizmat ko’rsatish, moylash, tozalash, qa-rab turish to’lovlari ya’ni uskunani ishchi holatida ushlab turish uchun zarur bo’lgan xarajatlar kiradi
Ayrim hollarda asosiy vositalar yaratish uchun olingan qarzlar bo’yicha foizlar ular qiymatiga kapitallashtiriladi. Masalan, binolarni qurish uchun olingan qarzlar bo’yicha hisoblangan foizlar ba’zi hollarda ular qiymatiga kapitallashtiriladi. Foizlarni kapitallashtirish masalasi murakkab va qarama-qarshi bo’lgan muammo bo’lib hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, montaj qilinmaydigan asosiy vositalarni sotib olishda foydalanilgan qarzlar bo’yicha foizlar kapitallashtirilmaydi, chunki bunday aktiv tayinlanish shakliga ega bo’lgan holatdadir. Bunday holat bilan bog’liq foizlar moliyaviy xarajat-larni ifodalaydi va sotib olingan asosiy vositalarning iqtisodiy manfaatini ortishiga olib kelmaydi. Sotib olingan aktivlar ularga qo’shimcha xarajatlar qilinmay, shu zahoti daromad keltiruvchi ishga jalb qilinadi va ularni sotib olish uchun ishlatilgan mablag’lar bo’yicha foizlar bilan taqqoslash imkoni bo’ladi.
Asosiy vositalarni qurish jarayonida paydo bo’lgan foizlarni to’lash xara-jatlari esa ularni ishga tayyorlash uchun zarur bo’lgan xarajatlar sifatida qara-ladi. Chunki asosiy vosita uni ishiga tushirish ishlari tugamagunicha daromad keltira olmaydi, shuning uchun uning yaratilishi jarayonida hisoblangan foiz-larni kapitallashtirish zarur. Keyinchalik kapitallashtirilgan foizlar doimiy amortizatsiya hisoblarining bir qismi sifatida hisobdan chiqariladi.

Asosiy vositani qurilishiga olingan qarzlar bo’yicha foiz xarajatlari ka-pitallashtirilganida foizlar bo’yicha xarajatlarning kamayishi va bino qiy-matining ortishi amalga oshadi. Oldingi olingan foizlar bo’yicha xarajatlar tu-gallanmagan qurilishga kapitallashtirilsa quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bilan rasmiylashtirilishi mumkin:




Download 154,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish