Asosiy vazifalari



Download 5,72 Mb.
bet15/146
Sana11.01.2022
Hajmi5,72 Mb.
#343602
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146
Bog'liq
KASBIY tarqatma

intuitiv tiplilar - bu shunday toifali kishilarki, ularda ko‘pincha hissiyotlar mantiqdan ustun keladi va miya faoliyati bo‘yicha ham o‘ng yarim sharlar faoliyati chapnikidan ustunroq bo‘ladi. Ko‘rib, his qilib, yorqin emotsional munosabat shakllantirilmaguncha, bunday odamlar biror xususda fikrlarini bayon eta olmaydilar.

  • fikrlovchi tiplar - bunday kishilarda doimo mantiq, mulohaza hissiyotlardan ustun bo‘ladi va miyasining chap tomoni o‘ngiga nisbatan dominant hisoblanadi. Bundaylar gapira boshlashsa, ko‘pincha, «Faylasuf bo‘lib ket-e», deb ham qo‘yishadi.

    Chunki ular o‘zlarigacha bo‘lgan bilimlar, mantiqiy fikrlash borasidagi yutuqlarga tayanib, doimo to‘g‘ri gapirishga, doimo fikrlarini mantiqan asoslash - argumentatsiya qilishga harakat qiladilar. Aniq va texnika, tibbiyot fanlari bilan shug‘ullanuvchilarda ana shu tafakkur tipiga moyillik va psixologik hozirlik bo‘lsa, ular o‘z kasblari borasida juda yaxshi natijalarga erishadilar. Ulardan farqli birinchi toifa vakillaridan yaxshi yozuvchilar, shoirlar, tilshunoslar, psixologlar etishib chiqadi.

    Muayyan ijtimoiy muhitda turmush kechirayotgan odamlarning ehtiyojlari xatti-harakat motivlari narsalarga qiziqishlar, intilishlar, mayllar, aqliy qobiliyatlari, hatto faoliyatlari ham turli tumandir. Xuddi ana shu boisdan ularning tafakkuri ham har xil holatlarda vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga keladi, namoyon bo‘ladi.

    Psixologiya fanida tafakkur turlari topshiriq xususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikrning originallik darajasiga qarab, quyidagicha shartli klassifikatsiya qilinadi.

    Satoshi Kanazovaning fikricha odamda favqulodda, birdan yuzaga kelgan yangi muammolarga, masalan, olov chiqqanda uni qanday o‘chirish, qurg‘oqchilikda qanday ovqat topish, suv toshqinida daryoni qanday to‘sish kabi vaziyatlarda muammoning xal qilish jarayonida ixtiyorsiz tafakkur yuzaga keladi.183

    Oxirgi yillarda psixologlarning o‘tkazgan tadqiqotlari va kuzatishlari shuni ko‘rsatdiki, fikrlash jarayonlarini guruh sharoitida, dars paytida ham o‘stirish va bunga qisqa yo‘llar bilan erishish mumkin ekan. Ularning fikricha, guruhdagi





    182 David G. Mаyers Psychology,© 2010 by Worth Publishers 410-b.

    hamkorlikdagi faoliyat idrok va xotiraning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, fikrlash jarayonini tezlashtiradi va faoliyatni samaraliroq qiladi. Ayrim juda jiddiy va murakkab ijod daqiqalarini inobatga olmaganda, yaxshi tashkil etilgan dars jarayoni, undagi faoliyat shakli individual tafakkurning ham rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. SHu narsa isbot qilinganki, jamoada ishlash ko‘plab nostandart fikrlarning tug‘ilishi, ularning ichidan eng yaxshilarining saralanishi va yangidan yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘larkan.

    Ana shunday samara beruvchi metodikalardan biri «breynstorming» deb atalib, uning lug‘aviy ma’nosi «miyani zabt etish»dir («mozgovaya ataka» ruscha -

    «brain storming» ingl.). Uni o‘tkazish quyidagi tamoyillarga asoslangan:



    • ba’zi intellektual masalalarni echishda bitta echim bilan cheklanib bo‘lmaydi va shu maqsadda ijodiy fikrlovchilar guruhi tashkil etiladi va bu jarayonda «gruppaviy effekt» bo‘lishi kutiladi. Guruh ishi tez va optimal qarorlar qabul qilishga qaratilgan bo‘ladi va bunda alohida ayrim individual qarorlarga ta’sirlanishga yo‘l qo‘yilmaydi;

    • guruhga shunday kimsalar kiritiladiki, ular bir-birlaridan fikrlash uslublarining noyobligi bilan farq qiladilar. Masalan, kimdadir mantiqiylik ustun, kimdir kreaktiv, kimdir tanqidchi va shunga o‘xshash;

    • guruhda shunday ijodiylik ruhi bo‘lishi kerakki, har kim xoxlagan fikrini bemalol aytaveradi, u yoki bu fikr tanqid qilinishi mumkin, lekin uning egasi tanqid qilinmaydi. Bunday sharoitda o‘rtacha intellektual darajaga ega bo‘lgan shaxs ham shunday fikrlar izxor qila boshlaydiki, ular alohida qolgan paytida sira ham miyaga kelmagan bo‘lardi.

    Bu jarayon oliy o‘quv yurtlarida darslarda ham qo‘llanilishi mumkin, faqat uning yuqoridagi tamoyillari inobatga olinishi va guruhda o‘zaro hamjihatlik muhiti bo‘lishi kerak.

    Tadqiqotchi S.Kanazova tafakkurni ilmiy, kasbiy va kundalik hayotda duch keladigan muammolar bilan bog‘laydi. Lekin umumiy tafakkur qilish qobiliyati shaxsiy hayot bilan bog‘liq muammolarni o‘z ichiga olmasligini ta’kidlaydi. Masalan, oila qurish, ota-ona bo‘lish, yaqin do‘stlar orttirish, ijtimoiy muloqotga kirishish va boshqalar.

    Kundalik hayotda oddiy muammolardan tortib murakkab aqliy topqirlik talab qiladigan masalalarda ham tafakkur, fikrlash faoliyatining o‘rni muhim hisoblanadi.

    Masalan, qanday qilib do‘stlashish, notanish kishining yuz ifodasidan fikrini uqish, mo‘ljallangan manzilga qayta yo‘l topish, muammoning mohiyatini ochish, masala echish insondan turli xil tafakkurni talab qiladi.184

    Bundan tashqari mustaqil tafakkurni shakllantirishda o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’sirlashuvi katta ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchining asosiy maqsadi berilayotgan bilimlarni o‘zlashtirish, ularni amaliy faoliyatga tadbiq etish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Ta’lim jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati




    yo‘nalishlarini shu tartibda boyitish ta’lim oluvchining mustaqil tafakkur ko‘lamini shaxsiy faoliyatining o‘sishiga zamin yaratadi.






      1. Download 5,72 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish