Tafakkurning ixchamligi deganda, muammoni xal qilishning dastlab tuzilgan rejasi mazkur jarayonda masala echish shartini qanoatlantirmay qolsa, nomutanosiblik hosil bo’lsa, hech ikkilanmay elastik ravishda o’zgartirishlar kiritishdan iborat fikr yuritish faoliyatini tasavvur qilishimiz shart.
Tafakkurning tezligi - qo’yilgan savolga va muammoga to’liq javob olingan vaqt bilan belgilanib, tafakkur jarayonlarining tezligi va jarayonlarning ma’lum fursat ichida qanchalik samara berganligi bilan baholanadi.
Fikrlarning tezligi o’quvchi va talabalarga juda zarur psixologik qurol bo’lib xizmat qiladi. Imtihon paytida, seminar mashg’ulotlarida faol ishtirok etgan talaba hayajonlanib, egallagan bilimlarini vaqtincha unutib, o’zini yo’qotib qo’yadi. O’rinsiz, salbiy emotsiyalar (his-tuyg’ular) uning tafakkurini tormozlab, muvaffaqiyatsizlikka olib keladi, ya’ni fikrni bayon qilishda inertlik paydo bo’lib, keyinchalik butunlay tormozlanishga aylanadi. Ba’zi talabalar, aksincha, imtihonda hayajonlanib, fikrlari ravonlashadi. Qattiq hayajonlanish, qattiq tashqi ta’sir natijasida uyqudagi ayrim neyronlar uyg’onib funktsiyasi jadallashib ketadi va fikr
«birdaniga» ravshanlashishi mumkin. Shuning uchun o’qitish jarayonida talaba va o’quvchilarning aqliy faoliyatini to’g’ri baholashda ularning individual-tipologik xususiyatlarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Odam o‘zi idrok qilayotgan narsalar to‘g‘risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to‘g‘risida o‘ylaydi, ya’ni bular tafakkurning ob’ekti bo‘ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo‘lishi mumkin emas.177
Insonlar dastavval tevarak atrofni aniq belgilariga asoslanib, aniq holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo‘lganlar, shu bois to hozirgi kunga qadar aniqlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo‘lib hisoblanadi.178
rasm
Masalan, ruhiy jarayonlarning ko’zg’alishi yoki tormozlanishi bilan kechadigan kasalliklarda odatda tasavvurlar kechishining tezlashishi yoki sekinlashishi namoyon bo’ladi. Aksariyat maniakal xolatlarda uchraydigan g’oyalar xarakterli misolidir. Bunda assotsiatsiyali bog’lanishlar darrov hosil bo’ladi, juda boy fikrlar, obrazlar paydo bo’lib, nutq shunga ko’ra tez va tartibsiz bo’ladi. Masalan, bemor bir fikrni tugatmay ikkinchi hamda uchinchisiga o’tadi va xk. Shu narsa qiziqarliki, nutqning uzuq-yuluq va ma’lum daraja pala-partish bo’lishiga qaramay, atrof-borliqdagi konkret obyektlar ustida fikr yuritish yo’qolishi kuzatiladi. Tasavvurlar kechish sur’atining sekinlashishi tsirkulyator psixozning depressiv bosqichlarida uchraydi. Bunday xolga tushgan bemorlar eng oddiy aqliy ishlarni ham zo’rg’a, qiyinchiliklar bilan bajaradilar, ular o’z tarjimai xollarini aytib berishga qiynaladilar, chunki bir tasavvur ortidan ikkinchi tasavvurning kelishi qiyin
kechadi.
Turli xildagi tafakkur buzilishlaridan dastlab, masalan, shizofreniyada uchraydigan quruq mahmadonalik, go’yo donishmandlikni namoyon qiladi. Bu shundan dalolat beradiki, bemor mutlaqo mazmunsiz va «tuzsiz» muhokamalarni to’g’ri, biroq oxiri tugamaydigan dabdabali so’z libosiga o’raydi. Tafakkur buzilishlariga yana epilepsiya bilan og’rigan shaxslarga xos bo’lgan fikrlashdagi ortiqcha tafsilotlar kiradi. Bunda bosh miya pustlog’idagi asosiy fiziologik jarayonning kechishidagi inertlik va differentsiatsiyaning buzilishi yaqqol yuzaga chiqadi.
Tafakkurning bog’lanmasligi tafakkur uzilishiga tashqi jihatdan o’xshash bo’lib, bunda bemor qisman qabul qilib, umumlashtirilgan mantiqiy xulosa chiqarish qobiliyatini yo’qotadi. Masalan, bemor soatga qarab, soat va daqiqa millarining
qaerda turganini to’g’ri aytib bersa-da, biroq soat necha bo’lganini aytib bera olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |