BILISH JARAYONLARINING KASBIY PSIXOLOGIYADAGI O’RNI
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyat mazmuni
|
|
O’qituvchi
|
Talabalar
|
1-bosqich.
Kirish (10 min.)
|
O’quv mashg’ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini aytadi. O’qitish guruhlarda ishlash texnologiyasi asosida olib borilishini e’lon qiladi.
O’qituvchi “Bilish jarayonlarining kasbiy psixologiyadagi o’rni” mavzusini o’rganishda “KONSTRUKTOR” metodidan foydalanishdagi asosiy maqsad va uning qonun-qoidalari bilan tanishtiradi (1- ilova). Mavzu bo’yicha savol-javob olib borishda “KONSTRUKTOR” metodidan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari bilan tanishtiradi.
Talabalarga mavzu bo’yicha topshiriq beriladi (2-ilova).
|
Tinglaydilar.
Savollarga javob beradilar, o’tilgan mavzu bo’yicha fikr
almashadilar.
Yangi pedagogik texnologiya va interfaol metodlar bilan tanishadilar.
|
2-bosqich. Asosiy (20 min.)
|
2.1. Talabalar 3 guruhga ajratiladi. O’qituvchi muhokama uchun savollar tarqatadi (3-ilova). Vazifa butun guruh tomonidan bajarilishini e’lon qiladi. Vazifani bajarishda darslik, ma’ruza matnlari va boshqa qo’llanmalardan foydalanish mumkinligini tushuntiradi. O’quv natijalarini
eslatadi. Guruhlarda ishlarni boshlashni e’lon qiladi.
|
O’quv topshiriq- larini baholash ko’rsatkichlari va mezonlari bilan tanishadilar.
Vazifani bajaradilar
|
3-bosqich. Taqdimot (45 min.)
|
3.1. Taqdimot va guruhlarda ishlash natijalarini o’zaro baholashni tashkil etadi. O’qituvchi Javoblarni sharhlaydi, bilimlarni umumlashtiradi, vazifani bajarish
jarayonidagi asosiy xulosalarga e’tiborni qaratadi.
|
Guruhlar taqdimot qiladilar.
Guruh a’zolari baholanadi.
|
4-bosqich. Yakuniy (5 min.)
|
Mashg’ulotga yakun yasaydi, faol ishtirokchilarni rag’batlantiradi. Kelajakda amaliyot va o’quv faoliyatidagi ahamiyatini ta’kidlaydi.
Mustaqil ish uchun vazifa beradi.
|
Tinglaydilar, aniqlashtiradilar.
Mustaqil ish uchun vazifani yozib oladilar.
|
ilova
“Bilish jarayonlarining kasbiy psixologiyadagi o’rni” mavzusini o’rganishda
“KONSTRUKTOR” METODI
«KONSTRUKTOR» metodi tinglovchilarning mavzuga oid egallagan bilimlarini mustahkamlash, ulardagi mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, tinglovchilardan turli xil mantiqiy amallarni (tahlil qilish va umumlashtirish, dalil va hodisalarni qiyoslash, ulardagi o‘xshashlik va farqli tomonlarni aniqlash, asosiy va ikkinchi darajali belgilarni ajratish va hokazo) bajarishni talab etadi. Odatda, tinglovchilar noma’lum hodisalar, yangi materiallarga duch keladilar, yangi bilimlarni egallash va o‘quv muammosini hal qilish yo‘llarini izlab topishni talab etadigan muammoli vaziyat paydo bo‘ladi. Ushbu metoddan mashg‘ulotlarning asosiy va yakuniy qismlarida foydalanish mumkin.
ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |