DNK replikatsiyasidagi eng asosiy molekulalardan biri DNK polimeraza fermenti hisoblanadi. DNK polimeraza DNK sinteziga javobgar: u andoza zanjirdagi ketma-ketlikka asosan yangi hosil boʻlayotgan DNK zanjiriga nukleotidlarni bittadan biriktiradi.
DNK zanjirini noldan boshlab sintezlay olmaydi, ammo oldindan mavjud boʻlgan zanjir yoki praymer deb nomlanuvchi qisqa nukleotid fragmentlaridan foydalanadi.
Ular tahrir qiladi yoki oʻz ishlarini qayta tekshirib, zanjirga tasodifan qoʻshilgan “notoʻgʻri” nukleotidlarning katta qismini olib tashlaydi
Yangi hosil boʻlayotgan zanjirga nukleotidlar qoʻshilishi energiya talab qiladi. Bu energiya nukleotidning oʻzidan kelib chiqadi, ularga uchta fosfat birikadi (ATF molekulasi kabi). Fosfatlar orasidagi bogʻ uzilganda, ajralib chiqadigan energiya nukleotid va oʻsib borayotgan zanjir oʻrtasidagi bogʻlanish uchun ishlatiladi.
[Polimerlash reaksiyalari] E. coli kabi prokariot hujayralarda DNK replikatsiyasini amalga oshiruvchi ikkita asosiy DNK polimerazasi mavjud: DNK polimeraza III (asosiy DNK hosil qiluvchi) va DNK polimeraza I (qoʻshimcha yordamchi vazifasini bajaradi).
DNK replikatsiyasining boshlangʻich nuqatasi
DNK polimeraza va boshqa replikatsiya faktorlari qaysi nuqtadan boshlashni qanday belgilaydi? Replikatsiya har doim replikatsiya boshlanish nuqtasi deb nomlangan maxsus ketma-ketlikdan boshlanadi.
Barcha bakteriyalardagi singari E. coli hujayrasining xromosoma tarkibida bunday nuqta bitta va 245245245 juft asosni oʻz ichiga oladi. A/T asos juftliklarining koʻproq (chunki bu juftlik G/S juftligiga qaraganda kamroq vodorod bogʻi tutadi) boʻlishi zanjirning oson ajralishiga yordam beradi.
Boshlanish nuqtasini tanib oluvchi oqsillar unga birikadi va DNKning ochilishi boshlanadi. DNK ochilishi jarayonida ikkita Y shaklidagi replikatsiya vilkasi hosil boʻladi, ikkalasi zanjirning ikki tomonida birgalikda replikatsiya pufagini hosil qiladi. Replikatsiya davomida replikatsiya vilkalari qarama-qarshi yoʻnalishda harakat qiladi.
Bakterial xromosoma. Aylana shaklidagi bakteriya xromosomasining ikki qatorli DNKsi replikatsiyaning boshlanishida ochilib, replikatsiya pufakchasini hosil qiladi. Pufakchaning har bir uchi replikatsiya vilkasi – Y shaklidagi birlashma boʻlib, unda ikki qatorli DNK ikkita bir qatorli shaklga boʻlinadi. Har bir ip uchun qoʻshimcha DNK har bir replikatsiya vilkalarida sintezlanadi. Ikkita replikatsiya vilkasi bakterial xromosoma boʻylab qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib, ikkala uchida borgan sari kattalashib boradigan replikatsion pufakchani hosil qiladi.
Diagramma “Reece et al”dagi chizmaga asoslangan. ^22squared. Replikatsion vilkalarda replikatsiya jarayoni qanday kechadi? Helikaza – boshlanish nuqtasida ish boshlovchi ilk ferment^33cubed. Helikazaning vazifasi DNKni “ochish” (azotli asos juftliklari orasidagi vodorod bogʻlarini uzish) orqali replikatsiya vilkalarini oldinga siljitishdan iborat.