Asosiy qoidalar


-modda. Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish tartibi



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

247-modda. Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish tartibi
(247-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ayblanuvchini qamoqda saqlab turishning yoki u uy qamog‘ida bo‘lishining belgilangan
muddati tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror qamoqda saqlab turish yoki uy
qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi, bu qaror
sudga yuboriladi.
(247-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risida iltimosnoma
qo‘zg‘atish haqidagi qarorda tergovning cho‘zilib ketganligi sabablari, tekshirilishi lozim bo‘lgan
tusmollar va holatlar, qo‘shimcha ravishda so‘ralayotgan muddat ko‘rsatilishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma jinoyat
sodir etilgan yoki surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman
(shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi
bo‘lmagan yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi
materialni ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy
sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda
ko‘rib chiqiladi.
(247-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma
materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida yopiq sud majlisida ko‘rib


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
93/232
chiqiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma
prokuror, ayblanuvchi, himoyachi ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Zarur hollarda surishtiruvchi, tergovchi
sudga chaqirilishi mumkin.
(247-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Ayblanuvchi statsionar sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga
joylashtirilgan taqdirda, qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi
iltimosnoma sud tomonidan ayblanuvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin. Bunda
ayblanuvchining himoyachisi sud majlisida ishtirok etishi shart.
Sudya qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi
iltimosnomani ko‘rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risida;
2) qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirishni rad qilish to‘g‘risida.
Sudyaning qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish haqidagi yoki
qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirishni rad qilish to‘g‘risidagi ajrimi o‘qib
eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning ajrimi ijro
uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi
ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining 
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan qoidalarga binoan
yetmish ikki soat ichida apellatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin.
(247-moddaning ikkinchi — sakkizinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi
O‘RQ-373-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:
1) sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2) sudyaning ajrimini bekor qilish va qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini
uzaytirishni rad etishga yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirishga
haqli. Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddati tugab, ozod etilgan ayblanuvchiga nisbatan
qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddati uzaytirilgan taqdirda, sud unga nisbatan
qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashi kerak.
(247-moddaning to‘qqizinchi qismi 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi
O‘RQ-373-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish