Asosiy qoidalar


-modda. Qamoqda va uy qamog‘ida saqlab turish muddati



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

245-modda. Qamoqda va uy qamog‘ida saqlab turish muddati
(245-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jinoyatlar tergov qilinayotganda qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddati ko‘pi bilan
uch oyni tashkil etadi.
(245-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qamoqda saqlab turishning yoki uy qamog‘ining qonun normalarida belgilangan uch oylik
muddatini:
besh oygacha uzaytirish imkoni — Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori yoki viloyat,
Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga binoan;
yetti oygacha uzaytirish imkoni — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning
o‘rinbosarlarining iltimosnomasiga binoan sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Muddatni yanada uzaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu moddaning 
birinchi qismida
ko‘rsatilgan iltimosnomalarni ko‘rib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini,


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
92/232
shuningdek protsessual normalar va talablarga rioya etilganligini inobatga oladi.
Qamoqda saqlab turish muddatiga ushbu Kodeksning 
599-moddasiga 
muvofiq shaxsni
O‘zbekiston Respublikasiga ushlab berish to‘g‘risidagi so‘rovga ko‘ra uning xorijiy davlat hududida
qamoqda saqlangan vaqti qo‘shib hisoblanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxsni ushbu
modda ikkinchi qismining 
uchinchi xatboshisida 
belgilangan qamoqda saqlab turishning oxirgi
muddati tugagan bo‘lsa va ishning holatlariga ko‘ra qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini
o‘zgartirish mumkin bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning
o‘rinbosarlarining iltimosnomasiga binoan sud ushbu Kodeksning 
247-moddasida 
nazarda tutilgan
talablarga rioya etgan holda, qamoqda saqlab turishning qo‘shimcha muddatini belgilashga haqli,
ammo ushbu muddat shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha saqlash hibsxonasiga
yoxud tergov hibsxonasiga joylashtirilgan paytdan e’tiboran uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Tergovi tamomlangan jinoyat ishining materiallari ayblanuvchiga va uning himoyachisiga
tanishib chiqish uchun ushbu modda ikkinchi qismining 
uchinchi xatboshisida 
yoxud ushbu
moddaning 
beshinchi qismida 
nazarda tutilgan qamoqda saqlab turishning oxirgi muddati
tugashidan kamida bir oy oldin taqdim etilgan bo‘lishi lozim.
Ayblanuvchi va uning himoyachisi ishning materiallari bilan tanishib chiqishi uchun ketgan
vaqt ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini hisoblab
chiqishda inobatga olinmaydi.
(245-moddaning ikkinchi — oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-
421-sonli 
Qonuniga 
asosan ikkinchi — yettinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-
modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(246-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli 
Qonuniga 
asosan o‘z
kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish