08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
91/232
Qamoqqa olingan harbiy xizmatchilar gauptvaxtalarda ko‘pi bilan yigirma sutkagacha, olis
joylarda esa, bu ehtiyot chorasining butun amal qilish muddati mobaynida saqlanishi mumkin.
Harbiy xizmatchini gauptvaxtada saqlash muddati harbiy sudlar tomonidan ishni sudda ko‘rib
chiqish vaqtiga, lekin ko‘pi bilan o‘n besh sutkaga uzaytirilishi mumkin. Intizomiy qismga
yuborishga hukm qilingan harbiy xizmatchilar hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar
gauptvaxtalarda saqlanishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Tergov harakatlarini bajarish yoki jinoyat ishlarini tergov hibsxonalari joylashgan aholi
punktlari hududidan tashqarida sudda ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan hollarda, qamoqqa
olinganlarni mazkur harakatlarni amalga oshirish va sud majlislarini o‘tkazish uchun har kuni olib
borish imkoniyati bo‘lmaganda ular tergov hibsxonalaridan vaqtincha saqlash hibsxonalariga
o‘tkazilishi, lekin bir oy mobaynida ko‘pi bilan o‘n sutkaga o‘tkazilishi mumkin. Bunday o‘tkazish
uchun qamoqqa olinganni boshqa erga ko‘chirish to‘g‘risidagi surishtiruvchining, tergovchining,
prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi asos bo‘ladi.
(244-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Basharti mahkum boshqa jinoyat ishi bo‘yicha guvoh yoki jabrlanuvchi bo‘lsa, u sud hukmi
qonuniy kuchga kirganidan keyin jazoni ijro etish muassasasidan tergov hibsxonasiga o‘tkazilishi
yoki tergov hibsxonasida qoldirilishi mumkin. Bu holda mahkum: Qoraqalpog‘iston Respublikasi
prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining, shuningdek ularga tenglashtirilgan
prokurorlarning roziligi bilan uch oygacha muddatga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki
uning o‘rinbosari roziligi bilan olti oygacha muddatga, sudning ajrimiga ko‘ra esa ish sudda ko‘rib
chiqilishi vaqtiga tergov hibsxonasida saqlanishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Boshqa tumanda (shaharda) turgan mahkum boshqa erga ko‘chirish to‘g‘risidagi
surishtiruvchining yoki tergovchining prokuror bilan kelishilgan qaroriga, shuningdek prokurorning
qaroriga yoxud sudning ajrimiga muvofiq boshqa erga o‘tkaziladi. Mahkumni boshqa erga
ko‘chirishni ijro etish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus bo‘linmalari
zimmasiga yuklanadi.
(244-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Qamoqqa olinganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari qonunda
belgilanadi.
(244-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-299-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: