187 -modda. Taftish o‘tkazish muddatlari
Oldingi
tahrirga qarang.
Taftish o‘tkazish muddati o‘ttiz kalendar kundan iboratdir.
Zarur bo‘lgan taqdirda, tekshirilayotgan subyektning hujjatlari hajmi, faoliyatining turi va
ko‘lamlari hisobga olingan holda, taftish muddati moliya-xo‘jalik faoliyatining taftishini o‘tkazuvchi
shaxsning asoslantirilgan iltimosnomasi bo‘yicha surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning
qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning o‘rinbosarining roziligiga ko‘ra
yoxud sudning ajrimi bilan:
tadbirkorlik subyektlariga nisbatan o‘ttiz kalendar kunga;
davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat
ulushi 50 foiz va undan ortiq miqdorda bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan
surishtiruvning, dastlabki tergovning va sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilishning ushbu
Kodeksda belgilangan muddatlaridan oshmaydigan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(187 -modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
187 -modda. Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma
Taftish o‘tkazuvchi shaxslar o‘tkazilgan taftish natijalariga ko‘ra dalolatnoma tuzadi.
Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) taftish o‘tkazilgan joy, dalolatnoma tuzilgan sana;
2) taftish o‘tkazish uchun asoslar;
3) taftish o‘tkazilgan muddat;
4) taftish o‘tkazgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
5) yuridik shaxsning to‘liq nomi, tekshirilayotgan davrda uning rahbarlik vazifalarini yoki
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirgan mansabdor shaxslarining
familiyasi, ismi, otasining ismi (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi);
6) tekshirilayotgan subyektning joylashgan eri (pochta manzili), bank rekvizitlari, shuningdek
uning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
7) tekshirilayotgan subyekt moliya-xo‘jalik faoliyatining ilgarigi tekshiruvlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar;
8) tekshirilayotgan davr hamda taftish o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar, axborot va
materiallar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar;
Oldingi
tahrirga qarang.
9) qonunchilikning aniqlangan buzilishlarining (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) batafsil tavsifi
qonunchilikning buzilgan normalariga havola qilingan holda;
(187 -modda ikkinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
10) o‘tkazilgan taftish natijalariga doir, shu jumladan qonunchilikning buzilishlari mavjud
emasligi to‘g‘risidagi xulosalar.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |