1. Mazkur Standart g‘aznachilik bo‘linmalari, moliya organlari, davlat va boshqa maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlari, barcha budjet tashkilotlariga tatbiq etiladi.
2. Ushbu Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
aktiv schyot (A) — bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning debetida, kamayishi esa kreditida aks ettiriladi;
analitik schyot — budjet hisobi obyektlari haqidagi batafsil hisob axborotini shakllantiruvchi schyot. Budjet tashkilotlari yagona schyotlar rejasiga qo‘shimcha analitik schyotlardan foydalanishi mumkin;
balansdan tashqari schyotlar (BTC) — bu budjet tashkilotiga qarashli bo‘lmagan, lekin uning vaqtinchalik tasarrufida bo‘lgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquq va majburiyatlar haqidagi axborotlarni umumlashtirishga mo‘ljallangan schyotlar. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan o‘zaro bog‘lanmaydi va budjet tashkilotining hisobotlarida aks ettirilmaydi;
daromadlar bo‘yicha debitorlik — budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalariga daromadlarni hisoblanishi asosida yuzaga keladigan debitorlik;
Byudjet hisobini tarkibi
ichki hisob-kitob markazlari — o‘zida g‘aznachilik bo‘linmalarining tegishli filiallari mablag‘larini hisobini yurituvchi, g‘aznachilik bo‘linmalarining bir filialini ichida hamda filiallari o‘rtasida to‘lovlarni amalga oshirilishini ta’minlovchi axborot tizimi;
kassa metodi — buxgalteriya hisobida barcha operatsiyalar, daromadlar, xarajatlar va boshqa hodisalar, ular uchun pul va uning ekvivalentlari qabul qilinganida yoki to‘langanida qayd etiladigan buxgalteriya hisobi metodi;
kontr-aktiv schyot (KA) — aktiv schyotning saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schyot;
kontr-passiv schyot (KP) — passiv schyotning saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof qiymatini aks ettiruvchi schyot;
passiv schyot (P) — bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning krediti bo‘yicha, kamayishi esa debetida aks ettiriladi;
sintetik schyot — budjet hisobi obyektlari haqidagi ma’lumotlarni muayyan iqtisodiy belgilari bo‘yicha umumlashtirilgan axborotni shakllantiruvchi schyot;
tranzit schyotlar (T) — bu hisobot yili davrida foydalaniladigan, lekin hisobot davri oxirida qoldiqqa ega bo‘lmaydigan vaqtinchalik hisobga oluvchi hamda moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi schyotlar;
tranzit hisobvaraq — pul mablag‘larini vaqtinchalik hisobga oluvchi hisobvaraq;
xarajatlar — budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarining pul mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar;