Korporativ Boshqaruv fanidan 2-oraliq nazorat



Download 17,99 Kb.
bet1/2
Sana24.06.2022
Hajmi17,99 Kb.
#698080
  1   2
Bog'liq
2 variant


Korporativ Boshqaruv fanidan 2-oraliq nazorat
2.Taftish komissiyasi,ichki audit xizmati, komplaens nazorat tizimi faoliyatining tashkiliy va amaliy jihatlariga doir quyidagi jadvalni to’ldiring.
TAFTISH KOMISSIYASI
Bizga ma’lumki, aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruv va ichki nazorat tizimida taftish komissiyasi faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda quyida taftish komissiyasi faoliyati xususida to‘xtalib o‘tamiz. Aksiyadorlik jamiyatlarida O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni, aksiyadorlik jamiyati Ustavi asosida “Taftish komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizom ishlab chiqiladi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi. “Taftish komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizomda Taftish komissiyasining maqomi, vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibi belgilab qo‘yiladi. Taftish komissiyasi aksiyadorlik jamiyatining nazorat organi hisoblanib, moliya-xo‘jalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bunda Taftish komissiyasi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga hisobdorligi sababli Kuzatuv kengashi va ijroiya organi uning faoliyatiga aralashishga haqli emas
Taftish komissiyasi quyidagilarni amalga oshirishga vakolatli hisoblanadi:
- aksiyadorlik jamiyatining bir yillik faoliyati yakunlari bo‘yicha kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni amalga oshiradi;
- Taftish komissiyasining o‘z tashabbusiga, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va Kuzatuv kengashi qaroriga ko‘ra, yoki ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchI aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga ko‘ra Kuzatuv kengashini oldindan xabardor qilish yo‘li bilan boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari bo‘yicha kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni amalga oshiradi;
- bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari bo‘yicha kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko‘ra hisobot va xulosa tuzadi;
- moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha amalga oshirilgan tekshirish natijalarini aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, Kuzatuv kengashi va aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi e’tiboriga yetkazadi;
- aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida kompaniyada affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlarni, shuningdek qonun hujjatlarining va kompaniya ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya qilinishini o‘rganib chiqadi;
- aksiyadorlik jamiyatida affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi to‘g‘risida har chorakda xulosa tuzadi;
- aksiyadorlik jamiyatida affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek qonun hujjatlarining va kompaniya ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi xulosani har chorakda Kuzatuv kengashining majlisiga olib chiqadi;
- hisobot yili davomida aksiyadorlik jamiyatida affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek, qonun hujjatlarining va kompaniya ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi xulosani aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishiga olib chiqadi.
Taftish komissiyasi moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish davomida tekshirish predmetiga doir barcha mavjud hujjat va materiallarni o‘rganib chiqishi shart. Bunda tekshirish yakunlariga ko‘ra kompaniyaning taftish komissiyasi hisobot va xulosa tuzadi, unda aksiyadorlik jamiyati hisobotlarida va boshqa moliyaviy hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligiga doir baho, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibi buzilganligi, shuningdek moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilayotganda qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi axborot ko‘rsatilishi shart.
Taftish komissiyasi Kuzatuv kengashi tomonidan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan kechikmasdan kuzatuv kengashiga yillik moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan xulosa taqdim etadi. Taftish komissiyasi taftish komissiyasining, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishining va kuzatuv kengashining tashabbusiga ko‘ra, yoki aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga ko‘ra o‘tkazilgan kompaniyaning boshqa davr ichidagi moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlari bo‘yicha xulosani Kuzatuv kengashiga xulosa tasdiqlangandan keyin bir ish kunidan kechikmasdan taqdim etadi. Taftish komissiyasining son tarkibi aksiyadorlik jamiyati Ustavi bilan belgilanadi va 3 (uch) kishidan iborat bo‘ladi. Taftish komissiyasi a’zolari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan 1 (bir) yil muddatga saylanadi. Taftish komissiyasining a’zolari o‘z majburiyatlarini tegishli tarzda bajarmasligi hollarida ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (aksiyador) moliya yili tugaganidan keyin o‘ttiz kundan kechiktirmay, aksiyadorlik jamiyati taftish komissiyasiga bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar ko‘rsatishga haqli. Aksiyadorlar (aksiyador) taftish komissiyasiga o‘zlari ko‘rsatgan nomzodlar ro‘yxatiga aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi 170 to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran uch ish kunidan kechikmasdan o‘zgartishlar kiritishga haqli.

ICHKI AUDIT XIZMATI


Ichki audit aksiyadorlik jamiyatlari ijroiya organi va tarkibiy bo‘linmalari, vakolatxona va filiallari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlariga va ichki me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo‘li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining to‘liqliligi va ishonchliligini ta’minlash, xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarning saqlanishi hamda aksiyadorlik jamiyatini boshqarish yuzasidan qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etish bo‘yicha ichki audit xizmati faoliyatini nazarda tutadi. O‘z navbatida ichki audit xizmati aksiyadorlik jamiyatlari Kuzatuv kengashining qarori bilan tashkil etiladi va ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy bo‘linma hisoblanadi. Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi: - Kuzatuv kengashini ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha faoliyatni takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash; - ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish. Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy funksiyalari hisoblanadi: - har yili Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha har chorakda tegishli tekshirishlar o‘tkazish yo‘li bilan ichki auditni amalga oshirish; - tuziladigan xo‘jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o‘tkazish; - buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda O‘zRVBning tarkibiy bo‘linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo‘yicha maslahatlar berish
Ichki audit xizmati quyidagi huquqlarga ega:
- ichki auditni amalga oshirish davomida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatining hujjatlarini (rahbar buyruqlari, farmoyishlari, boshqaruv organlari qarorlari, ma’lumotnomalar, hisob-kitoblar, zarur hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari va boshqa hujjatlarni), mansabdor va mas’ul shaxslaridan og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish;
- ichki auditni o‘tkazishga ko‘maklashish uchun tegishli mutaxassislarini jalb etish. Ichki audit xizmati majburiyatlari quyidagilar:
- ichki auditni amalga oshirishda amaldagi qonun hujjatlari va tegishli Nizom talablariga rioya qilish; - belgilangan talablarga muvofiq ichki audit hisobotlarini tuzish;
- moliya va statistika hisoboti ko‘rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish; - ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga rioya qilish;
- mansabdor shaxslar va boshqa xodimlar tomonidan zarar yetkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda darhol Kuzatuv kengashiga xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli yozuvni qayd etish;
- aktivlarni xatlovdan o‘tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish.
Ichki audit xizmati xodimida tegishli ichki auditor sertifikati bo‘lishi shart. Ichki audit xizmati xodimlarining soni ikki nafar ichki auditordan iborat etib belgilanadi. Ichki audit xizmati xodimlariga ish haqi aksiyadorlik jamiyati shtat jadvaliga asosan belgilanadi. Ichki audit xizmati xodimining kasb darajasi tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarida muntazamlilik asosida ularning malakasini oshirish vositasida saqlanishi kerak. Ichki audit xizmati xodimi Kuzatuv kengashi tomonidan har yili attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak. Ichki audit xizmati xodimi Kuzatuv kengashining qarori bo‘yicha lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi. Bundan o‘z-o‘zidan ichki audit xizmatining Kuzatuv kengashiga bevosita bo‘ysunishini ko‘rishimiz mumkin. Ichki audit xizmati tasdiqlangan biznes-rejaning bajarilishini, korporativ boshqaruv prinsiplariga rioya qilinishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning holatini, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri hisoblab chiqilishi va to‘lanishini, moliyaxo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya etilishini, aktivlarning holatini, ichki nazoratning holatini tekshirish va ularning monitoringini olib borish yo‘li bilan faqat ichki auditdan o‘tkazadi. Kuzatuv kengashi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq tekshirishni o‘tkazishning boshqa yo‘nalishlari ham belgilanishi mumkin

KOMPLAENS NAZORAT TIZIMI


KOMPLAENS - Компания раҳбарияти ва ходимлари хатти-ҳаракатларининг ташқи ва ички қонунчиликка корпоратив бизнесзидлиги ҳақида огоҳлантиришга ҳамда қонунчиликка асосланган -этикани жорий этишга йўналтирилган ташаббуслари комплекси ҳислобанади

Download 17,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish