2.4 ISHLAB CHIQARISH JARAYONI XARAJATLARI
Davr xarajatlariga quyidagi xarajatlar kiritiladi:
• mahsulotni sotish xarajatlari;
• boshqaruv xarajatlari;
• boshqa operatsion xarajatlar, shu jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari xarajatlari, ishlab chiqarish va boshqaruv tizimini rivojlantirish xarajatlari;
• kelgusida soliq solish bazasiga kiritiladigan hisob davri xarajatlari.
Sotish xarajatlariga quyidagilar kiritladi:
tovarlarni temir yo’l, havo, avtomobil, dengiz, daryo orqali va ot-ulovda tashish xarajatlari. Ushbu moddaga tashish xarajatlari, shuningdek transport vositalarining to’xtab qolishi uchun to’langan jarimalar kiradi;
savdo va umumiy ovqetlanish korxonalarining muomala chiqimlari, shu jumladan:
mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishi bilan bog’liq mehnatga xaq to’lash xarajatlari, bunga ma’muriy-boshqaruv apparati xodimlariga haq to’lash kirmaydi;
ish haqiga taalluqli ijtimoiy sug’urta xarajatlari;
savdo extiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, n shootlar va xonalarni ijaraga berish, saqlash va ta’mirl; xarajatlari;
asosiy vositalar va nomodtsiy aktivlar amortizatsiyasi;
sanitariya kiyimlari, sochiq va dasturxonalar, arzon tez eskiruvchan buyumlar, oshxona anjomlari va idish-tovoqlarni eskirishi;
gaz, yoqilg’i, elektr energiyasi xarajatlari;
tovarlarni saqlash, ishlov berish va navlarga ajrati xarajatlari;
savdo reklamasi xaraatlari;
tashish, saqlash va sotishda me’yorlar doirasida va ula) dan ortiqcha tovarlar talafotlari;
idishlar xarajatlari;
mol-mulkni majburiy sug’urtalash xarajatlari;
mexnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi xarajatlari;
havo haydagichlarni o’rnatish va saqlash, mashinalar yoki ularning harakatlanadigan qismlari, tuynuklar, teshikla va hokazolarni g’ov bilan o’rab qo’yishning joriy (nokapi tal tusdagi) xarajatlari;
maxsus kiyim va maxsus poyabzalning eskirishi;
maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibdagi himoyaning boshqa vositalari, dasturxon va sochiqlar hamda sa nitariya kiyimini yuvish, tuzatish va dezinfektsiyalash uchun korxonalar, ta’mirlovchi va boshqa yuridik shaxslarga haq to’lash;
maxsus kiyim va poyabzalni tozalash va tuzatish uchun sarflangan materiallar qiymati;
umumiy ovqatlanish va savdo xodimlarini tibbiy ko’rikdan o’tkazganlik uchun tibbiy muassasalarga to’lanadigan haq
kassa xo’jaligini yuritish va tushumni inkassatsiyalash chiqimlari;
umumiy ovqatlanish korxonalarida qog’oz salfetkalar, dasturxonlar, stakan va taqsimchalar, bir marotaba foydalaniladigan anjomlar qiymati;
belgilangan me’yorlar doirasvda va undan ortiq darajada, sotish bozorlarini o’rganish xarajatlari (marketing, reklama xarajatlari);
yuqorida qayd etilmagan sotishga doir boshqa xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |