4. Favquladagi zararlar
Korxona faoliyatida ko’zda tutilmagan xodisa va operatsiyalar natijasida kelib chiqqan gayri tabiiy, kutilmagan xarajatlar.
XULOSA
Hozirgi kunda korxona iqtisodiyotiga bo’lgan kizikish sezilarli ravishda o’sgan. Gap Shundaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi huquqiy-tashkiliy shakldagi korxonalar, xom-ashyo, material va asbob-uskuna yetkazib beruvchilar, Shuningdek, bevosita mahsulot yoki tovar iste’molchilari (haridorlaru bilan yangicha iqtisodiy munosabatlar vujudga kelib, rivojlanib bormoqda. Bundan tashqari, korxona — avvalo ishlab chiqarish jamoasi, odamlarning turli tarzdagi faoliyati bo’lib, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tizimi yuzaga keladi hamda ma’lum bir turmush tarzi, ma’naviyat va axlok me’yorlari shakllanadi. Bo’larning barchasi xo’jalik yuritish shakl va usullarini qayta ko’rib chiqish, korxonaning iqtisodiyot rivojlanishidagi urni va roliga yangicha yondashishni talab qiladi.
Tahlillarning ko’rsatishicha, istalgan korxonaning faoliyatida turlicha savollar yuzaga keladi. Masalan, korxona kay tarzda faoliyat yuritishi kerak va daromad nimaga bog’liq bo’ladi? Samaradorlik va iqtisodiy barqarorlik nimalarga bog’liq? «Xom-ashyo yetkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan qanday ishlash kerak?» «Mahsulotni sotishda vositachilardan foydalanish zaruriyati; Ishlab chiqarish sur’atini qanday oshirish mumkin?» «Raqobatchilik ko’rashida nima va qanday omillar muvaffaqiyat keltiradi?» «Ishlab chiqarish va sotishni boshqarish tizimi qanday bo’lishi lozim?» va hokazolar. Korxonalar faoliyatida biron-bir mahsulotni kachon, qayerda, kimga sotish, nimani, qancha, qanday qilib ishlab chiqarish lozim, degan savolga javob berish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu va shunga o’xshash savollarga javob topishni amaliyotda xato va sinovlar usuli asosida amalga oshirish, hozirgi paytda nafaqat korxona uchun, balki butun jamiyat uchun ham qimmatga tushishi mumkin. Bunda korxonalarning bankrotga uchrashi va tugatilishi, iqtisodiyotning ayrim soha va tarmoqlarida ishlab chiqarish va mehnat faolligining pasayishi, mehnat samaradorligi sur’atining pastligi va hokazolar guvohlik berishi mumkin. Huddi shu qatorga to’lovlarning amalga oshirilmasligi, muddati o’tib ketgan qarzlar va korxonalar faoliyatidagi boshqa iqtisodiy kamchiliklarni ham kiritish mumkin. Bo’larning barchasiga asosiy sabab esa o’rta va quyi bo’gindagi rahbarlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida yangicha xo’jalik yuritish tizimi shakl va usullarini bilmasliklaridir.
Afsuski, korxonalar iqtisodiy bo’limlarining faoliyati ham nuqsonlardan forig’ emas. Kuzatuvlar Shuni ko’rsatadiki, iqtisodiy bo’limlar o’z mavqeini barcha korxonalarda ham saqlab qolmagan bo’lib, zarur bo’lgan marketing tadqiqotlarini doim ham va to’liq holda amalga oshirmaydilar, zamonaviy biznes strategiyasini yaxshi tushunavermaydilar. Iqtisodchilarning ba’zi bir qismi iqtisodiyot "shturmanlari" vazifasini bajara olmaydilar, tashabbuskorlik va novatorlik goyalari o’rniga eskichasiga yuqoridan" buyruq yoki ko’rsatma kutadilar, o’tmishda korxonalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda o’z o’rniga ega bo’lgan va hozirgi bozor munosabatlari davrida ham inkor qilinmaydigan tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni (zarur hollarda boshqa kategoriyadagi mutaxassislarning ishtirokida) samarali tarzda ishlab chiqmaydilar.
Bugungi kunda aksari korxonalar aksiyadorlik jamiyatlari, holding va moliya-sanoat guruhlari tuzish yo’lidan bormoqda. Davlat korxonalarning tashabbuskorligi, ijodiy izlanish va tadbirkorligi uchun keng yo’l ochib, ularning ishlab chiqarish vazifalarini rejali iqtisodiyot davridagi kabi nazorat, limit va qattiq me’yorlar bilan cheklab qo’yayotgani yo’q. Ya’ni qonunda taqiqlab qo’yilgan hollardan tashqari barcha holatlarda mustaqil xo’jalik faoliyati va erkinligi zamonaviy korxonalar faoliyatining eng asosiy xususiyati bo’lib, mazkur o’quv qo’llanmada ko’rib chiqiladigan barcha masalalar ushbu asosda yuzaga kelgan.
Biroq bozor iqtisodiyoti avtomatik ravishda muvaffaqiyat va to’kinlikni ta’minlab beradi, davlat esa barcha korxonalar faoliyatiga umuman aralashmaydi, deb o’ylash mutlaqo xato bo’lar edi. Davlat iqtisodiyotning asosiy islohotchisi bo’lib kelgan va hozir ham shundayligicha qoladi. Davlat uz zimmasidan ma’muriy-buyruqbozlik vazifalarinigina sokit qilib, maxsus iqtisodiy ta’sir choralari yordamida iqtisodiyotni nazorat qilish va boshqaruv vazifalarini, Shuningdek, iqtisodiyotning xo’jalik yurituchi sub’yektlarning to’g’ridan to’g’ri majburiyatiga kirmaydigan hamda ularning qo’lidan kelmaydigan sohalarini rivojlantirishdagi ishtirokini saqlab qolgan.
Ma’lumki, iqtisodiyot jamiyat holatini, ishlab chiqarish kuchlaridan foydalanish va ularning rivojlanish darajasini, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishni, odamlarning madaniyati va ma’lumoti darajasi va hokazolarni aks ettiradi. Korxona iqtisodiyoti, bilimlarning Mustaqil sohasi va iqtisodiet fanining tarkibiy qismi sifatida masalaning aynan shu tomoniga ko’proq e’tibor qaratadi. Jamiyat uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklardan tashqari milliy daromadning ham asosiy qismi aynan korxonalarda ishlab chiqarilishi sababli korxonalar iqtisodiyotining holati butun xalq xo’jaligiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblanadi. Korxona qaysi tarmoqqa mansubligi va mulk shaklidan qat’iy nazar qanchalik yaxshi va samarali ishlasa, iqtisodiyot ko’rsatkichlari hamda aholining turmush tarzi anchalik yuqori bo’ladi. Bunday sharoitlarda xo’jalik amaliyoti va fan oldiga birinchi o’rinda har bir korxona, to’g’rirogi, ishlab chiqarishda qatnashuvchi butun jamoaning bozor munosabatlariga asoslangan hozirgi iqtisodiyotning rivojlanish tendentsiyalari va qonunlarini, avvalo, uning asosiy ko’rsatkichlari - talab va taklif tushunchalarini bilishi va to’g’ri tushunishi, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shilishida o’z hissasini qo’shishi, uchinchidan esa, ishlab chiqarishning har bir bo’limida yuqori samara va sifat ko’rsatkichlariga erishish masalasi qo’yiladi. Iqtisodiyotning rivojlanishiga kerakli buyum va ko’nikmalarni, mablag’ va kuchlarni kiritmasdan turib korxona ham, jamiyat ham rivojlangan iqtisodiyotni hamda moddiy ne’matlarning to’qinligi va turmush tarzining yuqoriligini talab qila olmaydi.
Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va korxonalarning mustaqil faoliyat ko’rsatishlariga keng imkoniyatlar ochib berish bilan birga kadrlarga, ularning bilimlari, ko’nikmalari va malakalariga katta talablar qo’ymoqda. Bir tomondan fan-texnika taraqqiyoti, ikkinchi tomondan esa bozor munosabatlari va raqobatchilikning rivojlanib borish sharoitlarida mehnat bozorida faqatgina zamonaviy korxonalar iqtisodiyotini yaxshi biluvchi, uning balansini to’g’ri tushunuvchi, biznes-reja ishlab chiqarishga kodir, investitsion va boshqa xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan qarorlarni qabul qilishni to’g’ri amalga oshiruvchi mutaxassislar muvaffaqiyatga erishishi mumkin.
Mashhur iborada aytilishicha "daraxtlarning ortida o’rmonni ko’ra olish zarur." Malakali mutaxassis korxona iqtisodiyotini yaxshi bilishdan tashqari amaliyotda tez-tez uchrab turuvchi nima yoki qaysi variant yaxshiroq? Qanday yo’l bilan daromadni oshirish va rentabellikni ko’tarish mumkin? Korxonaning ishchi kuchiga ehtiyoji qancha va ularga qanday haq to’lash kerak? Ishlab chiqariluvchi mahsulot yoki tovarga bo’lgan talabni kay tarzda oshirish mumkin? Korxona kredit olishi kerakmi, agar olsa qanday shartlar bilan olish mumkin? Kabi savollarga o’z vaqtida va to’g’ri javob bera olishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, gap nazariy bo’limlarning amaliy tajriba va ko’nikmalar bilan uygunlaShuvi, yosh mutaxassisning turli xo’jalik sharoitlarida tez, to’g’ri va aniq qaror qabul qilishi haqida bormoqda. Faqat Shu qobiliyatlarga ega bo’lgan mutaxassisgina tezda jamiyatda o’z o’rnini topib, xizmat pillapoyasida olg’a qadam tashlashi va yuqori lavozimlar sari harakatini boshlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |